Buzg„unchilik g„oyalarining reaktsion mohiyati va ularga qarshi
kurashning tarixiy zaruriyati
Buzg„unchilik g„oyalari jamiyat, xalq va davlatlarning tanazzuliga
sabab bo„ladi, g„ayriinsoniy maqsadlarga xizmat qiladi. G„oyalar va
mustabid mafkuralar tarixida bundan foydalangan sobiq kommunistik
ta‟limot alohida o„rin tutadi. U tashqi jihatdan adolatli ko„rinsada,
oqibatda mustabid jamiyatni shakllantirish mafkurasiga aylandi.
Bunday
g„oyalarga
bolshevizm,
diniy
ekstremizm,
diniy
fundamentalizm, fashizm, irqchilik, buyuk davlatchilik shovinizmi
kabi g„oyalarni kiritish mumkin. Ana shu balo-qazolardan
himoyalanish uchun tajovuzkor g„oyalarga qarshi immunitet hosil
qilish, kishilarimizni jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini to„liq aks
ettiradigan sog„lom, insonparvar mafkura bilan qurollantirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |