Oiladagi pedagogik muhitni tashxis etish. Oiladagi sog'lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Ota-onaning о zaro yaxshi munosabati, mehribonligi, g’amxo'rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to’g'ri Shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, Shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro'zg'or yumushlarini o'rgatish ham lozim. Ota o'g'lida to'g'riso'zlik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, fidoiylik, saxovatpeShalik kabi hislatlarni Shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak. Ayrim statastik ma’lumotlarga qaraganda1 bugungi intensive turmush tarzini kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi 1,5 soat, ona-4-5 soat, ish bilan mashg'ul deb qaraluvchi ota-12 minut, ona-3 soat vaqtini ajratar ekan. Bundan ko'rinib turibdiki bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas. Ayrim oilalarda erkaklarning bola tarbiyasidagi ishtiroki kam vaqtoi egallaydi. Shu sababli bugungi kunda ко’cha bezori, deviant xulqli bolalar paydo bo’lmoqda.
Ma’lumki, oila va qanndoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka-ukalar va opa-singillar o'rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo'lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik tuyg'ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to'la bo'lishi mumkin. »Oilaviy hayotning «qorong'u tomonlari» televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish qilinadigan ayrim ko'rkam manzaralariga ziddir. Oilaning buzilishiga va ajralishiga olib keladigan ziddiyatlarni, janjallarni hisobga olgan holda, oilaviy hayotning o'ziga tortmaydigan ko'pgina salbiy tomonlari ham mavjud. Ba’zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta’sir etadi. O'zining salbiy oqibatlariga ko’ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og'ir holatlar hisoblanadi».
Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o'tkazadigan salbiy ta’sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o'rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo'qligiga, bolaning ajralgan ota-onaga bo'lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko'rishib turish imkoniyatimng bor-yo'qligiga ko'p narsa bog'liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko'nikish jarayoniga ta’sir ko'rsatadilar. Hatto oiladagi ruhiy ma’naviy tanglikni bolalar tezda seza olish qobiliyatlariga egadirlar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari bolalar uchun nihoyatdaog'ir kechadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ota-onalari ajralganidan so ng, ko'p hollarda bolalar o'zlanga kela olmay, xomush yurishadi.
Oilada pedagogik muhitni tashxislash bo'yicha l954 yili T. Liri, R. L. Laforje, R.F. Sucheklar tomonidan ota-onalarning interpersonal xulqini tashxislash metodikasi yaratildi. Mazkur metodikadan dunyoning ko'pgina rivojlangan mamlakatlarida hanuzgacha foydalanishadi, chunki u o'zining dolzarbligini yo'qotganicha yo'q. Metodika mualliflarining fikricha, ota-onalarning oilada individual interpersonal xususiyatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |