O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

 
Mavzu bayoni: 
 
Reja:
1. Qon ketish haqida, belgilari va birinchi yordam haqida 
2. Qon ketish turlarida vrachgacha birinchi yordam 
3.Travmatik shok 
4.Shokning turlari 
Qon ketish haqida, belgilari va birinchi yordam haqida. 
Qon ketish deb qon tо‘qimasining о‘z yо‘lidan, ya’ni qon tomir devorining buzilishi (yorilishi, 
kesilishi, yirtilishi) natijasida tashqariga yoki biron bо‘shliqqa (kо‘krak bо‘shlig‘i, qorin 
bо‘shlig‘i, bosh suyagi ichi, bо‘g‘imlarga) oqib chiqishiga aytiladi. 
Qon ketishi anatomik nuqtai nazardan arterial, venoz, kapillyar, parenximatoz bо‘lsa, sababiga 
kо‘ra mexanik (kesilganda, tomir shikastlan-ganda), neyrotrofik (qon tomir devorining 
yupqalashishi va о‘tkazuv-chanligi oshishi, ya’ni oziqlanishning buzilishi natijasida, sepsis, 
skar-latina, singa kasalliklari oqibatida) sodir bо‘ladi. 
Klinik jihatdan tashqi, ichki, yashirin, qon ketish turlari mavjuddir. Qon ketishi vaqtiga qarab 
quyidagilarga bо‘linadi: birlamchi (shikastlanish rо‘y berishi bilanoq). Erta ikkilamchi qon 
ketishi shikastlanishdan keyingi dastlabki soatlarda va kunlarda. 
Qon ketishining klinik kо‘rinishi quyidagilarga bog‘liq: shikastlanish turiga, shikastlanish 
о‘lchoviga, qon tomir turiga, uning diametriga, qonning qayoqqa oqishiga. Arterial qon 
ketishida yurakdagi bosim hisobiga shikastlangan tomirdan qon fontanday otilib chiqadi. 
Arterial tomirlardagi qon kislorodga tо‘yingan bо‘lganligi sababli qonning rangi avlon rangda 
bо‘ladi. Bunday qon ketish qisqa vaqt ichida о‘tkir kamqonlikka olib keladi va uning natijasida 
quyidagi hollar kuzatiladi: 
1. Arterial qon bosimining progressiv pasayib ketishi. 
2. Bosh aylanishi. 
3. Kо‘z oldi qorong‘ilashishi. 
4. Kо‘ngil aynishi. 
5. Qusish. 
6. Hushdan ketish. 
Venoz qon ketishda esa qon rangi kо‘kimtir bо‘ladi hamda pulsatsiya yо‘li bilan oqadi. Buning 
sababi shundaki, vena qon tomirlarida bosim past bо‘ladi va qon xujayralardagi chiqindilar 
bilan tо‘yingan bо‘ladi. Venoz qon ketishidagi asoratlar kabi hollar kuzatiladi. 
Qon ketish turlarida vrachgacha birinchi yordam. 
Arterial qon ketishda qon ketayotgan tomir bosib turiladi yoki bosib turuvchi bog‘lam 
qо‘yiladi, yuqoriroqdan jgut bilan bog‘lanadi. Bosimni pasaytirish uchun qо‘l yoki oyoqdagi 
shikastlangan sohani kо‘tarib qо‘yish kerak. Venoz qon ketishida ham bosib turish, bosib 
turuvchi bog‘lam qо‘yish va jgutdan foydalanish mumkin, ammo shikastlangan qon tomir qо‘l 
yoki oyoqda bо‘lsa, kо‘tarib qо‘yish taqiqlanadi, chunki venoz qon tomirlarida qon klapanlar 
hisobiga yuradi. 
Ikkala qon ketish turida ham jgut 2 soatdan ortiq turishi mumkin emas. 


86 
Parenximatoz yoki kapillyar qon ketishida shikastlangan sohaga kompres yoki muzli xaltacha 
qо‘yiladi. Barcha qon ketish turlarida umumiy qon ketishini tо‘xtatish uchun ximiyaviy 
preparatlar ham qо‘llaniladi (aminokapron kislotasi, ditsinon va h.k.). 
Travmatik shok 
Shok va uning fazalari, kо‘rsatiladigan birinchi yordam haqida. 
Shok – fransuzcha choc – zarba degan ma’noni bildiradi.
Shok deganda hayotni sistemalar funksiyasining tо‘satdan progressiv pasayib ketishi tushunilib, 
uning kelib chiqishiga mikrotsirkulyatsiya bilan tо‘qimalarning kislorodga tо‘yinishining 
nomunosibligi sabab bо‘ladi. Asosan, xaddan tashqari kuchli taassurotlar natijasida nerv, 
indokrin, qon aylanishi, nafas sistemalari faoliyatining hamda modda-lar almashinuvining 
buzilishi bilan xarakatlanadigan havfli holat.
Shokning turlari: 
1. Travmatik shok: 
a) Mexanik ta’sir natijasida, ya’ni inson jarohatlanganda, shikastlanganda, jarrohlik 
muolajalarida va tо‘qimalarning ezilishi natijasida vujudga keladi. 
b) Kuyish shoki, ya’ni bunda inson termik va kimyoviy kuyishidir. 
v) Elektr ta’siridan bо‘ladigan shok. 
g) Sovuqdan bо‘ladigan shok. 
2. Gemorragik va gipovolemik shok: ya’ni inson kuchli suvsizlanishi va kо‘p qon ketishi 
natijasida yuzaga keladi. 
3. Kordiogen shok: miokard infarkti, aritmiya, о‘tkir yurak yetishmovchiligi natijasida vujudga 
keladi. 
4. Toksik infeksion shok: ya’ni grammusbat va grammanfiy infeksiyalar. 
5. Anafilaktik shok. 
Travmatik shok demak, kо‘pincha bosh, kо‘krak, qorin, chanoq, oyoq, qо‘llar va og‘ir 
shikastlanishlarda va tananing kо‘p qismi kuyganda travmatik shok holati deb aytiladigan shok 
deb kuzatiladi.
Travmatik shok ikki fazadan iborat: erektil va torpid. 
Erektil faza shok reaksiyasining boshlanishida paydo bо‘ladi. Bu paytda bemorning yuzi 
oqargan, kuz qorachig‘i kattalashgan, qon bosimi normada yoki oshgan, bemor bezovtalanadi, 
о‘zining og‘ir ahvolini his etmaydi, gohida bezovtalanishi kuchayib, о‘rnidan sapchib turib 
ketadi va uni tutib qolish qiyin bо‘ladi. Agar erektil faza qanchalik kuchli bо‘lsa, torpid faza 
shunchalik og‘ir bо‘ladi. Torpid fazada bemorning ahvoli og‘irlashadi. Nafas olishi tezlashadi, 
kо‘ngli ayniydi. Modda almashinuvi keskin buziladi.
Belgilarining og‘irligiga qarab shok 4 bosqichga bо‘linadi. 
1. Yengil bо‘lib, shokka qarshi qilingan xarakat samarasini beradi. 
2. О‘rtacha og‘irlikda teri satxi oqargan, nafas olish yuzaki va buzilgan a’zolar faoliyatini о‘z 
holiga keltirishi uchun shokka qarshi qunt bilan davolash о‘tkazish lozim.
3. Og‘ir formasi. Teri satxi oqargan yoki kо‘kargan, bemor о‘ta sust harorati pasaygan. 
Tananing hamma funksional belgilari juda notekis, reanimatsion tadbirlarini talab qiladi. 
4. Agonal oldi va agonal holatlar. Nafas olish juda sust, pereferik tomirlar urishi qon bosimi 
aniqlanmaydi. Bu holatni tiklash og‘irroq.
Shikastlanishning xususiyati va joyiga qarab organizmda mahalliy va umumiy о‘zgarishlar 
kuzatiladi. 
Mahalliyda shikastlovchi agent ta’siriga uning kuchi, davriga bog‘liq bо‘lib, bunda 
organizmning reaktivligi katta ahamiyatga ega.
Umumiyda esa asbob sistema, qon aylanishining, nafas olishning, jigar, buyrak sistemalarining, 
indokrik modda almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Travmatik shok shikastlangandan bir necha minut keyin 24 soat ba’zan undan ortiqroq vaqt 
davomida rо‘y berib, bemorning ahvoli juda og‘ir bо‘ladi. Shokning oldini olish uchun zudlik 
bilan meditsina yordami chaqirilishi vrach kelguncha bemorga birinchi yordam kо‘rsatilishi 
shikastlanishga sabab bо‘lgan omillar: yonayotgan kiyim-boshni о‘chirish va qulab tushgan joy 


87 
ostida qolib ketgan kishilarni qutqarib olish va boshqalarni bartaraf etish qon oqimini tо‘xtatish 
qо‘l-oyoq shikastlanganda ularni vaqtincha taxtakachlab qimirlatmay quyish. Demak, 
shikastlangach, kishiga tegishli yordam kо‘rsatgach uni zudlik bilan kasalxonaga olib borish 
kerak. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish