Mavzu bayoni:
Reja:
1. Suyaklar sinishiniing turlari va belgilari.
2. Suyaklarning chiqishi va uninig trurlari.
3. Suyaklar chiqqanda 1-yordam ko`rsatish.
4. Suyaklar chiqishi va unga birinchi yordam
SUYAK sinishi deb, suyak butunligininig buzilishiga aytiladi. Suyak sinishida ko`pchilik
hollarda suyak siniqlarining siljishi ro`y beradi. Bir qator hollarda suyak siniqlari bo`lmaydi. .
(bolalarda bo`ladigan suyak sinishlarida)
Suyak sinishi tug`ma va orttirilgan bo`lishi mumkin.
Homilaninig ona qornidagi davrida turli omillarniing ta`sirida yuz beradigan shikastlanish
89
turiga t u g` m a sinish deyiladi.
Katta yoshdagi kishilarda va bolalarda qanday bo`lmasin mexanik omillar natijasida ro`y
beradigan sinish turlarini orttirilgan suyak sinishi dab atash rasm bo`lgan. Tug`ruq vaqtida yuz
beradigan sinishlar orttirilgan sinishlar qatoriga kiradi. Suyak kasalliklarida ro`y beradigan
sinishlar patalogik sinishlar deyiladi.
Suyaklarniing elastikligi yo`qolishi natijasida keksa yoshdagi kishilarda suyak sinishlari ko`p
uchraydi.
Suyak sinishlarida 1 yordam shikastlangan qo`l yoki oyoqni immobilizatsiyalashdan iborat.
Ochiq suyak sinishida oldin aseptik bog`lam qo`yiladi. Bemorga anal`getiklar yuboriladi va uni
shifoxonaga etkaziladi.
SINISHLARNI DAVOLASH PRINSIPLARI.
Sinishlarninig davolash asosini suyak siniqlarini joy- joyiga silish va suyak qadog`i hosil
bo`lguncha ularni shu vaziyatda tutib turish tashkil etadi. Suyak siniqlarini joyiga solishdan
oldin og`riqsizlantiriladi. Suyak siniqlarini to`g`ri vaziyatda ushlab turish uchun:
1) Gips bog`lam qo`yiladi.
2) teri ustidan va skeledann tortish qo`llaniladi.
3) Suyak siniqlarini xirurgik metod bilan fiksatsiya qilinadi.
transport immobilizatsiyasi- suyak sinishlarida va yumshoq to`qimalar anchagina
shiakstlanganda gavdaniing shu qismiga orom berish, og`riqni kamaytirish, to`qimalarni
keyingi shikastlanishini oldini olish, Shuningdek travmatik shokni profilaktika qilish maqsadida
qo`llaniladi. Transport immobilizatsiyasininig qo`yidagi turlari farqlanadi:
1) Oddiy immob-ya - bunda bemor gavdasining sog`lom qismlaridan foydalaniladi.M: oyog`i
singanda 2 sog`lom oyog`iga bog`lanadi. Shikastlangan qulini tanasiga bo`glanadi.
2) Mavjud vositalar bilan imm-sh. Tayoq taxta bo`lagi , bir dasta sim, shox- shabbalardan
shunday vositalar yordamida ofydalanish mumkin.
3) Zavodda ishlab chiqilgan transport shinalari bilan imm-ya qilish.
Transport shinalari ikkiga:
Fiksatsion va distraksion shinalarga bo`linadi.
Fiksatsion shinalar yordamida gavdaning shikastlangan qismi fiksatsiya qilinadi.
Kramer shinasi yoki narvonsimon shinani yumshoq simdan tayorlanadi. gavdaniing qaysi qismi
immob- ya qilinishiga qarab, shina shaklini istagancha uzgartirish mumkin. Tursimon shina
ham yumshoq simdan yasalgan turdan iborat. Uni osonlikcha yumoloqlab urash mumkin.
Asosan bilak, qo`l va oyoq panjasini immob-ya qilish uchun qo`llaniladi. Faner shinalar
aksariyat tarnov shaklida tayorlanadi. Vakuum tibbiyot shinalari – oyoq va qo`llarni immob-ya
qilish uchun ishlatiladi.
Distraksion shinalar- bu siniq suyak uchlarini bir- biridan uzoqlashtirib, qon tomir va nerv
tolalari shikastlanishini oldini oladi. Bularga- Diterixs shinasi kiradi.
Transport shinalarini qo`ytishda qator qoidalarga amal qilish zarur. Shina shikastlangan
zonadan tashqari ikkita qo`shni bo`gimni mahkam ushlab turish zarur. Immob- ya qo`pol
manipyulyar qilish yaramaydi. Shikastlangan kishininig kiyim- boshi yechiladi , bog`lam
shikastlangan qismigagina bog`lanadi. Shinaga max sus paxta, doka, uraladi.
Narvonsimon shina qo`yish.
Shian gavdaniing qaysi qismiga qo`yilishiga qarab oldindan modellanadi. Elka suyagi singanda
shina sog`lom tomondagi kurakning ichki chetidan boshlab quyilishi , yaqinlashtirilgan qulning
yarim bukilgan tursak bug`imining tashqi yuzasi bo`ylab borishi va barmoqlar uchidan
birmuncha oshirib tugallanishi kerak. Bilak shikastlanganda elkaning uchdan bir o`rta qismi
shinaning yuqori sathi, barmoqlarninig uchlari shinaning pastki sathi hisoblanadi. Boldir
shikastlanganda uchala tomondan fiksatsiya qilgan yahshi: Bitta shianni boldir va oyoq panjasi
barmoqlari uchininig orqa sathidan sonning uchdan bir qismigacha , boshqa ikkitasini
boldirning yon tomonlari bo`ylab fiksatsiya qilinadi. Bunda shinalarning oyoq kaftlariga tegib
turadigan qismini boldir- panja bug`imini birmuncha mustahkamlash uchun uzangi ko`rinishida
90
qayriladi.
Derixs shinasini qo`yish. Shinaning oyoq kaftiga mos keladigan qismini oyoq panjasininig kaft
qismiga bint bilan fiksatsiya qilinadi. Birmuncha uzun tashqi qismini qo`ltiqdan boshlab
qo`yiladi va oyoq qismiga metall halqaga kiritilib, undan 8- 10 sm tashqariga chiqarib
qo`yiladi.
SUYAK CHIQISHI.
Suyak chiqishi deganda bir yoki bir nechta suyaklarning buzilishidan bug`im yuzasiniing
patologik siljishi, Ularning normal anatomik uzaro munosabatlarning buzilishi tushunilishi.
Suyaklarning to`la va chala chiqishi tafovut qilinadi:
Suyak chiqishining qo`yidagi turlari ma`lum:
1) Shikastlanish oqibatida yuz bergan travmatik chiqishi.
2) Boylam apparati va suyaklarning boylam uchlari zararlanishi bilan bog`liq bulgan
kasalliklarda sodir bo`ladigan patalogik chiqishi.
3) Tug`ma chiqishi.
4) Suyakning boylam apparatining cho`zilishi natijasida ko`pincha suyakning travmatik
chiqishi noto`g`rio davolanganda yuz beradigan odat bo`lib qolgan chiqishlar.
5) O`z vaqtida joyiga solinmagan - eskirgan suyak chiqishi.
Suyakning chiqishi vaqtida qattiq og`riq bo`ladi. kkeyingi kunlarda og`riq esa asta- sekin
pasayadi . Qo`l va oyoq suyagi chiqqanda ular majburiy vaziyatni egallaydi. Bug`imlardagi
harakatlar hajmi keskin buzilgan. Bug`im konfiguratsiyasi bo`gim yuzasi vaziyati uzgarishining
hosibiga ham, gematoma hisobiga ham keskin uzgaradi.
SUYAKLAR CHIQANDA BIRINCHI YORDAM.
Oyoq va qo`lni immob-ya qilish zarur. Og`riqni pasaytirish maqsadida suyak chiqqan zonada
muz yoki sovuq suv solingan xaltachada qo`yiladi.
analgetiklar yuboriladi shundan so`ng bemorni zudlik bilan davolash muassasasiga junatiladi.
Chiqqan suyakni vrach tug`rilaydi.
Suyak chiqishining turiga va qaerdagi suyak chiqqaniga qarab, uning urniga solishning
muayyan usullari mavjud. Bug`im bo`shlig`iga novokain yuborib, mahalliy
og`riqsizlantirishdan so`ng suyak joyiga solinadi. M: Yirik bo`g`i9mda chanoq-son bo`g`imda
suyak chiqqanda skelet muskullari tonusni bushashtirish uchun miorelaksantlar bilan umumiy
og`riqsizlantirishga to`g`ri keladi. Chiqqan suyak joyiga solingandan so`ng oyoq yoki qo`lni
bog`lam yoki gips longeta bilan 4-5 kunga qimirlamaydigan qilib q o`liladi. Shundan so`ng
davo gimnastikasi , massaj va issiq muolajalar buyuriladi.
Eskirgan suyak chiqishlarida suyakni operatsiya qilinib, urniga solinadi. Odat bo`lib qolgan
suyak chiqishida boylam apparatini operatsiya yo`li bilan mahkamlanadi
KOK`RAK QAFASINING YOPIQ SHIKASTLARI.
Ko`krakning yopiq shikastlari tinchlik davrida 10 % ni tashkilk etadi. Ko`krakning yopiq
shikastlari kup uchraydi va nafas olish ritmining buzilishi bilan kehcadi.
Ko`krak qafasi yumshoq to`qimalarining lat eyishida usha joyda shish, og`riq, teri osti
gematomasi bo`ladi. Og`riq chuqur nafas olganda, bosib kurganda qattiq og`riydi.
Qovurg`aning sinishi. Bevosita travmalarda yoki ko`krak qafasining bosilishidan sinadi.
Qovurg`alar yoriladi, suyak ust pardasi ostidan sinadi va bitta yoki bir nechta qovurh`alar tula
sinadi. Qovurg`alar sinib o`pka yoki plevrani shikastlashi m-n.
Klinik manzarasi: Qovurg`alar yakka singanda utkir cheklangan og`riq kuzatiladi. bu- nafas
olganda, yutalganda va gavda vaziyatini uzgartirganda kuchayadi. Paypaslash yuli bilan og`riq
aniqlanadi , suyak siniqlari siljigan sinishda qovurg`larning shakli pog`onasimon bo`lib qoladi.
Qovurh`lar ko`p joyidan singanda klinik manzara yomonlashadi , bemor shok holaqtda bo`lishi
mumkin. Upka tuqimasi shikastlanganda teri osti emfizemasi hosil bo`ladi – havo teri osti
kletchatkasifa chiqadi , bemor qon tupuradi , nafas olish qiyinlashadi akrotsianoz (lab, burun
91
uchi , quloq chig`anog`i barmoqlar uchi ko`karadi) taxikardiya bo`ladi. Plevra bo`shlig`ida qon
yig`ilhanda va havo bulganda upkaning nafas olishi eshitlmaydi. Qovurg`alar sinishini
tasdiqlash uchun ko`krak qafasini rentgenologik tekshiriladi.
Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish.
Singan zonaga 5- 10 ml 2% navokain eritmasi yuboriladi. Ko`p joydan singanda ularning
zonasiga 0.5% li navokain eritmasi kiritiladi va shu tomonning uzida vagosimpatik blokada
qilinadi. 10 min. utgach ignani chiqarmay turib qo`shimcha ravishda 0.02% li sovkain eritmasi
va 0.04 5 dikain e-si yuborish lozim.
Upka yallig`lanishini profilaktika qilish uchun bemor nafas gimnastikasi bilan shug`ullanishi
kerak. Qovurg`alar singanda kukrak qafasini bintlash tavsiya etilmaydi.
UMROV suyagining chiqishi
Umrov suyagi akromial va tush uchlarini ng chiqishi farq qilinadi. Boylam apparatining
yirtilish darajasiga ko`ra uning tula va qisman chiqishi tafovut qilinadi. Tula chiqishda shu
soxadagi boylam apparati batamom yirtiladi , qisman saqlanib qoladi
Klinik manzarasi: umrov suyagi akromial uchidan chiqqanda elka usti soxasida akromial
uchining chiqib qolishi sabablari . pog`onasimon deformatsiya kuzda tutiladi. Qisman
chiqqanda umrovning akromial uchi unchalik ruy- rost turtib chiqmaydi.
Umrov tush uchi chiqqanda bu sohada umrov suyagining turtib chiqqanligi va gematoma
k`orinadi. Diagnoznioydinlashtirish uchun rentgenografiya qilinadi.
Birinchi yordam: elka suyagi uzoqlashtirilfganda va umrovning chiqib turgan uchi bosilganda
umrov joyiga tushadi. Umrov suyagiga qalin karton pelot qilinadi va gips bog`lam bilan
fiksatsiya qilinadi. umrovning chiqqan uchunu tutib turishning iloji bulmagani operatsiya yo`li
bilan davolanadi.
Umrov suyagining sinishi
Bevosita zarb tushganda yoki yozilgan qo`lga, tirsakka , elkaning yuzasiga yiqilganda umrov
suyagi sinadi. Katta yoshda kishilarda kundalang, qiyshiq va parchalanib sinish qayd qilinadi
Odatda umrov sinishi suyak siniqlarining siljishi bilan utadi.
Suyak siniqlari tomir, nerv tutamini, plevra gumbazi yoki teri shikastlanishi mumkin.
Klinik manzarasi: kuchli og`riq va singan zonada pog`onsimon deformatsiya kuzatiladi. Elka
osti zonasi sog`lom tomonga ko`ra qisqaradi. Bemor shikastlangan tomondagi qulini kutarib
turadi.
1 yordam ko`rsatishda shikastlangan tomondagi qulga Dezo bog`lami yoki kasinkasi
foydalaniladi. Sinishni davolshda shikastlangan zonaga navokain yuboriladi yoki blokada
qilinadi. Bemorning elkalarini iloji borihca uzoqlashtirladi va ikkala elka uchi soxasiga 2 ta
doka halqa kiygizilib, ularni rezina naycha bilan bog`lanadi ( Delbe metodi) Kerilgan elkalar
usga halqalar urnigga sakkizsimon bog`lam quysa ham bo`ladi. Suyak siniqlari 3- 4 haftada
bitadi. Suyak siniqlarini joyiga solib bulmasa operatsiya qilinadi.
Operatsiya mohiyati suyak siniqlarini lavsan ip yoki sim bilan shuningdek, umrov suyaginign
ikkala uchidan utkazilgan zanglamaydigan pulat kegay bilan biriktirishdan iborat.
Ko`krak qafasini teshib kiradigan ochiq shikastlar.
Ko`krak qafasining chiq shikastlari deganda teri, teri kletchatkasi va muskul qavatini, parietal
plevra shikastlanadigan zararlanishlar tushuniladi. Kok`rakning ochiq yaralanishi sovuq qurol
yoki uqotar quroldan sodir bo`ladi.
Ko`krak qafasini teshib kiradigan, yaralanishlarda ko`pincha pnevmotoraks plevra bo`shlig`ida
havo yig`ilishi, gemotoraks plevra bo`shlig`ida qon yig`ilishi va gemopnevmotoraks havo va
qon yig`ilishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |