1.2. Demokratik jamiyat qurishda inson huquqlari va erkinliklarini
kafolatlashning o’rni
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng fuqarolik jamiyatiga
asoslangan huquqiy davlat qurishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’ydi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish jarayonida inson va fuqarolarning asosiy huquq va
erkinliklarini himoya qilish huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy
mezonlaridan biridir.
Demokratiyaning eng muborak afzalligi uning insoniy qadr-qimmatga
munosabatidir. Insoniy qadr-qimmatni e’zozlashda hech bir tuzum demokratiyaga
teng kelolmaydi
2
.
“O’zbekiston demokratik qadriyatlarni, shaxsning huquq va erkinliklarini
ta’minlash, erkin bozor iqtisodiyotini barpo etishni o’zi uchun eng ustuvor qadriyat
sifatida tanladi”
3
. Demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun oliy qadriyat sifatida
belgilab olindi. “Inson huquqlari va demokratiya singari umumbashariy qadriyatlar
1
Мўминов А.Р., Тиллабаев М.А. Инсон ҳуқуқлариi. - T.: Адолат, 2013. -78-б.
2
Баҳриев К. Демократия ва инсон ҳуқуқлари. - T.: Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси нашриёти, 1997. -214-б.
3
Каримов И.А Ўзбекистон ХХИ аср бўсағасида: ҳавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт
кафолатлари. – Т.: Ўзбекистон, 1997. -137-б.
18
Respublikamizning milliy davlatchilik manfaatlariga to’la mos keladi
1
, degan edi
Prezident Islom Karimov. Bizga yaxshi ma’lumki demokratik jamiyat qurishda
inson huquqlari va erkinliklarining o’rni beqiyos hisoblanadi. Demokratik-huquqiy
davlat qurishning eng asosiy shartlaridan biri inson huquqlariga rioya etish va
ularning huquqiy himoyasini ta’minlashdan iboratdir.
Bugun O’zbekiston jahon hamjamiyatining tarkibiy qismi va to’la huquqli
teng sub’ektidir. U BMT Ustavini, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi,
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to’g’risidagi hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktlarni tan oladi, Yevropada xavfsizlik va
hamkorlik tashkilotining shartnomalarida, ko’plab xalqaro konvensiyalarda
ishtirok etadi. Boshqacha aytganda, O’zbekiston o’zi tanlagan yo’li, insoniyat
madaniyatining qadriyatlarini tasavvur etib, demokratiya va insonparvarlik
yo’lidan odimlab bormoqda
2
. Huquqiy davlat va inson huquqlari – bu haqiqat,
ezgulik va adolat sari yagona yo’lning uzviy tarkibiy qismlaridir. Oliy qadriyat
bo’lmish inson huquqlari va erkinliklari davlat, uning organlari va mansabdor
shaxslarining hokimiyatni suiiste’mol qilishi yo’lida to’siq bo’lib xizmat qilishi,
totalitar rejimlar sharoitida bo’lgani kabi davlatning jamiyatni to’liq qamrab
olishiga to’sqinlik qilishi kerak
3
. Davlatning inson huquqlari va erkinliklarini
nafaqat e’tirof etishi, balki ularga og’ishmay rioya etishi hamda ularni himoya
qilishisiz ushbu huquq va erkinliklarni aliy qadriyat sifatida qaror toptirib
bo’lmaydi
4
.
Inson huquqlari – huquqiy davlatchilikning insoniylik mezonidir. Inson
huquqlarining ta’minlashning realligiga qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatining
sa’y-harakatlarini
baholovchi,
jamiyatning
axloqiyligini
va
davlatning
maqbulligini ko’rsatib beruvchi alomat sifatida qaralmog’i zarur. Inson himoyasini
ishonchli tarzda ta’minlamay turib, huquqiy davlatchilikning huquq ustuvorligi,
1
Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. T.1. – T.: Ўзбекистон, 1996. - 78-
79-б.
2
Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назарий ва амалий
муаммолари.. Юридик фанлар номз...дисс. –T., 2003. –46-б.
3
O’sha manba. 46-b.
4
O’sha manba. 62-b.
19
hokimiyatning huquq bilan cheklab qo’yilishi va tiyib turish kabi asosiy
tamoyillarini amalga oshirish mantiqsizdir
1
.
O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini ko’lga kiritishi
mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik
jamiyatining muhim tarkibiy qismlari bo’lgan inson huquqlari va manfaatlari kabi
demokratik qadriyatni rivojlantirish imkoniyatini berdi. Inson huquqlari yuksak
darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon fuqarolik jamiyatidir. O’zbekistonda
bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat Prezidenti
I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi sessiyasidagi
ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati barpo
etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-harakatlar
va ijtimoiy- siyosiy faoliyatning bosh mezoni inson ekanligi alohida ta’kidlangani
diqqatga sazovordir
2
. Istiqlol yillari davomida respublikada amalga oshirilayotgan
barcha jabhalardagi islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirish, inson huquqlari
va erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg’usini shakllantirish, aholi uchun munosib
turmush tarzini yaratishga qaratilgan.
Inson huquqlarini qonun bilan himoya qilish va amalga oshirish – jamiyat
demokratligining muhim va birlamchi ko’rsatkichidir. Insonning e’lon qilingan
huquqlari uning yuqori darajasi va ularga og’ishmay rioya etish huquqiy
davlatning ajralmas belgisi bo’lmog’i kerak
3
. Shundagina davlatda demokratiya
qaror topishiga erishish mumkin bo’ladi.
Zero, O’zbekiston Respublikasida insonning asosiy huquq va erkinliklarini
ta’minlash nafaqat davlat doirasidagi harakatlar bilan cheklanmasdan, xalqaro
munosabatlarda inson huquqlariga doir universal xalqaro-huquqiy hujjatlarga
qo’lishilib bormoqda. Mustaqillik yillari mobaynida O’zbekiston Respublikasining
1
Саидов А.Х. Ўзбекистон Республикаси ва инсон ҳуқуқлари бўйича халқаро шартномалар. – Т.: Адолат,
2002. -6-б.
2
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини
барпо этишнинг асосий ёъналишлари // Халқ сўзи. 2002. 30-август.
3
Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назарий ва амалий
муаммолари. Юридик фанлар номз...дисс. –Т., 2003. -60-б.
20
inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsplari shakllandi, ular
sirasiga quyidagilar kiradi:
-
Demokratiyaning
va
inson
huquqlarining
umume’tirof
etilgan
prinsplariga, o’zining xalqaro majburiyatlariga sadoqat;
-
Inson huquqlarini himoya qilishda milliy manfaatlar ustuvorligi;
-
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni milliy manfaatlardan
kelib chiqqan holda rivojlantirish;
-
Demokratik islohotlarni asta-sekin va bosqichma-bosqich amalga
oshirish
1
.
O’zbekistonda inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarning ushbu
prinsplariga tayangan holda jamiyat hayotiga, fuqarolarning va davlat
xizmatchilarining ongiga singdirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar boshlandi va
hozirgi kunda ham faol olib borilmoqda. Bu qilinayotgan ishlar jahon
hamjamiyatiga yaxshi ko’rinish uchun qilinmadi. Inson huquqlari sohasidagi
xalqaro majburiyatlarni bajarish va demokratik huquqiy davlat barpo etish
mustaqil O’zbekistonning asosiy vazifasiga aylangan edi.
O’zbekiston Respublikasida Inson huquqlarini himoya qilish ishlarini
debochasi sifatida Mustaqil O’zbekistonning 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan
Konstitutsiyasi mamlakatimizda inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini
himoya qilishning yuridik kafolati hisoblanadi.
Inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro prinsplar va normalarga sodiq
bo’lgan O’zbekiston suveren, demokratik, huquqiy va dunyoviy davlat sifatida,
eng avvalo, Konstitutsiyasining uchdan bir qismidan ziyodini inson huquq va
erkinliklarini himoya qilish masalalariga bag’ishlab, ularning ustuvorligining
konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo’ydi va ilgari inson huquqlariga nisbatan
davlat manfaatlari ustuvorligi prinspiga barham berdi
2
.
Bu hujjatning 13-moddasiga ko’ra, “O’zbekiston Respublikasida demokratiya
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi,
1
Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон декларацияси ва Ўзбекистонда инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш миллий
тизими. – Т.: Ўзбекистон, 2010. -14-б
2
O’sha manba. 46-b.
21
sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya
qilinadi”
1
.
Bugungi kunda O’zbekiston tomonidan inson huquqlariga doir 60 yaqin
xalqaro huquqiy hujjatlarga qo’shilib, Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya,
Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to’g’risidagi
Konvensiya, Qiynoq va boshqa shavqatsiz, inson qadr-qimmatini kamstuvchi
g’ayrinsoniy muomala turlari va jazolarga barham berish to’g’risidagi Konvensiya,
Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
huquqlar to’g’risidagi Pakt ushbu hujjatlarning jumlasindandir. O’zbekiston
Respublikasi
1991-yilda
Inson
huquqlari
Umumjahon
deklarastiyasiga
qo’shilganligi katta ahamiyatga ega.
O’zbekistonda inson huquqlari masalalari qay darajada rivojlanganligini
ilmiy-amaliy tahlil qilish, tegishli tavsiya va xulosalarni qabul qilish nihoyatda
e’tiborga sazovordir. Zero, Inson huquqlariga oid Yevropa standartlari
O’zbekistonda ham muayyan darajada o’z ifodasini topish mamlakatimizni yanada
rivojlantirish shubhasiz.
Inson huquqlari va erkinliklarini mustahkamlashga doir O’zbekiston
Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati izchil rivojlanib borib,
mamlakatmiz inson huquqlariga sodiqligi o’zining konstitutsiyaviy ifodasni topib,
bugungi kunda shu sohada keng qonunchilik bazasi yaratildi. Muhimi shundaki,
O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini tobora mustahkamlash va
rivojlantirish uchun hal qiluvchi omillar jumladan xalq hokimiyatchiligi,
davlatning inson oldida mas’ulligi belgilandi.
Bizga yaxshi malumki, har qanday demokratik davlatda eng avvalo inson
huquqlari himoyasi yuqori darajada bo’lishi lozim. Inson huquqlari yuksak
darajada ta’minlanadigan ijtimoiy makon – fuqarolik jamiyatidir.
O’zbekistonda bunday jamiyat qurish amaliy izga ko’chganligi mamlakat
Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to’qqizinchi
1
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.- Т.: Ўзбекистон, 2012. 13-модда.
22
sessiyasidagi ma’ruzasidan yaqqol ko’rinib turibdi. Ma’ruzada fuqarolik jamiyati
barpo etishning asosiy yo’nalishlari belgilab berildi. Barcha yo’nalishdagi sa’y-
harakatlar va ijtimoiy-siyosiy faoliyatning bosh me’zoni inson ekanligi alohida
ta’kidlangani diqqatga sazovordir
1
.
O’zbekiston Respublikasida barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining eng
asosiy belgilaridan biri ham aynan inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so’zsiz
e’tirof etish va muhofaza qilishdir.
Yuksak insoniy qadriyatlarga erishishga intilayotgan O’zbekiston uchun
shaxs erkinligi g’oyasi uning konstitutsiyaviy konsepsiyasiga ajralmas qisim bo’lib
kirdi
2
. Mamlakatning Asosiy qonuni yangi milliy davlatchilikni shakllantirish
uchungina emas, balki, avvalo, inson va fuqaro maqomini mustahkamlash uchun
qabul qilingan va amal qilmoqda. Davlatning o’zi inson nafaqat davlat
tashkilotining oddiy murvati bo’lishi uchun, balki haqiqatan ham oliy qadriyat,
butun ijtimoiy o’zgarishlarning maqsadi bo’lishi uchun tashkil etilgan va amal
qilmoqda. Faqat erkin fuqarolarning birlashishiga asoslangan davlatgina
o’tmishning “kazarma sotsializmi” qoldirgan fojiali merosini, ijtimoiy illatlarini
bartaraf etishga qodir bo’ladi
3
.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan insonning
huquq va ernkinliklari umume’tirof etilgan xalqaro-huquqiy standartlarga to’liq
mos kelib, mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuksalishiga
mustahkam huquqiy zamin yaratadi. Mamlakatimiz asosiy qonunida
mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklar har bir insonga, har bir fuqaroga
taalluqli bo’lib, barcha uchun teng va barobardir. Konstitutsiyaning
muqaddimasida inson huquqlariga sodiqlik tantanali ravishda e’lon qilingan, unda
hozirgi zamon konstitutsiyalariga xos bo’lgan umumiy yo’nalishlar aks etgan,
insonning shaxsiy huquq va erkinliklari birinchi o’ringa qoyilgan. Unda siyosiy,
1
Каримов И.А. Ўзбекистонда демократик ўзгаришларни чуқурлаштириш ва фуқаролик жамияти асосларини
барпо этишнинг асосий йўналишлари //Халқ сўзи. 2002. 30 август.
2
Уразаев Ш.З. Конституция независимого Узбекистана. – T.: Адолат, 1993.-16-б.
3
Таджиханов Б.У. Ўзбекистон Республикасида инсон ҳуқуқларини амалга ошириш: назарий ва амалий
муаммолари..Юридик фанлар номз…дисс.–Т., 2003. -43-б.
23
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar, ularning kafolati hamda fuqarolarning burchlari
mustahkamlangan.
Darhaqiqat,
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.A.Karimov
ta’kidlaganidek, “ Demokratik jamiyat qurish uchun, demokratik tamoyillarni to’la
qaror toptirish uchun, eng avvalo, mo’tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan
shaxs, o’zini aynan shu yurt farzandi deb bilguvchi inson o’z davlati, o’z xalqi
oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya etgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldida
burchini ado etish kerak... Har qaysi fuqaro har birimiz: Shu davlat, shu jamiyat
menga nima berdi deb emas, balki men o’zim Vatanimga, elu yurtimga nima
berdim deb oylashimiz va aqida bilan yashashimiz kerak”
1
.
O’zbekistonnig mustaqil rivojlanish yillarini shartli ravishda ikki bosqichga
bo’lish mumkin bo’lib, bu ikki bosqichning har birida inson huquqlari ham o’ziga
xos rivojlanish tarixiga ega.
Birinchi bosqich – 1991-2000-yillar: birinchi darajali islohotlar va o’tish
davri islohotlari va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish. Bu davrda
O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning huquqiy va tashkiliy asoslari,
bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan asoslari barpo etildi, inson huquqlari
va erkinliklarini rag’batlantirish, ularga rioya etish va himoya qilish tizimi
shakllantirildi. Ayni shu yillarda O’zbekiston BMT ning inson huquqlariga oid
oltita hujjatlariga qo’shildi, inson huquqlari boyicha milliy institutlar, inson
huquqlari sohasida uzluksiz ta’lim tizimi tashkil etildi.
Ikkinchi bosqich – 2001-yildan hozirgacha: faol demokratik yangilanish va
mamlakatni moderinizatsiyalash davri. Bu davr, birinchidan, umumdavlat va
mintaqalar manfaatlarini ifodalovchi ikki palatali parlamentning tashkil etilishi va
faol ishlashi asosida qonunchilik hokimiyati roli va ta’sirining kuchayishi,
ikkinchidan, davlat miqyosidagi muhim qarorlar qabul qilinishida siyosiy
partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ta’sirining oshishi, davlat
tuzilmalari ustidan jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish borasida
nodavlat notijorat tashkilotlari nufuzi va ahamiyatining oshishi; uchinchidan, sud-
1
Каримов И.А. Буюк келажагимизнинг ҳуқуқий кафолати. – Т.: Шарқ, 1993. -272-б.
24
huquq tizimini liberallashtirish va insonparvarlashtirishga qaratilgan tub
islohotlarning amalga oshirilishi, jazo tizimidan o’lim jazosining chiqarib
tashlanishi, sud hokimiyati mustaqilligi va samaradorligining mustahkamlanishi,
va to’rtinchidan, inson huquqlari ta’limi sohasida keng axborot-ma’rifiy ishlarning
amalga oshirilishi, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish va uni
rivojlantirish bilan tavsiflanadi
1
.
Inson huquqlarini himoya qilish – Konstitutsiyaning asosiy prinsipi bo’lib,
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy tizimini tubdan isloh qilishning asosiy
yo’nalishi va pirovard maqasadi hisoblanadi.
Har bir fuqaroga o‘z huquqini tanish, uni himoya qilish imkoniyatini
mustaqillik berdi. Kuni kecha huquqi buzilgan odam qaysi idoraga borishni bilmay
turgan bo‘lsa, bugun aholining qonuniy manfaatlarini muhofaza qiluvchi o‘nlab,
yuzlab idoralar bor. Aynan mustaqillik yillarida fuqarolarning huquq va
manfaatlarini himoya qiluvchi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyati keng
rivojlandi, ularning vakolati va ta’siri kengaytirildi. Bu yana bir bor mustaqillik,
avvalo, huquq ekanligini, mamlakatimizda inson huquqi va qadri oliy qadriyat
hisoblanishining amaldagi isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |