O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Qat’iy tarkiblashtirilgan mashq metodi



Download 3,13 Mb.
bet69/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

5.6. Qat’iy tarkiblashtirilgan mashq metodi.
Bu metodda shug‘ullanuvchilarning faoliyati qat’iy tarkiblashtirilgan holda tashkil etilib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:
-Jismoniy yuklanishni kat’iy normallashtirish mashq jarayonida uning dinamikasini to‘la boshqarish, shuningdek dam olish oraliq vaqtini qat’iy tartibga solish va ularning belgilangan tartibda jismoniy yuklanish bilan almashtirish.
-Qat’iy belgilangan harakat dasturi (harakat tarkibi, ularning o‘zgarishini, takrorlanish va bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishligi).
Shug‘ullanuvchilarning faoliyatini boshqarishni yengillashtiruvchi tashqi sharoitlarni, yaratish yoki ulardan foydalanish, mashgulot joylarida gruppalarni tuzish va taqsimlash, o‘quv vazifalarini bajarishga, yuklanishni miqdorlash, ularni ta’sirini nazorat qilishga imkon beruvchi yordamchi sport anjomlari va boshqa texnik qurilmalardan foydalanish. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo‘lib ular quyidagilardan iboratdir:
1) bo‘lingan - konstruktiv mashq /mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish/:
2) butunlay mashq metodi /vaqtingcha ayrim detallarning chiqarib tashlab bajarish/.
Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga masalan suvda suzishni o‘rgatish, akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki, mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shugullanuvchilarga o‘rgatish lozim bo‘lgan mashqlar butunligicha o‘rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi - soddalashtiriladi.
Ikkala metodlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat: bo‘lingan konstruktiv mashq metodining ijobiy xususiyati - o‘zgarilishi lozim bo‘lgan mashqlar oz vaqt ichida shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish mumkin.
Salbiy xususiyatlari - qismlab o‘rgatilgan mashqlarni butunlaycha bajarishga erishish uchun qo‘shimcha vaqt sarf qilinadi yoki bo‘lmasa ayrim akrabatik mashqlarni butunlaycha bajarilishiga erishishda qismlar orasida pauza bo‘lishi mumkin.
Butunlay mashq metodining ijobiy xususiyati qushimcha vaqt sarf qilinmaydi. Salbiy xususiyati o‘rgatishi lozim bo‘lgan mashqlar oldingi metodga nisbatan ko‘p vaqt talab qiladi.
Qismlarga bo‘lingan mashq metodidan harakat uncha buzulmay nisbatan mustaqil elementlarga bo‘linishi mumkin bo‘lgandagina foydalaniladi.
Masalan: Erkin usulda suzish texnikasini o‘rganishda bo‘lib tashlash va keyin elementlarini yaxlit qilib birlashtirish quyidagicha sodir bo‘lishi mumkin.
1.Suv ustida sirpanish;
2.Xavz qirg‘oqlarda oyoq harakatlarini o‘rganish;
3.Sirpanish bilan oyoq harakatlarini qo‘shib bajarish;
4.Sayoz joyda tik to‘rib qo‘l harakatlarini o‘rganish;
5.Shuning o‘zini nafas olish bilan qo‘shib bajarish;
6. Barcha elementlarni birgalikda bajarish.
Yaxlit mashqni bo‘lib bajarish butun harakatlar mohiyatini o‘zgartirishga va ularning tuzilishini keskin foydalanilmoqda.
Yaxlit mashq tuzilishi, oldin odatda ayrim detallarni chiqarib tashlash hisobiga soddalashadi, bu detallar keyin o‘rganilayotgan mashqning asosiy mexanizmi bilan asta sekin birlashadi va uni yaxlit bajarish ko‘rinishida takomillashadi. Masalan, yugurib kelib «qaychi» usulida uzunlikka sakrash texnikasi quyidagi tartibda o‘rganiladi:

  1. Qisqa masofadan qadamlab sakrash.

  2. Shuning o‘zi, lekin eng baland nuqtaga chiqqan oyoqni qaychisimon harakat qilib sakrash

3. Sakrashga yordamlashadigan taxta yoki tramplindan foydalanib, ko‘tarilish fazasida diqqatni qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilishiga qaratilgan holda sakrash.
4. O‘rtacha tezlikda yugurib kelib, to‘la usulda sakrash;
5. Yerga tushishga tayyorlanish harakatlariga e’tibor bergan holda sakrash /oyoq oshirib tashlash, qo‘llarni orqaga qilish qaychisimon usulida sakrash.
Harakatga o‘rgatishda asosiy metodlar bilan birga bir qator yordamchi metodik usullardan foydalaniladi.
Qoida bo‘yicha agar murakkab harakat butunligicha o‘rganayotgan bo‘lsa "yaqinlashtirish" deb atalgan mashqlar keng qo‘llanilib ular asosiy harakatni o‘zlashtirishga, ularni butunlay immitatsiya yoki soddalashtirilgan shaklda o‘rganish yo‘lidan foydalaniladi.
Harakat faoliyatlarini takomillashtirish bosqichlarida, ularning sifatlarini o‘ziga xos shakllarini bir paytda yaxshilash muhim ahamiyatga ega.
Bunda asosiy rolni jismoniy sifatlarni harakat tarkibini o‘zgartirmasdan rivojlantiruvchi qo‘shmcha jismoniy yuklanishlar sharoitida butunlay bajariluvchi harakatlar bilan xarakterlanuvchi metodlarning ahamiyati katta.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish