O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi boshlang’ich ta’limda pedagogik diagnostika



Download 1,38 Mb.
bet27/104
Sana19.05.2022
Hajmi1,38 Mb.
#604464
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104
Bog'liq
Ped.diag O\'UM

Sotsiometrik shkalalar. Shkalaning bunday turi sinf rahbarlari uchun juda muhimdir. Chunki ular asosida sinf rahbari sinfdagi o’kuvchilar o’rtasida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarru o’rganadi. Masalan, sotsiometriya metodikasi sinfdagi o’quvchilar o’rtasida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlarni aniqlashga imkoniyat beradi. O’rganilayotgan munosabatlar xaraktenga qarab, o’qituvchi o’quvchilarga qo’yidagi savollar bilan murojaat etishi mumkin: «Bir partada kim bilan o’tirishni istardingiz?», «Bulg’usi munozara darsida kimni ekspert sifatida ko’rishni hohlaysiz?» SHunga o’xshagan savollarga javob berayotib, o’quvchilar maxsus blankalarga taklif qilinayotgan o’rtoqlarining ismi, sharifini o’zlari taqdim qilayotgan raqamlari bo’yicha kiritishlari lozim (birinchi navbatda, ikkinchi navbatda). So’rov natijalari asosida quyidagi matritsa tuziladi( aylanaga o’zaro hamkorlikka asoslangan tanlamalar olinadi): SHundan so’ng, alohida varoqqa sotsiogramma chiziladi. Ushbu sotsiogramma to’rtta konsentrik aylanadan iborat bo’lib, uning ichiga raqamlar asosida sinfdagi barcha o’quvchilar kiritiladi. Birinchi - (markaziy) aylanaga «sotsio-metrik yulduzlar» (o’zgalarga nisbatan ikki barobar ko’p tanlamaga ega bo’lganlar); ikkinchi aylanaga - «tanlanganlar» (o’rtacha tanlama ”ovoz” olganlar); uchinchi aylanaga - “orqada qoluvchilar” (o’rtachadan past “ovoz” olganlar); to’rtinchi aylanaga - «ommaning nazaridan chetda qolganlar” (bironta tanlamaga ega bo’lmaganlar) kiritiladi. Tanlama kim tomonidan tanlanganligi belgilanadi.
Tahlil. Tahlilda biz kuzatishning solishtirma tasnifidan chetga chiqamiz. Endi biz u yoki bu individning xulqi oldingidan, boshqa individlarning xulqidan nima uchun farq qilishini yoki normadan chekinishini bilishni xohlaymiz. Biz bu sabablarni tahlil qilishni, ayrim o'quvchilarimizning xulqi biz kutganimizdan boshqacha bo'lib chiqishi sabablarini bilishga intilamiz.
Bashorat qilish (prognoz)- ma'lum vaqt oralig ida kuzatilayotgan ob'ektga nisbatan ehtimoliy ilmiy asoslangan fikrlar majmuyidir. Jamiyatimizning hozirgi bosqichida yosh avlodning ichki imkoniyatlarini aniqlash, manaviy madaniyatli va yuksak ma'rifatli qilib tarbiyalash borasida prognostika (bashorat) qilish muammosi olimlar va tadqiqotchilar etiborini jalb qilmoqda. Bu muaimmoga bag'ishlab faylasuf pedagog,psixolog, adabiyotshunos va jamiyatshunos mutaxassislar tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. Hozirgi zamonda prognozlashtirishning ilmiy muammolari jamiyatimizning har bir sohasida, shuningdek, ta'lim jarayonini didaktik loyihalashda о’ta muhimdir. O'quvchilarni o'qitish jarayonida bashorat qilishning pedagogik omillaridan foydalanishning bir qator yechimini kutayotgan muammolari bor:
-birinchidan, siyosiy va ijtimoiy jihatdan ta'lim davlat siyosatida ustivor deb belgilanishi;
-ikkinchidan, inson faoliyatining asosiy turi mehnat, atrof – muhitni o’zlashtirish, bunyod qilish orqali ham ijtimoiy, ham shaxsiy ehtiyojlarini qondirishi;
-uchinchidan, respublikaning umumiy o'rta ta'lim maktablarida ilm olish ijtimoiy hodisa sifatida qaralishi;
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev yosh avlod tarbiyasida bashorat qilish o'rni nihoyatda beqiyos ekanligini ta’kidlab, shunday deydi: «Har bir insonning, ayniqsa, endigina hayotga qadam qo'yib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish kerakki, ular o'rtaga qo'yilgan maqsadlarga erishish o'zlariga bog'liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam g'ayrat - shijoatiga, to’la - to'kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog'liq ekanligini anglab yetishlari kerak. Xuddi shu narsa davlatimiz va xalqimiz ravnaq topishiningg asosiy shartidir1». “Prognozlashtirish- insonning bilish faoliyati turi, ya'ni ob'ekt va uning rivojlanish g’oyalarini tahlil qilish asosida prognostik shakllantirish yo'nalishidir2”,- deb yozadi F. Kerimov o'zining “Sportchining mahoratini prognozlashtirish” asarida.
Pedagogik diagnostika doirasida o'qituvchi solishtirish va tahlilda olingan natijalarni boshqa sharoit va kelajakda qo'llashga majbur. Agar o'quvchi bir xonali sonlarni ko'paytirish qoidasini qo'shimcha darsda o'zlashtirgan bo'Isa, o'qituvchi kuzatuv olib borib, o'quvchi shu natijani sinfda ham takrorlay olishga qodirligini, ikki xonali sonlarni ko'paytirish qoidasini idrok etishga tayyor ekanligini aniqlay olishi kerak. Ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchi doimo vaziyatni bashorat (prognoz) qilib boradi, uning natijalariga qarab o'quv-tarbiyaviy tizimning keyingi bosqichlarini aniqlaydi. Attestatsiyao'tkazish davomida o'qituvchi yuqori bilim talab qilinadigan maktab (o'quv yurti)da o'qishga, uni muvaffaqiyatii tugallashiga tadqiq qilinuvchi o'quvchi-yoshlarning tayyorgarligi yetadimi, yo'qmi, ijtimoiy hayotdagi faollik darajasi qanday ekanligi kabi masalalarni bashorat qila olishi kerak. Hozirgi kun talabi asosida har bir o' qituvchi prognostika bilan shug'ullanishi zarur.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish