5.8.O‘zgaruvchan mashq metodi.
Standart mashq metodlaridan ko‘proq o‘zlashtirish va erishilgan yutuqlarni mustahkamlash uchun foydalanilsa, quyida aytiladigan metod yangi marralarga erishishga yetakchi rol o‘ynaydi. Barcha o‘zgaruvchi mashq metodlarining muhim tomoni mashqning borishiga qarab ta’sirning bir maqsadga qaratilgan holda o‘zgarishidir. Bunga turli xollarda turlicha yo‘l bilan jismoniy yuklanish ayrim parametrlarini to‘g‘ri o‘zlashtirish, harakat usulini o‘zgartirish, shuningdek, dam olish intervallarini va faoliyatning tashqi sharoitini o‘zgartirish yo‘li bilan erishiladi. Bu o‘zgarishlarning ma’nosi shundan iboratki, bunda organizmning funksional imkoniyatlariga toboro odatdagidek bo‘lmagan, yangi, yana ham kattaroq talablar qo‘yiladi va bu bilan ularning rivojlanishi uchun imkon yaratib beriladi.
Ta’sirning o‘zgaruvchan xarakterda bo‘lishi markaziy nerv tizimining plastik xususiyatini takomillashtirish uchun, shuningdek, umuman tobora yaxshi mashq olib borish uchun qulay sharoit yaratadi, bu juda muhimdir.
O‘zgaruvchan uzluksiz mashq metodlari asosan tabiiy siklik harakatlar asosida qo‘llanladi. Bunda asosiy o‘zgaruvchan kattaliklar temp va tezlikdir. Masalan nostandart dastur bґyicha butun masofa davomida tezlikni tartibga solinishi bilan harakterlanuvchi yugurishdagi o‘zgaruvchan mashq metodidir.
Shuni aytib o‘tish kerakki, mashq jarayonida o‘zgarish tezligining har qanday o‘zgarishi ham o‘zgaruvchan mashq metodi bilan bajariladi deb hisoblashga asos bera olmaydi.
Masalan: agar yugurish tezligi steriotip shaklda o‘zgarsa (400 mga 70 soniyada, 200m ga 40 soniyada va butun mashq davomida shunday yugurilsa) u vaqtda gap ayrim o‘zgaruvchan mashq to‘g‘risida emas, balki kombinatsiyalashgan metodlar guruhiga kiradigan standart o‘zgaruvchan mashq to‘grisida borishi kerak. Agar yuklanish mashq jarayonida surunkasiga emas, interval bilan bajarilsa, u vaqtda ta’sir kuchini va maqsad yґnalishini almashtirish imkoniyati yanada ortadi. Amalda buni hisobga olib, o‘zgaruvchan jismoniy yuklanishning dam olish bilan tarkibli navbatlashuviga asoslangan metodlaridan intervalli o‘zgaruvchan mashq metodlaridan keng foydalaniladi.
Bu turdagi keng tarqalgan metodlaridan biri jismoniy yuklanishni ortib borishi uchun sharoit yaratuvchi intervalli o‘sib boruvchi mashq metodidir.Bu holatda yuklanish qat’iy bir yo‘nalishda - yuqori ko‘tarilish tomonga o‘zgaradi. /har ko‘tarishda shtanga og‘irligi ortib boradi/.
Bu ekstremal yeki to‘la dam oish intervalini saqlash talab etiladi. Qattiq intervallar bu yerda kam foydalidir, chunki ular yuklanishning tashqi tomonini o‘sishini chegaralaydi.. Aytib o‘tilgan metod avvalo, kuch, tezkorlik, chaqqonlikni tarbiyalashda, shuningdek shunga bogliq bo‘lgan harakat texnikasini mukammalashtirish uchun qo‘llaniladi. Pastlashuvchi metodlari yuqoridagi fikrlarga qarama-qarshi tendensiyani aks ettiradi. Bu yerda yuklanish bir tomonlama, lekin kamayish tendensiyasi bo‘yicha o‘zgaradi. Bu holatda jismoniy yuklanishning hama komponentlari kamayadi, asosiy ta’sir etuvchi faktor mumkin qadar saqlanadi.
Masalan: tezlik, chidamlikni tarbiyalashda yugurib o‘tiladigan masofa kamayib borishi mumkin (800m+400m+200m masofa 5-7 daqiqada interval bilan) yuqori darajada saqlanadi. Pastlashuvchi mashq metodlarining yutuqlaridan biri shundaki u katta xajmdagi jismoniy yuklanishlarga erishi mumkin va shu asosida harakat faoliyatining ayrim tomonlarini tanlab olingan holda takomllashtiradi.
Qurib chiqilayotgan guruh metodlariga yana tartibga soluvchi mashq metodlari ham kiradi. Bu metodda yuklanish goh oshish tomonga goh pasayish tomonga o‘zgaradi. Masalan: intervalli yugurishda masofaning har bir bo‘lagida tezlik yo ortadi yo kamayadi - (V.Kusning yugurishi).
Tartibga soluvchi mashі metodlari siklik, atsiklik va tarkibli barcha harakat mashqlarida qo‘llanilishi mumkin. U markaziy nerv tizimining plastik xususiyatini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi va xususan harakat malakalarining qoloq stereotipini ularning qayta tuzilishi va yanada takomillashi maqsadida 2 silkish" zarur bo‘lib qolganda ancha yaxshi foyda beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |