Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.Abdullayeva Sh.A. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2009.
2.Abdullayeva Sh.A., Ro`ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korrektsiya. – T.: TDPU nashriyoti, 2018.
3.Tolipova J.O. Pedagogik testologiya. – T.:, 2015
2-MAVZU: Uzluksiz ta’lim tizimi muammolarini hal etishda pedagogik diagnostikaning roli.
REJA:
Pedagogik diagnostikaning mohiyati va funksiyalari
Pedagogik diagnostika ob’yektlari: o‘quvchi shaxsi pedagogik diagnostika ob’yekti sifatida.
Diagnostik tadqiqotlarning tuzilishi
Asosiy tushunchalar: ta'lim sifatini oshirish. shaxsning rivojlanishi. faoliyat, modernizatsiyalash, qayta aloqa, о'quvchi-talabaning ichki imkoniyati, boshqaruv funksiyasi. rejalashtirish, ziyon yetkazmashk. kompentantlik, xolislik, ishonchlilik
“Pedagogik diagnostika” - bu kengroq tushuncha bo’lib, uning o’ziga xosligi quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, diagnostika pedagogik maqsadlarda o'tkazilib, tahlillar asosida yangi tahliliy analiz olinib, ularni sharhlash asosida ta’lim sifatini oshiradi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi-talaba shaxsini rivojlantiradi. Ikkinchidan, olingan yangi axborotlar asosida o‘qituvchi pedagogik faoliyatida ta’lim sifatini oshiradi. Uchinchidan, olingan xulosalar asosida o'qituvchi o‘ziga mos yangi metodlarni tanlab, o‘quv jarayoniga ijodiy yondoshadi. To‘rtinchidan, pedagogik diagnostika yordamida o‘qituvchining nazoratni baholashdagi faoliyat funksiyasi ortib boradi. Beshinchidan, o‘qituvchi tomonidan an’anaviy qo‘llab kelinayotgan shakl, metod va vositalar diagnostika natijalari asosida qayta ко‘rib chiqilishiga imkon beradi.
o’quv topshiriq
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o’quv jarayonini bahs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o’rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
|
1-guruh
Savol
|
Har bir o'qituvchi o‘zining o‘qitish va tarbiyalash jarayonining natijalarini o‘rganib, tekshirib boradi, ularning bo‘sh o‘zlashtirish sabablarini tahlil etib boradi.
|
F-fikringizni bayon eting
|
|
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
U- fikringizni umumlashtiring
|
|
2-guruh
Savol
|
Pedagogik diagnostika yordamida o‘qituvchining nazoratni baholashdagi faoliyat funksiyasi ortib boradi
|
F-fikringizni bayon eting
|
|
S-Fikringiz bayoniga sabab ko’rsating
|
|
M-ko’rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
|
|
U- fikringizni umumlashtiring
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |