g„oyaviy vorislik kabi jihatlar muhim rol o„ynaydi. Yuqoridagi tarixiy misollarda
ta‟kidlanganidek, muayyan g„oya va mafkuralarning inkor etilishi ikki omilga, ichki va
tashqi, ya‟ni obektiv va subektiv omillardan iborat bo„ladi. G„oyalar hamma vaqt
davomiylik xarakteriga ega bo„lmasligi mumkin, o„z ma‟no-mazmuniga ko„ra umrini
o„tab bo„lgan, davr talablariga javob bera olmaydigan g„oyalar o„rnini yangi g„oyalarga
bo„shatib beradi, bu g„oyaviy inkorning obektiv tomoni bo„lsa, uning subektiv tomoni
muayyan g„oyalar sun‟iy yo„llar vositasida, ma‟lum manfaatlar ta‟sirida inkor etilishi
mumkin. G„oyaviy yangilanish esa tarixiy, an‟anaviy ildizlarga ega bo„lgan milliy-
ijtimoiy, ilmiy g„oyalarning davr talablari asosida yangi mazmun bilan boyitilishi, yangi
talablarga moslashtirilishini o„zida ifoda etadi. G„oyaviy vorislik o„z ma‟no-mazmuniga
ko„ra hamma davrlarda ham birdek o„z dolzarbligini yo„qotmaydigan va o„zida muhim
xususiyatlarni saqlab qola olgan g„oya va mafkuralarda o„z aksini topadi, bular ilmiy,
diniy, ijtimoiy-siyosiy, milliy g„oyalardir. Masalan, Demokritning atomlar haqidagi
ta‟limoti keyinchalik atomlar haqidagi nazariyani keltirib chiqargan bo„lsa, yakkaxudolik
haqidagi dastlabki diniy qarashlar nasroniylik, iudaizm, islom kabi diniy ta‟limotlarga
asos bo„ldi. Mustaqillik, ozodlik, adolatparvarlik, tinchlik kabi ustivor umuminsoniy
g„oyalar o„z mohiyatiga ko„ra insoniyat tarixida hamma zamonlarda ham qanchalik
ziddiyatli sharoitlarda bo„lsada, bezavol xalos bo„lib, yana ijtimoiy hayotning eng ustivor
g„oyalari sifatida saqlanib qoladi, chunki ular bashariyatga daxldor bo„lgan, ularning
tabiiy-ma‟naviy –ruhiy intilishlarini ifoda etadigan fenomendir.
Poydevori baland va baquvvat bo„lgan bino girdob bo„lganda ham, buron turganda
ham, dahshatli zilzilada ham qulamasdan mustahkam va sobit turganidek ma‟naviy,
ahloqiy, falsafiy, ilmiy zamini mustahkam bo„lgan, fan qonunlari va ularning ilmiy
xulosalariga, so„nggi yutuqlariga asoslangan mafkura ham umri boqiydir. Bizning milliy
istiqlol mafkuramiz ana shunday mafkura bo„ladi. Uzoq tarixga va buyuk g„oyalarga ega
bo„lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar O„zbekiston milliy istiqlol mafkurasining
ma‟naviy, ilmiy poydevoridir.
Hozirgi davrning nixoyatda murakkab va mas‟uliyatli vazifasi – O„zbekistonning milliy
istiqlol mafkurasini yaratish juda katta aql-idrok va tafakkurni, ilmiy-nazariy bilimni, boy
hayotiy tajribani, jamiyatning taraqqiyot qonunlarini bilishni, mamlakatimizning nafaqat
o„tmishi va hozirgi davri, balki istiqbolini ham ilmiy fahmlashni taqozo etadi. Buning
uchun ilmiy-nazariy, intellektual kuchlarning, siyosiy-ijtimoiy fanlari vakillari, davlat va
jamoat arboblari, adabiyot ahli, xullas, jamiyatimizning turli tabaqalarining o„zaro
hamkorlikdagi say-harakati darkor bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |