2-masalaning bayoni: Jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‟minlashga
hamisha e‟tibor bilan qarab kelinmoqda. Jamiyat hayotini o„zgartirishga urinayotgan
shaxslarning yoshlar ongini zaharlashiga yo„l qo„ymaslik, ularning oldini olish ham
siyosiy-mafkuraviy vazifalar sirasiga kiradi.
Turli mafkuraviy tahdidlar: vahhobiylik, hizbut-tahrir kabi diniy ekstremistik
oqimlarning zararli g„oyalarini yoshlar ongiga suqilib kirishiga yo„l qo„ymaslik, ulardan
ogoh bo„lishlik mamlakatimizda tinchlikni saqlashning eng muhim shartlaridan
hisoblanadi. Bu vazifalarning bajarilishi o„z navbatida jamiyat yaxlitligini, ijtimoiy-
siyosiy barqarorlikni ta‟minlaydi. Ta‟kidlash lozimki, qo„shni mamlakatlarda xalqaro
miqyosda sodir bo„layotgan siyosiy voqealardan, turli mafkuraviy tahdidlardan o„z
vaqtida ogoh bo„lishlik, yoshlarni salbiy mohiyatga ega bo„lgan mafkuraviy ta‟sirlarga
berilishining oldini olish o„ta muhim siyosiy ahamiyatga ega bo„lgan vazifadir. Mavjud
mavkuraviy tahdid ko„rsatayotgan turli ekstremistik guruhlarning asl maqsadi tinch
hayotimizni buzish, jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma‟naviy
hayotida tarkib topgan munosabatlarni izdan chiqarish va shu orqali o„zlarining g„arazli
maqsadlariga erishishdan iboratdir. 1999 yil 16 fevral voqealari, 2000 yil yoz oylarida
mamlakatimizning janubiy sarhadlariga suqilib kirishga urinishlar, 2000 yilning sentabr
oyida Andijon viloyati Izboskan tumanida sodir bo„lgan nohush voqealar, 2005 yil 12-13
may Andijonda sodir etilgan hunrezliklar fikrimizga misol bo„la oladi.
O„zbekistonga huruj qilayotgan mafkuraviy tahdidlar va ularning asosiy turlari
to„g„risida Prezidentimiz Islom Karimov o„zining «O„zbekiston XXI asr bo„sag„asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida keng to„xtalib
o„tgan. Ularning ayrimlari xususida yuqorida to„xtalib o„tdik.
Shuningdek, prezidentimiz o„z asarida buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv
millatchilik mafkuraviy tahdidi to„g„risida shunday fikr bildirdi: «tarixiy tajribaga
asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo„ladigan siyosiy,
mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintakaviy
munosabatlarda unga intilish deb ta‟riflash mumkin».
1
Uning o„ziga xos xususiyatlari sifatida, quyidagilarni ko„rsatib berdi:
1.Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni keltirib chiqarish.
2.Xalqaro-huquqiy ichki davlat suverenitetimizni ro„yobga chiqarishga
qarshilik ko„rsatish.
3.O„zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli
bo„lmagan sharoitga solib qo„yishga urinish.
4.Mafkuraviy tazyiq o„tkazish, jahon afkor ommasida O„zbekiston
haqida noto„g„ri tasavvurlar tug„dirishga intilish.
5.Millatlar o„rtasida o„zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish,
millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish.
6.Yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuv, hamma
sohalardagi o„zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni
sekinlashtirish xavfi.
2
1
Ўша жойда. 52 бет.
2
Каримов И.А. . Ўзбекистон XXI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик
шартлари ва тараққиёт кафолатлари. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1997. 66- бет.
Yoshlarning g„oyaviy-mafkuraviy dunyoqarashi qanchalik yuksak bo„lsa, milliy
g„oya kishilar dunyoqarashida qanchalik keng o„rin egallab borsa, jamiyatimizda ijtimoiy
g„oyaviy muhit shunchalik musaffo bo„ladi.
Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash yo„li, Prezidentimiz Islom Karimov ko„rsatib
berganlaridek:
«Odamlarimiz, avvalam bor yoshlarimizning iymon-e‟tiqodini
mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o„z mustaqil fikriga ega bo„lgan
barkamol insonlar etib tayyorlash, ularning tafakkurida o„zligini unutmaslik, ota-
bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror
toptirish, ularning men o„zbek farzandiman, deb, g„urur va iftixor bilan yashashiga
erishishdir».
3
Buyuk alloma, mutafakkir Abu Nasr Forobiy ko„rsatib o„tganidek: «Insonlik
mohiyati haqiqiy baxt-saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni o„zining oliy g„oyasi va
istagiga aylantirib, bu yo„lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt-saodatga
erishadi»
1
. Milliy istiqlol g„oyasi birlashtirishga, jipslashtirishga yo„naltirilgan bo„lib,
o„zida ko„p qirrali siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, milliy va boshqa manfaatlarni ifodalaydi
hamda ularni umumdavlat, millat maqsadlari yo„lida yagona ijtimoiy-ma‟naviy oqimga
birlashtiradi.
«O„zingni va o„z uyingni asra» shiori jamiyatimizdagi barcha fuqarolarni
ogohlikka da‟vat qilar ekan, turli mazmundagi mafkuraviy, ayniqsa, diniy-ekstremistik
ruhdagi tahdidlarni o„z vaqtida payqash va ularga qarshi kurashish g„oyasini o„zida
mujassamlashtirgandir. Millat, jamiyat va davlat bor ekan, uning mustaqilligiga tahdid
soladigan harakatlar bo„lishi tabiiy. Mamlakatimizga kirib kelgan vahhobiylik, hizb-ut-
tahrir va shu kabi zararli oqimlar oddiy insonlarni, ayniqsa, g„o„r yoshlarni yo„ldan
ozdira boshladi. Ahloqsizlik g„oyalarini yoyib, xalqni ma‟naviy jihatdan buzishga
intilishlar hamda tariximizni, milliy qadriyatlarimiz va dinni soxtalashtirishga urinishlar
kabi tahdidlar insonlar ongini zabt etish va yurtimizni qaram qilib olishga qaratilgandir.
Ana shunday tahdidlarning oldini olish uchun nima qilmog„imiz darkor?
O„zbekiston xalqining, ayniqsa yoshlar ongi, dunyoqarashi, xatti-harakatlarida
mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish bugungi kundagi muhim vazifadir.
Darhaqiqat, millati, tili va dinidan qat‟iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi
qalbida ona Vatanga muhabbat, sadoqat, yurt ravnaqi va osoyishtaligini qaror toptirishda
mas‟uliyat tuyg„usi bilan yashamog„i darkor. Xalqni buyuk kelajak va ulug„vor
maqsadlar sari birlashtirish, yuksak fazilati, komil insonlarni voyaga yetkazish, har
tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash, hozirda dolzarb mavzulardan biri bo„lgan milliy
istiqlol g„oyasining bosh maqsadidir. Xulosa qilib aytganda, milliy istiqlol g„oyasi va
ogohlik – jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga suqilib kirayotgan salbiy mohiyatga ega bo„lgan
turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning eng kuchli va samarali vositalaridan,
omillaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |