Paul Routledge.
Ona yurtimiz – O„zbekiston mustaqillik, demokratiya, zamonaviy taraqqiyot
yo„lidan borib so„nggi yillar ichida iqtisodiyot, ma‟naviyat va siyosiy islohotlar sohasida
ulkan muvaffaqiyatlarni qo„lga kiritmoqda, xalq farovonligi yil sayin o„sib bormoqda.
Bugungi kunga kelib O„zbekiston jahon hamjamiyatidan o„zining nufuzli o„rnini
egallamoqda.
Biroq bizning yutuqlarimizni ko„ra olmaydigan qora niyatli kuchlar yo„q emas.
Ularning niyati O„zbekistonda hukm surayotgan tinchlikni, osoyishtalikni, ijtimoiy
barqarorlikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan
farovon va osuda hayotni buzishdir. Halqimizning yuragiga vahima va qo„rquv solish
hisobiga ularning kelajakka ishonchini yo„qotish millatlarni, turli dinlarga e‟tiqod
1
Taylor & Francis e- library nashriyoti, 2003 97-bet, 1-abzas, 1-13 qatorlar, “Yangi
siyosiy fikrlash” maqolasidan. (4- ma‟ruza matniga mos tushadi)
qiluvchilarni bir-birlariga qarshi qo„yish yo„lida ular har qanday iflos usullardan
foydalanishga urinmoqdalar.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O„zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining XIV sessiyasida so„zlagan nutqida: g„animlarimiz «o„z maqsadlariga
erishish uchun odamlarni, avvalo, sodda, bilimli va hayot tajribasi past kishilarning ongi
va tafakkurini chalg„itishga urinadi.»
1
, - deb bejiz aytmaganlar.
O„zbekiston o„zining boy tabiiy resurslari, mehnatkash va sodda xalqi, bitmas-
tuganmas energiya manbalari bilan atrofdagi g„arazli maqsaddagi turli yovuz kuchlarni
e‟tiborini tortmoqda. Bu yovuz kuchlar «bo„lib tashla va hukmronlik qil», - deb
nomlangan eski, ammo hozir ham juda qo„l keladigan shior ostida Markaziy Osiyoda,
jumladan O„zbekistonda turli siyosiy nayranglarni, o„yinlarni o„ylab, rejalashtirib ularga
katta-katta mablag„lar sarf qilib, o„zlarining g„arazli maqsadlarini amalga oshirishga
intilmoqdalar.
XXI asr boshiga kelib dunyo mamlakatlari o„rtasidagi o„zaro ta‟sir shu qadar
kuchayib ketdiki, sodir qilinayotgan axborot hurujidan to„la ihotalanib olgan birorta ham
davlat yo„q. Chunki bugunga kelib axborot almashinuvi juda katta tezlikda sodir
bo„lmoqda. So„nggi 50 yil davomida dunyoda axborotlarni tarqatish tezligi 300 ming
marta oshdi, narxi esa ming marta arzonlashdi.
Har qanday axborot huruji shaxsga, jamiyatga, millat va davlat manfaatlariga
qarshi qaratilgan bo„ladi. Chetdan ko„rsatilayotgan axborot hurujlari yoshlar
dunyoqarashiga, jamiyatdagi barqarlrlikka, tinchlik-osoyishtalikka, mamlakatimizning
ma‟naviy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy yuksalishiga qarshi qaratilmoqda. Bugungi
kunda O„zbekistonga nisbatan chetdan ko„rsatilayotgan axborot hurujlaridan asosiy
maqsad: mamlakatimizda istiqomat qilayotgan aholining turli qatlamlari, ayniqsa, yoshlar
ruhiyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatish; jamiyatimizdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni,
millatlararo va dinlararo munosabatlarni, mavjud turmush tarzini izdan chiqarish; beqaror
siyosiy vaziyat yuzaga kelgach esa, hukumatga milliy manfaatlarimizga zid bo„lgan
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy sohalar bilan bog„liq rejalarni, ularning manfaatlaridan iborat
amaliy choralarni zirlab itkazishdir.
Bugungi kunda mamlakatimizga qilinayotgan axborot hurujlari «demokratiya,
erkinlik va farovonlikni ilgari surish» niqobi ostida turli geosiyosiy manfaatlarni ham
o„zida mujassamlashtirgan. Bunday hurujlar esa turli xalqaro jamg„armalar, axborot
vositalari (ayniqsa, internet) kabi usullar orqali amalga oshirilmoqda. Ularning oldi
olinmasa, ularga qarshi kurashilmasa, oxir-oqibat, ularning ta‟sirida odamlarning
turmushi, yashash tarzi butunlay o„zgarib ketishi mumkin.
Axborot hurujining shaxs, oila, tashkilot, mahalla va jamiyatga ta‟siri dastlab
unchalik ko„zga tashlanmasligi mumkin. Chunki ijobiy va salbiy mazmundagi
axborotlarni hamma ham tezda farqlay olmaydi. Salbiy mazmundagi yot g„oyalarni
o„zida mujassamlashtirgan axborotlar muayyan kishilar ongiga singib qolgandan so„ng
esa, ularni «o„chirib» tashlash oson kechmaydi.
O„zbekiston o„zining milliy mustaqilligiga erishgandan buyon o„tgan davr
mobaynida, turli diniy-ekstremistik, xalqaro terrorchilik tashkilotlari, turli siyosiy
doiralar, davlatlarning manfaatlarini o„zida ifodalagan, g„arazli maqsadlarni ko„zlagan
axborot hurujlari muttasil ro„y berib kelmoqda.
1
Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга,
халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букилмас иродасига боғлиқ. Тошкент, Ўзбекистон, 2004.
11б
Bugungi kunda ham diniy-ekstremistik va xalqaro terroristik tashkilotlar
tomonidan yurtimizda, aholi, ayniqsa, yoshlar o„rtasida yashirincha turli varaqalar,
adabiyotlarni tarqatilishi to„xtamayapti. Buning ustiga turli chet el axborot vositalari,
radio to„lqinlarda, xatto internet saytlarida g„arazli maqsadlarni ko„zlovchi, O„zbekiston
Respublikamsidagi tinch, rivojlanish yo„lini ko„ra olmayotgan g„alamislarning
bo„xtondan iborat chiqishlari avj olmoqda.
G„oyaviy dushmanlarimiz asosiy diqqat e‟tiborni ham hayotning achchiq-
chuchugini tatib ko„rmagan, g„o„r yoshlarga qaratadilar, chunki yoshlar shaxs sifatida
shakllanib ulgurmagan, turmush tashvishlarini boshdan kechirmagan yoshlarni og„dirish
oson. Shuni unutmaslik kerakki, g„oyaviy g„animlarimiz o„z saflariga jalb etishda har bir
kishiga individual yondoshadilar. Kishilarni qiynayotgan muammolarni o„rganadilar, har
bir kishining manfaatlaridan kelib chiqib, odamlarning his, tuyg„ulariga ta‟sir etadilar.
O„zlarini ijtimoiy siyosiy-iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi kuch qilib ko„rsatadilar.
Ular yoshlarni «buyuk» ishlarga, jalb etishadi. Natijada tajribasiz sodda yoshlar din
himoyachisi, payg„ambar izdoshi, buyuk jihodchiga aylanib qoladilar. Shuning uchun
yoshlarda mafkuraviy immunitetni hosil qilish dolzarb muammolardan biridir. So„nggi
yillarda g„animlar bu borada intellektual va ommaviy axborot vositalaridan ham
foydalanilmoqdalar. Muayyan mafkuraviy poligonlarning muttasil tarqatayotgan
axborotlaridagi yovuz va zararli g„oyalar oqimi, jangari fil‟mlar, bolalarga mo„ljallangan
buzg„unchi g„oyalar asosida ishlangan o„yinlar, kompyuter tarmoqlari dasturlarini ishdan
chiqaradigan “virus” larni tarqatish bunga misol bo„la oladi. Shuningdek, hozirgi
globallashuv
sharoitida
g„oyaviy qaramlikka solishning xilma-xil usullari
qo„llanilmoqda, turli «ovoz”lar, ommaviy axborot vositalari, axborot texnologiyalari
yordamida mafkuraviy tajovuzlar uyushtirilmoqda.
Yoshlarni o„z mustaqil va erkin fikrga ega bo„lishini ta‟minlash kerak. Bu
kurashda milliy g„oya asosiy qurol bo„lib xizmat qiladi. Milliy mafkura kishilarni begona
g„oyalarning zararli ta‟siridan asrovchi qudratli kuchga ega. Milliy mafkurani targ„ib
qilishda ko„r-ko„rona targ„ibotni tushunmaslik kerak. Prezidentimiz Islom Karimov: «Biz
kishilarning dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqmiz, balki biz odamlarning
tafakkurini boyitish, uni yagona ma‟no va mazmun bilan to„ldirish tarafdorimiz», - degan
edilar. Buning uchun fuqarolarimiz bu murakkab vazifani bajarish borasidagi muayyan
mo„ljal – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotning barpo etish erkinligini to„la va
to„g„ri tushunib olishlari muhimdir.
Milliy g„oyaning jamiyat ma‟naviy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy hayotida amal
qilayotgan ta‟sir samaradorligini va uning ijtimoiy sohalari bilan o„zaro aloqadorligini
oshirib borish orqali O„zbekistonning buyuk va porloq kelajagi barpo qilib boriladi.
Talaba yoshlarga mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik, barqarorlik,
bunyodkorlikka asoslangan jarayon mohiyatini, mazmunini anglatish, his qildirishda,
dunyoda sodir bo„layotgan voqea-hodisalarni milliy g„oya mohiyatidan kelib chiqqan
xolda tushuntirib borish lozim.
Yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g„oyasini singdirish borasidagi ishlarni
amalga oshirishda quyidagi taklif va mulohazalarni bayon etamiz.
1. Bugungi kunda, ayniqsa ta‟lim tizimiga jalb etilmagan turli yoshdagi aholi
qatlamlari, xususan yoshlar orasida milliy g„oyani targ„ib qilishning eng samarali usul va
vositalarini ishlab chiqish zarur.
2. Yoshlar ongi va qalbiga milliy g„oyani singdirishda nodavlat tashkilotlarining
rolini oshirish zarur. Ayniqsa, «Nuroniy» jamg„armasi, «Sog„lom avlod uchun»,
«Kamolot», «Oila ilmiy-amaliy markazi», «Mahalla» jamg„armasi va boshqalarning
faolligini oshirish zarur.
3. Ayniqsa, ta‟lim tizimiga jalb etilmagan turli yoshdagi aholi qatlamlari orasida,
mahallalarda, fuqarolarning o„zini-o„zi boshqarish organlarida, tuman va shahar
madaniyat uylarida adabiyot va san‟at sohasida yoshlarga ibrat bo„ladigan qahramonlar
timsolini yaratish maqsadga muvofiqdir.
4. Jamiyatni yangilanishiga olib keladigan milliy qadriyatlarimizni yoshlar ongi va
qalbiga singdirish muhim ahamiyatga ega.
5. Mahallalarda keksalarning pand-nasihati, kattalarning shaxsiy ibrati, jamoaning
hamjihatligi misolida yoshlar ongi va qalbiga ezgulik g„oyalarini singdirishni targ„ib
qilish zarur.
6. Yoshlarda
mehnatsevarlik,
adolatparvarlik,
mehr-oqibat
tuyg„ularini
shakllantirishda oila, mahalla, mehnat jamoalarining rolini oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |