O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 66,21 Kb.
bet1/6
Sana09.03.2022
Hajmi66,21 Kb.
#487563
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lobar kurs 3


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI


TILLAR FAKULTETI O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI
KAFEDRASI
5111200-O’zbek tili va adabiyoti III kurs, 302-guruh talabasi Ro‘zimova Lobarning
Oybekning ‘’Navoiy’’ romanida tarixiy va to‘qima obrazlar mavzusidagi


KURS ISHI


Himoyaga tavsiya etaman Ilmiy rahbar: f.f.n
Kafedra mudiri: PhD. F. Burxanova M. O’razboyeva

____” _________2022 “___” ________2022




Toshkent -2021


MUNDARIJA

KIRISH


I-BOB. OYBEKNING ‘’NAVOIY’’ ROMANIDA TARIXIY SHAXSLARNING BADIIY TALQINI.

    1. Oybek ‘’ Navoiy’’ romanida tarxiy davr va tarixiy obrazlar talqini.

    2. Oybek ijodida tarixiy shaxs Alisher Navoiy siymosi tasviri.



II-BOB. OYBEK ‘’NAVOIY’’ ROMANIDA TO‘QIMA OBRAZLAR KENG QAMROVLILIGI.
2.1 Romanda to‘qima obrazlarning badiiy tajassumi.
2.2 ‘’Navoiy ‘’ romanida to‘qima obrazlarning ijobiy va salbiy bo‘yoqdorligi.


XULOSA


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. O`zbek adabiyotida xalqimiz tarixining eng shonli zarvaraqlarini teran badiiy tahlil qilishga bag`ishlangan bir qator yirik asarlar yaratilgan. Xalqimiz tarixining turfa bosqichlarini tasvirlash, millatimizning ijtimoiy va ma`naviy hayotida muhim rol` o`ynagan iste`dod sohiblari shaxsiyatining jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rnini ko`rsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs munosabatini yoritish, shuningdek, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizning tarixiy-hayotiy asoslarini oydinlashtirish o`zbek tarixiy romanlarining o`ziga xos milliy xossalarini tashkil etadi. Tarixiy mavzuda yozilgan badiiy asarlar, xususan, romanlar xalqimiz tarixining badiiy solnomasidir. Shuning uchun ham milliy hurlik tufayli o`zligini anglayotgan, ajdodlarining kim ekanligi, tarixiy ildizlari qaysi davrlarga borib taqalishi bilan qiziqayotgan har bir vatandoshimiz uchun tarixiy manbalar bilan bir qatorda shu mavzudagi badiiy asarlar ham g`oyat nodir tarixiy xotira sarchashmasi vazifasini o`taydi. Zero, Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov juda to`g`ri ta`kidlaganlaridek, «Tarix xotirasi xalqning, jonajon o`lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy, tarixini tiklash, milliy o`zlikni anglash, ta`bir joiz bo`lsa milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi».1 «Haqqoniy tarixi bilmasdan turib o`zlikni anglash mumkin emas» degan g`oyat purma`no g`oyani ilgari surgan. Prezidentimiz o`zlarining bir guruh tarixchi olimlar bilan uchrashuvlarida tarixning xalqimiz va mamlakatimiz taqdiridagi ahamiyati masalasiga tamomila yangicha yondashdilar hamda haqqoniy tarixni yaratishning yangi nazariy yo`nalishlarini belgilab berdilar. Tarixiy xotiraning ijtimoiy ahamiyati, tarixning millat va davlat taqdiridagi o`rni, tarix va ma`naviyat kabi dolzarb masalalarni teran tahlil qilgan zukko yurtboshimiz 4 I.A.Karimovning «o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni engib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qүrollantirishimiz zarur»2 degan xulosalar ozod Vatanimizning haqqoniy va xolisona tarixini yaratish nechog`liq muhim hayotiy ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Mamlakatimiz rahbarining el-yurt taqdiri, ozod va obod diyorimizning istiqbolini o`ylab kuyib-yonib aytgan bu so`zlari adabiyotimizda ham tarixiy mavzu yanada chuqүrroq, keng qamrovli yoritilishi, xalq va Vatan tarixining barcha qirralari xolisona tasvirlanishiga alohida ahamiyat berish lozimligini ko`rsatadi. O`zbek tarixiy romanlarining o`ziga xos milliy estetik tabiati, mavzu yo`nalishlari, tarixiy voqelikni badiiy aks ettirish mezonlari, syujet tuzilishi va obrazlar tizimi xususida bir qator ilmiy tadqiqotlar yaratilgan. O`zbek romanchiligining umumnazariy muammolaridan bahs yuritadigan yirik monografik tadqiqotlardagi tarixiy romanlar tahliliga doir boblar, shuningdek, bevosita tarixiy romanlarning badiiy xususiyatlari, tarixiy voqelik va badiiy uydirmaning romandagi o`rni, tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini masalalarini o`rganishga bag`ishlangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarida o`zbek tarixiy romanchiligining shakllanishi, rivojlanish tamoyillari, poetikasi va adiblar badiiy mahorati chuqur tadqiq etilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgan, bir tomondan, badiiy adabiyotda xalqimiz tarixida muhim rol` o`ynagan buyuk shaxslar – (xususan, sohibqiron Amir Temur, Bobur, Feruz kabi)ga bag`ishlangan adabiy asarlar yuzaga keldi. Ikkinchidan, tarixiy mavzudagi asarlarni sof badiiy matn sifatida tahlil etish asosida yangi nazariy tadqiqotlar ham yaratildi. Xususan adabiyotshunos G`.Murodovning maqola va kitoblarida 5 tarixiy romanning poetik tabiati, fol`klor va uning roman, syujet qүrilishidagi o`rni, romanlar tasnifi hamda yangi romanlarda tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini kabi masalalar yoritilgan.3 Shu ma`noda o`zbek adabiyoti rang-barang janrlarga boy adabiyot. Shular qatorida roman janri o`zbek adabiyotining nisbatan katta an`ana va tajribaga ega janrdir. Bu janr murakkab va qiyin ijodiy yo`lni bosib o`tdi va bugungi darajaga keldi. U o`zbek adabiy jarayonida hozirgi davrda muvaffaqiyatli rivojlanayotgan janrlardan biri bo`lib, uning istiqboli ham porloq bo`lishi shubhasizdir.1



Download 66,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish