Mustaqil ish topshirig„i
!
Ushbu savolga hayotiy misollar bilan
javob yozing...
Jahon moliyaviy inqirozi mafkuraviy
jarayonlarga qanday ta‟sir ko‟rsatmoqda?
vujudga kelgan bir qancha mustaqil davlatlar taraqqiyotning demokratik yo„lini tanlab
oldilar.
Bugunga kelib dunyoning 160 dan ortiq davlatlarida demokratik tuzumlar
umumbashariy va milliy qadriyat sifatida qaror topganligi e‟tirof etilmoqdaki, bular
fikrimizning yorqin dalilidir.
Hozirgi davrning yana bir xususiyati shundan iboratki, yer yuzida, insoniyat
taqdiriga va kelajak istiqboliga jiddiy xavf solayotgan, huruj qilayotgan xalqaro terrorizm
va diniy ekstremizm o„zining manfur basharasini jahon afkor ommasiga tobora yaqqol
ko„rsatmoqda, ular taraqqiyotning kushandasi bo„lgan jaholatning eng tuban ko„rinishlari
sifatida begunoh kishilarning qonini to„kmoqda. Har yili xalqaro terrorizm huruji
oqibatida yuz minglab kishilar qurbon bo„lmoqda. Moddiy boyliklar vayron qilinmoqda.
Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik masalasi hozirgi davrda umumbashariy
xavfsizlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega bo„lib turibdi.
Mintaqada aholining nolegal migratsiyasi, yashirin va noqonuniy qurol savdosi,
narkotik moddalarni yashirin olib o„tish, etnik – milliy nizolar diniy ekstremizm va
xalqaro terrorizmni vujudga kelishi va faoliyat yuritishiga sharoit yaratmoqda. Ular
xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlar ko„magida faoliyat yuritmoqdalar.
Prezidentimiz Islom Karimov O„zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 13
yilligiga bag„ishlangan tantanali marosimda so„zlagan «Inson, uning huquq va
erkinliklari hamda manfaatlari – eng oliy qadriyat» mavzusidagi ma‟ruzasida demokratik
jamiyat qurish, oldimizga qo„ygan marralarga erishish yo„lidagi muammolarni ko„rsatib,
ularni bartaraf etish sohasida quyidagi vazifalarni ilgari surdi:
- Hayotimizda uchrayotgan loqaydlik va beparvolik asoratlaridan xalos bo„lish.
- Mamlakatimiz va uning atrofida sodir bo„layotgan voqea-hodisalarga doimiy
dahldorlik hissa bilan yashash.
- Rivojlanish yo„limizda g„ov bo„lib turgan to„siqlarga qarshi qat‟iy kurash olib
borish.
Prezidentimiz o„z ma‟ruzalarida, inson jamiyatni yangilik va demokratlashtirish
natijalarini belgilab beradigan asosiy omil ekanligini ta‟kidlab o„tdilar. Haqiqatan ham,
yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ham inson omili tufayli
bajarilmoqda. Aksincha, har qanday g„alamislik terrorizm, diniy ekstremizm,
jinoyatchilik kabi manfur ishlar ham inson qiyofasidagi yovuz kuchlar tomonidan amalga
oshirilmoqda.
Bugungi kunda terrorizm Yer yuzida insoniyatga, uning taraqqiyotiga dahshat
solayotgan siyosiy voqealikka aylanib qoldi. Bu ijtimoiy-siyosiy ofatni shunchaki
qoralash bilan bartaraf etib bo„lmaydi. Shu bois, bashariyat istiqboliga tahdid solayotgan
terrorizmning asl tub mohiyatini o„rganish, uni yuzaga keltirib chiqarayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va ma‟naviy omillarni chuqur tadqiq etib aniqlash, siyosiy-
falsafiy jihatdan tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Terrorizm – o„zi nima? Uning siyosiy-falsafiy mohiyati nimadan iborat? Qanday
ko„rinishlarga ega? Qanday ijtimoiy omillar uni yuzaga keltiradi? Undan batamom xalos
bo„lish mumkinmi? Shu kabi savollarga javob topish bugungi kunning eng dolzarb
masalalaridan biridir.
Terror (lot. Terror – qo„rqitish, dahshat solish ma‟nosini anglatadi) – zo„ravonlik va
kuch ishlatish yo„li bilan siyosiy muholifatni bostirish demakdir. Terrorizm odamlarning
hayotiga chang solish, suiqasd qilish, ularni qo„rqitish, dahshat solish, tazyiq o„tkazish
demakdir.
Terrorizm aslida kecha yoki bugun paydo bo„lib qolgan ijtimoiy ofat emas. U
insoniyat tarixida azaldan bor bo„lgan, bugungi kunda ham sodir bo„layotgan, jaholatga,
buzg„unchi g„oyalarga asoslangan siyosiy faoliyat usuli, vositasi sifatida namoyon
bo„lmoqda.
Insoniyatning Qanday bir tarixiy rivojlanish bosqichini olib qaramaylik, barchasida
jamiyat hayoti u yoki bu tarzda sodir bo„lgan bir guruh kishilarning boshqa bir guruhga
nisbatan olib borgan zo„ravonligini ko„rishimiz mumkin. Tabiatda «terror», ya‟ni
zo„ravonlik qonuniyat tarzida amal qiladi. Nisbatan kuchsiz, zaif bo„lgan jonzodlar,
ularga nisbatan kuchli bo„lgan yirtqichlar uchun yemish bo„lib xizmat qiladi.
Qur‟oni Karimning «Moida» surasida, jamiyat hayotida sodir bo„ladigan zo„ravonlik
va bo„zg„unchilik jinoyatlari va ularning jazolari to„g„risida aytilgan bo„lib, quyidagicha
bayon qilingan: Odam (alayhissalom) ning ikki farzandi – Qobil va Hobil o„rtasida bo„lib
o„tgan mujodala – Qobil o„z birodari Hobilni nohaq o„ldirgani to„g„risida xabar berilib,
bu qissa orqali yaxshilik bilan yomonlik o„rtasidagi doimiy kurash tasvirlangan. Bu fojea
Yer yuzidagi nohaq qon to„kilish fojealarining birinchisi edi. Suraning 30-oyatida Qobil
o„z birodari Hobilni nohaq o„ldirgini to„g„risida aytilib, 32-oyatda shunday deyiladi:
«Ana o„sha ( fojea) sababli bani Isroil zimmasiga (shunday farmonni) yozib qo„ydik:
kimki biron jonni o„ldirmagan va yerda buzg„unchilik qilib yurmagan odamni o„ldirsa,
demak, go„yo barcha odamlarni o„ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya‟ni
o„ldirishdan bosh tortsa), demak: go„yo barcha odamlarga hayot beribdi. Ularga (bani
Isroilga) payg„ambarlarimiz menga shunday hujjatlar keltirdi. Shundan keyin ham
ulardan ko„plari yer yuzida (qon to„kish bilan) haddan oshib yurguvchidirlar…». Mazkur
oyatdan shuni anglash mumkinki, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun
jamiyatni asrab qolishdir.
Insoniyat jamiyati tabiatdan ajralib chiqqandan buyon son-sanoqsiz terrorlarni
boshidan kechirgan.
Terrorizmning asl mohiyatini siyosat falsafasi, siyosatshunoslik nuqtai nazaridan
olib qarash, uni chuqur ilmiy-nazariy jihatdan o„rganish, jamiyat hayotida yuzaga kelish
xususiyatlarini tadqiq etish va uni bartaraf etish usullari, vositalarini ishlab chiqishni
talab etadi. Zero, terrorizm bugunda insoniyat ravnaqiga eng katta xavf solayotgan tahdid
bo„lib qolmoqda. Xalqaro miqyosda faoliyat ko„rsatayotgan terrorizmga qarshi dunyo
progressiv kuchlari birlashib kurash olib bormasa, bu ofat Yer yuzida insoniyat boshiga
ko„z ko„rib, quloq eshitmagan kulfatlarni keltirishi mumkin. Hayot shuni
ko„rsatmoqdaki, bunday ijtimoiy-siyosiy balodan hech bir davlat, jumladan, O„zbekiston
ham chetda emas.
Terrorizm qanday ko„rinishlarga ega? Terrorizm tushunchasi falsafiy, ijtimoiy va
siyosiy mazmunga ega bo„lib, birinchisi – eng umumiy, ikkinchisi –kengroq ma‟noda,
uchinchisi esa nibatan torroq ma‟noga ega.
Falsafiy ma‟noda terror – tabiat, jamiyat va inson hayotida amal qiluvchi
zo„ravonlik, buzg„unchilikka asoslangan faoliyatni anglatadi. Terrorizm insoniyat
tarixida sodir bo„lgan qonli urushlar, xalq isyonlari, harbiy fitnalar, g„alayonlar
ko„rinishida ham amal qilib kelgan.
Hozirda, terrorizm quyidagi: milliy ayirmachilik, etnik, diniy ekstremistik, siyosiy,
iqtisodiy terrorizm, axborot terrorizmi kabi shakllarda namoyon bo„lmoqda.
Milliy ayirmachilik, etnik xarakterdagi terrorizm nisbatan oz sonli etnik
guruhlarning o„z manfaatlarini himoya qilish, o„zga millat hukmronligiga qarshi kurash
usuli, vositasi sifatida qo„llanmoqda. Terrorizmning bunday ko„rinishi dunyoning juda
ko„p mintaqalarida, mamlakatlarida avj olgan, azaliy davom etib kelayotgan ijtimoiy-
siyosiy ofatdir. Qadimdan bir hududda yashab kelayotgan turli etnik guruhlarning o„zaro
murosa qilib yashay olmayotganligi va geosiyosiy, diniy e‟tiqod jihatdan farqi kabi
omillar oqibatida yuzaga kelayotgan bunday terroristik hurujlardan tinch aholi jabr
ko„rmoqda va qurbon bo„lmoqda.
Etnik xarakterdagi terrorizm diniy ekstremistik mazmundagi buzg„unchi g„oyalar
bilan qorishib ketgan. Kichik Osiyoda Isroil va Falastin davlatlari o„rtasidagi,
Hindistonda, Pokistonda, Turkiyada, Rossiyada, Buyuk Britaniyada, Bolqonda, Afrika va
Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlarida sodir qilinayotgan terroristik hurujlar
shular jumlasidandir.
Xalqaro terrorizmning yana bir ko„rinishi diniy ekstremistik mazmundagi
buzg„unchi g„oyalar asosida sodir bo„lmoqda. Ayniqsa, islom dini bayrog„i ostida
uyushgan al-Qoida, vahhobiylik, «Hizbut-tahrir», «Hizbulloh», «Musulmon birodarlari»,
«Islom ozodlik partiyasi», «At-takfir val-Hijra», «Junud Alloh», «Jihod», «Turkiston
islom harakati», kabi diniy – ekstremistik ruhdagi oqim va terroristik tashkilotlar
dunyoning ko„plab mamlakatlarida qo„poruvchilik hurujlarini amalga oshirmoqdalar.
Terrorizmning yana bir ko„rinishi siyosiy xarakterda bo„lib, bevosita, to„g„ridan-
to„g„ri siyosiy hokimiyatni egallashga qaratilgan bo„ladi. O„zlarining terroristik hurujlari
bilan mavjud siyosiy hokimiyatga, tartibotga va alohida siyosiy yetakchi hamda siyosiy
elita faoliyatiga qarshi qaratilgan bo„ladi.
So„nggi yillarda, butun dunyoda, xususan, mintaqamizda ham ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikka, zamonaviy taraqqiyotga, demokratik rivojlanishga qarshi radikal muholifat
sifatida shakllangan diniy ekstremizm huruji kuchaymoqda.
Ekstremizm keskin fikr va choralarni yoqlash, keskin choralar tarafdori,
ma‟nolarni anglatadi. Bunga siyosiy-ijtimoiy hayot tarzi mohiyatan qo„shilganda juda
dahshatli tus oluvchi oqim vujudga kelar ekan. Ekstremizm lug„aviy ma‟nosiga nisbatan
juda keng tushuncha bo„lib, yuqorida keltirilgan ma‟naviy talqinlar uni toraytirib qo„yadi,
shuning uchun uning nafaqat mazmuni balki mohiyatiga muayyan tarzda yondashish
kerak. Brinchidan, ekstremizm tarafdorlarining dunyoqarashlari, o„z davri va jamiyati
qabul qilgan yashash qoidalariga, qadriyatlariga keskin qarshi chiqishdir. Masalan,
bugungi islom ekstremizmi mohiyatan islomiylashishi fundamentalizm asoslariga
qaratilgan. Ikkinchidan, ekstremizmning fe‟l-atvorida olamga «oq-qora nigoh» bilan
qarash, hammani ikkiga bo„lish, ya‟ni «yaxshi va yomon», «ezgulik va razolat», «Kim
biz bilan bo„lmasa, u bizga qarshidir» degan qat‟iy xulosalarga itoat etish mavjud.
Natijada u jamiyatning past savodli, kambag„al, qoloq qismiga qattiq ta‟sir etadi.
Shuningdek, uning yana bir atvoriga e‟tibor berish zarurki, bu faol harakat ko„p jihatdan
tajovuzkorlikka asoslanadi.
Yuqoridagi fikrlarni amaliy xolatga ko„rish uchun Prezident I.A.Karimovning
quyidagi so„zlariga e‟tibor berish kifoya deb bilamiz: «Avvalambor, ular yoshlarni o„z
ta‟siriga oladi, ongini zaharlaydi. Aql-hushuni yo„qotgan mana shunday odamlarni
tayyorlab, keyin qo„liga qurol beradi. Ularni o„z Vataniga, o„zini odam qilib voyaga
yetkazgan el-yurtiga qarshi qo„yadi».
Diniy ekstremizmning bugungi kunda vujudga kelishi va o„sishining asosiy
obektiv va subektiv omillari mavjud. Bular diniy va milliy o„zlikning keskin o„sishi,
ma‟lum qatlamlar va guruhlarning kuch bilan siyosiy hokimiyatni ag„darib, davlat va
jamiyatni islomiylashtirishga intilishiga borib taqaladi. Diniy ekstremizmning eng
dahshatli xolati shundaki, u davlat, xalq chegarasini bilmaydi, g„araz niyatlarga to„siq
bo„lmaganidek, bular ham o„rmalab tarqab boradi. «Ming afsuski, - deb ta‟kidlaydi
I.A.Karimov, - biz bunday urinishlarning zararli afsona ekanini tushuntirib berishga
ikkinchi darajali masala, deb qaraymiz»
1
.
Markaziy Osiyo Mintaqasi strategik ahamiyatga ega bo„lib ko„plab: Rossiya,
Xitoy, AQSH, Pokiston, Hindiston, Eron kabi mamlakatlar va BMT, NATO kabi xalqaro
tashkilotlarning munosabatlarida, manfaatlar to„qnashuviga olib keluvchi 55 mln aholi, 4
mln kv. km hududga ega bo„lgan, 130 dan ortiq turli xalqlar va etnik guruhlar yashovchi
hamda dunyodagi 4 ta asosiy dunyo dinlariga e‟tiqod qiluvchi aholi yashaydigan yagona
mintaqadir.
Ko„pgina radikal kuchlar Markaziy Osiyo hududida, kelajakda vujudga keladigan
arab xalifaligining tarkibiy qismi sifatida «FANO» islom davlatini tashkil etishni maqsad
qilib faoliyat yuritmoqdalar. (FANO – Farg„ona, Andijon, Namangan, Osh viloyatlarini
qisqartirilgan nomlari).
Mintaqada faoliyat olib borayotgan asosiy diniy ekstremistik kuchlar –
Qozog„iston, Tojikiston, O„zbekistonda faoliyatda yuritayotgan «Turkiston islom
xarakati» hamda «Hizbut-Tahrir al-Islomi» (Islom ozodlik partiyasi) hisoblanadi.
Shuningdek «Musulmon birodarlar» Qozog„istonda Osh shahrida «Islom taraqqiyot
markazi», Farg„ona vodiysida «Akromiylar» islom diniy harakati tarafdorlari faoliyat
yuritmoqdalar.
Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan barcha diniy ekstremistik va terroristik
harakatlar o„z faoliyatlarida nafaqat g„oyaviy tajovuz, balki faol amaliy harakat ham olib
bormoqdalar.
2005 yil 12-13 may kunlari Andijonda «Akromiylik» diniy ekstremistik tashkiloti
qatnashchilari tashqi kuchlar yordamida Andijon shahrida Xarbiy qismga va ichki ishlar
qismiga xujum qildilar. Andijon turmasini egalladilar. Viloyat hokimligi binosini ham
egallab oldilar. Jangarilar o„z harakatlariga qamoqxonadan chiqarilgan ashaddiy
jinoyatchilar va Qirg„iziston hududidan suqilib kirgan 70-80 nafar jangarilar bilan
harakat qildilar. Ular oddiy xalqni ham o„zlarining saflariga qo„shishga harakat qildilar.
Ammo xalqimiz ularning aldovlariga uchmadilar va aksincha ularning harakatlarini
qoraladilar.
Andijonda sodir etilgan qonli voqealarning mantiqiy tahlili shuni ko„rsatmoqdaki,
uning ijrochilari xalqaro diniy ekstremistik oqim «Hizbut-Tahrir» ning Andijondagi
ko„rinishi – «Akromiylar» guruhi vakillari bo„lsa-da, fojealar ssenariysi aslida
mamlakatimizdan tashqarida ishlab chiqilgan. Uning «dirijyorlari» ham, g„oyaviy
ilhomchilari ham, moliyaviy homiylari ham yurtimizdan ancha olisda bo„lgan siyosiy
doiralar, xalqaro terroristik va diniy ekstremistik tashkilotlardir. Bu terroristik aktga
hozirda xorijda «Turkiston islom harakati» nomi bilan faoliyat yuritayotgan vatangado
kimsalar ham o„z «hissalarini» qo„shganlari turgan gap.
«Andijon voqeasi» o„zining miqyosi va xunrezliklariga ko„ra terrorizm va diniy
ekstremizm mintaqa tashqarisidan berilayotgan madadga tayanib mintaqada
faollashayotganini ko„rsatmoqda.
Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizm Markaziy Osiyoda vujudga kelgan
ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan o„z maqsadlari yo„lida foydalanishga urinib, faoliyatini
yanada oshirishga intilmoqdalar.
1
Каримов И.А. Ватанимизнинг тинчлиги ва хавфсизлиги ўз куч-қудратимизга,
халқимизнинг ҳамжиҳатлиги ва букулмас иродасига боғлиқ. Тошкент, Ўзбекистон, 2004.
11б
Hozirgi davrning eng dolzarb muammosi, bizningcha mintaqadagi diniy
ekstremistik tashkilotlarning asl mohiyatini hamda maqsadlarini keng aholi ommasiga,
ayniqsa, yoshlarga tushuntirib borish va bu boradagi mafkuraviy ishlarni jonlantirish
maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |