5. 9. Kombinatsiyalashtirilgan mashq metodi. Yuqorida aytib o‘tilgan metodlar amalda yangi metodlar hosil qilganday bo‘lib kombinatsiyalashadi. Bunga, bir tomondan har qanday material yuklanishning ham biror bir metodini "sof holda" qo‘llashga imkon bermasligi sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, xilma xil metodlarning xususiyatlarini birlashtirish ko‘p hollarda yuklanish bilan dam olishni ancha to‘gri tartibga solishga moslashtirish jarayoniga samaraliroq ta’sir ko‘rsatishga va jumladan zarur sifat va malakalarining rivojlanishi maqsadga imkon berishi sababli turli kombinatsiyalar mavjuddir: Biz faqat amalda ko‘proq qo‘llaniladiganini ko‘rsatib o‘tamiz
1). TAKRORIY O‘ZGARUVChAN MAShQ METODI. Bu metod mashq jarayonida jismoniy yuklanish komponentlarining standart o‘zgarishi uchun ortishi bilan almashinishini xarakterlaydi.
Masalan: shtangani ko‘tarish harakatning ba’zi sohalarida og‘irlik o‘zgarmaydi, lekin yangi sohalar bo‘yicha ortib boradi. Bunda dam olish intervalini shunday o‘rnatish kerakki, bunda jismoniy yuklanishni oshirish mumkin bo‘lsin.
2) TAKRORIY TARAQQIY ETUVChI MAShQ. Bu metodida jismoniy yuklanishning standart shaklida qayta tiklanishi uchun o‘sishi bilan almashilinadi. Masalan: shtanga bilan mashq qilinganda 2-5 marta takrorlanishdagi harakat seriyasida og‘irlik o‘zgarmaydi, lekin har bir yangi seriya bilan ortib boradi.
Dam olish intervali shunday o‘rnatiladiki, bu vaqtda yuklanishni oshirish mumkin bo‘lsin. Bu metod organizmdagi funksional va tarkibiy tuzilishlari uzoq sodir bo‘lishi uchun ancha foydali sharoitlar yaratib beriladi.
3) O‘ZGARUVChAN INTERVALLI TAKRORIY MAShQ METODI. Bu metodni takrorlanishi mashq metodining bir turi sifatida qarash mumkin, lekin bu yerda yuklanishning tashqi tomoni kattaligi o‘zgarmas bo‘lib qat’iy takrorlanuvchi deb olinadi. Organizmning javob ta’siriga kelsak, u dam olish intervallarining o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaradi.
Masalan: o‘rta masofaga yugurishda maxsus chidamlikni tarbiyalashda bu metod quyidagicha konkretlashtiriladi.
Submaksimal quvvatga ega bo‘lgan ishni takroriy bajarish asos qilib olinadi (sub maksimal quvvati-mashq bajaruvchining maksimal tezligini 85-90%-ga teng tezlik bilan 400 mdan 4 marta yugurish). Takrorlanish orasidagi interval har bir ayrim mashg‘ulot davomida 7-8 marta 2-3 daqiqagacha qisqartiriladi.
Bioximik tahlil natijasiga ko‘ra jismoniy yuklanish bilan dam olishning bu tartibi g‘likolitik almashish jarayonining beto‘xtov aktivlashib borishini ta’minlaydi. (N.I.Volkov).