Maummoli vaziyat
Barcha
Elementar zarralarning mavjudligining asosiy sababini tushuntirib bering.
Amaliy koʻ nikma
1.
Barcha turdagi ta`sirlarda ishtirok etuvchi zzrrachani nomini toping
2.
Elementar zarralar qanday holatda boʻ ladi?
3.
Zarra va antizarra uchrashuv qolganda qanday jarayon hosil boʻ ladi.
57
III bob.
PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARI VA ULARNING
NATIJALARI
3.1.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish
Pedagogik tajriba-sinovining maqsadi. Pedagogik tajriba-sinov pedagogik
tadqiqotning murakkab va asosiy metodlaridan biri hisoblanadi. Pedagogik tajriba
kuzatish bilan chambarchas bog‘liq, lekin u bilan cheklanmaydi.
Pedagogik tajriba fizika оʻqitishda оʻziga xos jarayon bоʻlib, qaralayotgan
sharoitda pedagogik hodisalarni kuzatish imkoniyatini beradi.
Pedagogik tajriba-sinovning mazmunini belgilovchi uchta asosiy xususiyati
mavjud bоʻlib, bu xususiyatlar bilan pedagogik tajriba-sinov pedagogik
tadqiqotning boshqa xususiyatlaridan farq qiladi.
Bular quyidagilar:
a) оʻqitish jarayoniga tadqiqotning maqsadi va ilgari surilgan g‘oyalariga mos
ravishda kerakli оʻzgarishlarni kiritish;
b) оʻquv jarayonining turli tomonlarining оʻzaro bog‘lanishini aks ettiruvchi
va chuqurroq оʻrganuvchi sharoitlarni hosil qilish;
s) оʻquv jarayoni va unga kiritilgan оʻzgarish natijalarini hisobga olish [15].
Pedagogik
tajriba-sinovning
maqsadi
оʻquv-tarbiya
jarayonida
qоʻllanilayotgan vosita va metodlarni, u yoki bu оʻquv materialining berilgan
hajmini kоʻrsatilgan vaqtda оʻrganish imkoniyatlarini effektivligini hal etishdan
iboratdir.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy holatlarini tajriba-sinovdan oʻ tkazish bir
necha bosqichda, 2020-2021-oʻquv yilining ikkinchi yarim yilligida amalga
oshirildi. Piskent tumani 17-umumiy oʻrta ta`lim maktabining bitiruvchi sinflari
oʻrtasida tajriba-sinov ishlari oʻtkazildi.
Birinchi bosqichning (fevral) asosiy maqsadi, tanlangan mavzuning fizika
darslarida oʻquvchilarning fizik bilimlari qanday darajada ekanligini oʻrganish,
oʻquvchilarda atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarning shakllanganlik darajasini
aniqlash
mezonlarini
ishlab
chiqishdan
iborat
boʻldi.
Buning
uchun
58
oʻquvchilarning fizikadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlardagi faoliyatlari
oʻrganildi. Fizika fanining umumiy oʻrta ta`lim maktablari bitiruvchi sinflari uchun
dars dasturlari rejasi tahlil qilindi. Maktabdagi fizika darslari kuzatildi.
Ma'lumki, har bir ishda tashxisning toʻ g‘ri qoʻyilishi keyingi ishlarning
samaradorligini belgilaydi, shu boisdan oʻquvchilarda Atom va yadro fizikasiga
oid bilimlarning shakllanganlik darajasini dastlabki holatini aniqlashga alohida
ahamiyat berildi. Oʻquvchilar bilan anketa soʻrovnomalar oʻ tkazildi. Javoblar
tahlili natijalaridan, oʻquvchilarning koʻ pchiligida (50-60%) Atom va yadro
fizikasiga bilimlarning shakllanganligi yetarli darajada emasligi aniqlandi.
Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichida (mayda) oʻquvchilarda atom
va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlar shakllanganlik darajasining dastlabki
holati aniqlandi, atom va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish
imkoniyatlari izlandi. Shu maqsadda ilg‘or pedagogik tajribalar oʻrganildi,
umumlashtirildi. Tajriba boshlanishida oʻzlashtirish darajalari bir-biriga yaqin
boʻlgan ikkita bitiruvchi sinflar tanlab olindi. Bunda 11-a va 11-b sinf oʻquvchilari
ishtirok etishdi.
Atom va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlarning shakllanganlini
aniqlash uchun uch darajali (yuqori, oʻrta, past) mezondan foydalanildi. Pedagogik
tajriba-sinovda ishtirok etgan 43 nafar oʻquvchining eksperimental tayyorgarlik
darajasi talablar boʻ yicha baholanganda: 5 nafar (12%) oʻquvchi “yuqori”, 19
nafar (46%) oʻquvchi “oʻrta”, 19 nafar (42%) oʻquvchi “past” natijalarga erishdi.
Bundan oʻquvchilarda atom va yadro fizikasi tushunchalarga oid bilimlarning
shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi.
Ikkinchi bosqichning asosiy maqsadidan yana biri boʻ lgan atom va yadro
fizikasi tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish metodikasini ishlab chiqish va
aprobatsiyadan oʻtkazishga qaratildi. Birinchi bosqichdagi xulosalarga tayangan
holda, tavsiya etilayotgan metodikaga tuzatishlar kiritildi. Masalalar yechish bilan
bog‘liq boʻlgan topshiriqlarni bajarishda muammoli savollardan foydalinildi.
Bunday muammoli vaziyatlar yaratilishi natijasida, oʻquvchilar oʻzlarida
yetishmayotgan atom va yadro fizikasiga oid bilimlarni shakllantirishga ehtiyoj
59
sezib, oʻqish motivlari vujudga kelgach, kvant tushunchalarga oid bilimlar
shakllantirildi. Tajriba-sinov ishlarining natijalari umumlashtirildi, sifat va
miqdoriy jihatdan ishlov berildi.
Atom va yadro fizikasiga oid bilimlarni shakllanganlik darajasini aniqlash
maqsadida 2021-yilning fevral oyida Piskent tumani 17- umumiy oʻrta ta`lim
maktabining 11-a va 11-b sinflarida tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichi
oʻtkazildi. Tajriba oʻtkazish jarayonida atom va yadro fizikasiga oid boʻlgan
bilimlarning umumiy oʻrta ta'lim fizikasi mazmunidagi masalalar, laboratoriya
ishlari va namoyishli tajribalarni mustaqil bajara olish va ularni oʻquvchilarga
tushuntira olishiga alohida e'tibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarining bu bosqichini amalga oshirish uchun quyidagi
vazifalar qoʻyildi:
– Fizikadan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini kuzatish, ushbu
mashg‘ulotlarning tashkil qilinishi va mazmunini atom va yadro fizikasi
tushunchalarga oid bilimlarni shakllantirish nuqtai nazaridan tahlil qilish.
– Nazorat, laboratoriya ishlarini bajarish va topshirishlarini tahlil qilish.
– Oʻquvchilar bilan soʻrovnoma oʻ tkazish, suhbat olib borish.
Soʻrovnoma va suhbat davrida oʻquvchilar umumiy oʻrta ta'limning oʻ tgan
sinflarda fizika fanidan qanday atom va yadro fizikasiga oid masalalar va
laboratoriya ishlarini bajarganligi, qanday namoyishli tajribalarni kuzatganligini
topshiriqlar asosida tekshirildi.
Mashg‘ulotlarni kuzatish jarayonida atom va yadro fizikasi tushunchalariga
oid bilimlarni shakllantirish masalasiga asosiy e'tibor qaratildi. Bitiruvchi sinf
oʻquvchilarining atom va yadro fizikasiga oid bilimlarni shakllanganlik darajasini
aniqlash maqsadida hal qilinayotgan muammo boʻ yicha quyidagi savollar ishlab
chiqildi. Savollar muammo boʻ yicha dastlabki ma'lumotlarni olish uchun
oʻquvchilarga taklif qilindi. Quyida bu savollar keltirilgan:
1.
Atom nima?
2.
Atom tuzilishi haqidagi dastalbki fikrlar
3.
Atom tarkibi?
60
4.
Atom modellari turlari?
5.
Elektron, proton, neytron zarralarining ishoralari qanday?
6.
Yadro tarkibini ayting?
7.
Izotoplar, izobarlar va izotonlar nima?
Olingan natijalarning tahlili guruhlarda oʻquvchlarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari
bir-biriga yaqin ekanligni koʻrsatdi. Bundan oʻquvchilarni bilimlarning
shakllanganlik darajasini oshirish lozim, degan xulosaga kelindi. Tadqiqot ishining
keyingi bosqichida tajriba va nazorat guruhlariga tanlandi. Tanlangan sinflardagi
oʻquvchlarga bilimlarining shakllanganlik darajasini aniqlash har bir oʻquvchiga
alohida individual ravishda mustaqil bajarish kerak boʻlgan quyidagi test
topshiriqlari berildi va ularning javoblari tahlil qilindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |