Baholash shkalasi. Bu turdagi shkaladan matematik metodlar yordamida tadqiqot natijalariga ishlov berishda foydalaniladi. Ushbu shkala qo’llanilishda oddiyligi bilan ajralib turadi va aksariyat hollarda real pedagogik va psixologik holatlar sonlar sistemasi bilan modellashtirilganda ishlatiladi. Masalan, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash uchun quyidagi baholash shkalasidan foydalanish mumkin:
1. O’ta salbiy, muholiflik kayfiyali (-2)
2. О’rtacha salbiy (-1)
3. Loqayd(O)
4. О’rtacha ijobiy (+1)
5. Ijobiy (o’ta kuchli)
Baholash shkalasidan foydalanilganda o’qituvchi har bir shkalani alohida tavsiflab o’tishi joyiz.
Baholash shkalasining yana bir ko’rinishi - bu reytingdir. Reyting - o’lchovining diagnostika metodlaridan biri sifatida bugungi kunda o’quv-tarbiya ishlarida keng foydalanilib kelinmoqda Undan ruhiy holat, pedagogik holat, pedagogik vaziyat, intellectual salohiyat, o’quv - biluv darajasi, o’zlashtirish ko’rsatgichlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Reyting baholashda o’qituvchi mutasaddi ekspetlar guruhi, yoki ruhiy holat to’g’risida xolisona xulosalar va baholar sistemasidan oqilona foydalanishi zarur. Masalan, reytingdan o’qitish metodlari samaradorligini aniqlash, o’zlashtirish ko’rsatgichlarini o’rgagish, tashxislar vositalari to’g’risida aniq xulosa olish uchun va ta’lim istiqbollarini belgilashda foydalaniladi.
Ranjirovka shkalasi. Ranjirovka shkalasi o ’zga ko’rsatkichlar bilan solishtirilganda, qiyoslanganda hosil bo’ladi.Ko’rsatkichlar salmog’iga ko’ra qatorlashtiriladi (saralanadi). Masalan, sinfdagi o’quvchilar ayrim sifatlariga ko’ra ranjirovka qilinganda кorrelyatsiya 1 o’tkazishga imkoniyat yaratiladi. Кorrelyatsiya natijasida - o’quvchilar orasida ruhiy holat, sifatlovchi va tavsifiy belgilar hamda boshqa hodisalar o’rtasidagi bog’liqlik vujudga keladi.
Agar hisoblangan koeffitsiyent ijobiy ko’rsatkichga ega bo’lsa, unda o’rganilayotgan lkki hodisa o rtasida ijobiy (to’g’ri) bog’lanish mavjud; Agar hisoblangan koeffitsiyent salbiy ko’rsatkichga ega bo’lsa, unda teskari aloqa mavjud ekanligidan dalolat beradi, ya’ni, muayyan hodisa yorqinroq xarakterga ega bo’lsa, unda ikkinchisi kamroq bo’rttirilgan bo’ladi. Bunda korrelyatsiya koeffitsiyentining absolyut kattaligi gpf_ atrofida joylashadi va korrelyatsiya qilinayotgan hodisalar o’rtasida kuchsiz bog’lanish mavjud:
0,3 ^ |rs| < 0,5 - tekis (muvozanatli) bog’lanish;
0,5 < |rs| < 0,7 - ta’sirli bog’lanish;
0,7 < |rs| < 0,9 - kuchli bog’lanish;
0,9 < |rs| < 1 - o ’ta kuchli bog’lanish.
Ranjirovka shkalasida juftli solishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Juftli solishtirish deganda biron bir o’quvchidagi tavsifiy belgilar boshqa o’quvchidagi aynan shu tavsifiy belgilari bilan solishtiriladi Agar muayyan sifatlar ikkala o’quvchida bir xil bo’lsa, unda har ikkalasi bir ball olishga muvaffaq bo’ladi. Agar tadqiq qilinayotgan sifatlar birinchi o’quvchida ikkinchisiga nisbatan yorqinroq shakllangan bo’lsa, unda birinchi o’quvchiga - ikki ball, ikkinchi o’quvchiga – nol ball quyiladi. Har bir o’quvchiga quyilgan ballar yig’indisidan shakllanganlik ko’rsatkichining miqdoriy o’zgarishini aniqlaymiz. Juftli solishtirish ko’p vaqt talab qilmasligi, matematik ishlov berishda soddaligi bilan ajralib turadi va ushbu metod o’rganilayotgan ob’ekt to’g’risida aniq ma’lumot olishga imkoniyat yaratadi
Do'stlaringiz bilan baham: |