O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika



Download 1,38 Mb.
bet15/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

Aniqlik - diagnostikaning barcha muolajalari uchun tegishlidir: pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili va umumlashmasi; turli manbalardan olingan ilmiy axborotlardan foydalanish va boshqalar. Pedagogik diagnostikada izchillik tadqiq qilinayotgan tanlamalarning bir xilligida, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-sharoitlarni hisobga olishda namoyon bo’ladi. Tizimlilik - o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarni biror belgilari asosida tasniflash, tasawurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalarni o’rnatish, konsepsiyalar, nazariyalarni shakllantirish orqali muayyan tartibga solish jarayoni. Tanqidiylik - o’rganilayotgan muammoga turli nuqtai nazardan baho bera olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta’minlash bilan farazlar va nazariyalarni uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan ma’lumot yangi natijalarga mos kelmasa, ulardan voz kechish xususiyati bilan tavsiflanadi.
Shunday qilib, pedagogik diagnostikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlang’ich nuqtasini belgilashda ob’ektivlik, izchillik, aniqlikni nozik, ehtiyotkorona qo’llashni talab etadi, ilmiy farazlarni to’g’ri tanlashni, tajriba natijalari, nazariy xulosalarni tanqidiy tekshirib ko’rishni va albatta, tizimlilikni taqozo etadi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchining metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya - xususiy ilmiy faoliyatini tahlil qilish ko’nikmasi asosiy o’rin tutadi.
Yuqoridagi fikrlar turli fan sohalari bo’yicha tadqiqot olib boruvchilarga tegishlidir, ammo pedagogik diagnostikada tadqiqotchi o’ziga xos ba’zi bir xususiyatlari bilan farqlanadi. Avvalambor, pedagogik diagnostikadagi izlanishlar
tadqiqotchidan pedagogik tajribaga ega bo’lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir-chikir”laridan xabardor bo’lishni talab etadi. Pedagogik diagnostikada tashxislovchi ob’ektlar (o’qituvchi, tarbiyachi, o’quvchi talabalar va boshqalar) bilan ish ko’radi va pedagogik tajriba-sinov o’tkazishda undan ehtiyotkorlik talab etiladi, ayniqsa, o’quvchi-yoshlar qalbiga, dunyoqarashiga, erkin fikrlashiga sinov davomida putur yetmasligi lozim. “Pedagogik voqelikni to’g’ri aks ettirishda tadqiqotchi sog’lom fikr sohibi bo’lish uchun metodologik madaniyatni egallashi shart”. Ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, pedagogik boshqaruv asosidir. Tarbiya tamoyillari - yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar qisoblanadi. Tarbiyadan ko’zlangan asosiy maqsad- har tomonlama ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko’zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi yoshlar tarbiyasining istiqbollarini ko’ra bilishda yordam beradi. Inson paydo bo’libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud. Zamonaviy pedagogik diagnostikada ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq lkki faoliyatni - tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi faoliyatini o’z ichiga oladi Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun yoshlarning ongiga (Ta’lim jarayonida), hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi. Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Zamonaviy pedagogik diagnostikada asosiy yo’nalishlar yoshlarga Vatan tuyg’usini shakllantirish, ona tilimizga muxabbat uyg’otish, miliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli bo’lgan ayolni ulug’lash, umuminsoniy qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bag’rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg’or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash, xaqiqiy madaniyat- sog’lom dunyoqarashning muqim omili ekani to’grisidagigi ma’lumotlarni ko’paytirish, ma’rifatning shaxs intellektual salohihatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlash kabi tamoyillarga tayanadi. Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o’zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g’oyalari xalqning ishonch - e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ’ibot va tashviqot ishlarini, o’quvchilarning tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda ma’rifiy yo’l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish