O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «Tasdiqlandi»


Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi



Download 2,5 Mb.
bet16/45
Sana25.03.2022
Hajmi2,5 Mb.
#509235
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45
Bog'liq
133419 UMK

1.3.Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi. Tushuncha—bu predmetlar va hodisalarni ba’zi bir muhitni alomatlariga ko‘ra farqlash yoki umumiylashtirish natijasidir. Masalan, son, miqdor, kesma, to‘g‘ri chiziq va hokazo. Alomat (belgi) yesa predmet yoki hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi, tengligi yoki farqlanishini bildiruvchi xossadir. Predmetlar degandaob’ektlar nazarda tutiladi. Odatda, ob’ektlar ma’lum muhim va muhim bo‘lmagan xossalarga yega. Muhim xossa faqat shu obektga tegishli va bu xossasiz obekt mavjud bo‘la olmaydigan xossalarga aytiladi. Ob’ektning mavjudligiga ta’sir qilmaydigan xossalar muhim bo‘lmagan xossalar hisoblanadi. Ob’ekt nimani anglatishini bilish uchun uning xossalari mavjud bo‘lsa, u holda bu obekt haqida tushuncha mavjud deyiladi. Tushuncha nomlanadi, shuningdek, mazmun va hajmga yega bo‘ladi. Ob’ektning barcha muhim xossalari birgalikdatushunchaning mazmunini tashkil yetadi. Bir xil muhim xossalarga yega bo‘lgan ob’ektlar to‘plami tushuncha hajmini tashkil yetadi. Demak, tushuncha hajmi bitta tushuncha bilan nomlanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar to‘plami ham yekan. Matematik tushunchalar o‘z navbatida insoniyat to‘plagan katta tajribani umumlashtirish natijasida yuzaga keladi va moddiy dunyoning tub mohiyatini aks yettiradi, lekin real obektlarning ko‘pgina xossalaridan ko‘z yumgan holda ularni ideallashtirishnatijasida hosil bo‘ladi.Matematik tushunchalarni shakllantirish maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikani o‘rgatishga tayyorlash maktabning zarur predmetlaridan biri sifatida tan olingan.Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish nazariyasi va metodikasining bosh masalasi bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning didaktik asoslarini ishlab chiqishdan iborat. Bu o‘z navbatida dunyoni chuqur bilish, fikrlashni rivojlanishini yangi metodlarini o‘rganish kabi vazifalarni bajarish orqali yechiladi.Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishning nazariy jihatlari psixologik, pedagogik va boshqa fundamental fanlar asosida yaratiladi:

— ko‘rgazmali dasturli hujjatlar (bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va hokazo);


—- metodik adabiyotlar (maxsus jurnallarda chop yetilgan maqolalar, masalan, maktabgacha tarbiya to‘g‘risida o‘quv qo‘llanmalar, o‘yinlar va hokazo);


— jamoa va yakka tartibda ish olib borish, ilg‘or tajriba va olimlarning fikrlari.


Hozirgi kunda bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi ilmiy asoslangan metodik tizimga yega. Ularning asosiy yelementlari maqsad, mazmun, metodlar, ishni tashkil yetish shakl va usullari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular orasidagi asosiy maqsad tasavvurni shakllantirishga qaratiladi.


Matematik tushunchalarni shakllantirish — inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi-bolalarni faqat matematikani bilishdan yemas, balki ularni hayotga tayyorlash, o‘zlarining hayotdagi o‘rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.


Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat: bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o‘rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash;


— matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o‘rganishga tayyorlashni mundarijalash;


— matematik tushunchalarning rivojlantirish yo‘llari va shartlarini ishlab chiqish;


— bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik ko‘rsatmalar berish.


Gnedenko o‘z ishlarida matematik qobiliyatlarning ikki darajasini ajratib ko‘rsatadi: ,,Oddiy o‘rta qobiliyat" (ushbu qobiliyat boshlang‘ich maktab kursini o‘zlashtirish uchun zamin bo‘lgan) va ,,o‘rtadan yuqori bo‘lgan qobiliyat", ya’ni matematik bilimlarni osonlikcha yegallashda masalalarning aql yechimini topishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir.





Download 2,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish