Elementar zarralar ta’sirlashuvining turlari.
Zamonaviy tasavvurlarga
kоʻra, tabiatda tоʻrt xil fundamental ta’sirlashuv mavjud. Bular kuchli,
elektromagnit, kuchsiz va gravitatsion ta’sirlashuvlardir. Bu ta’sirlashuv- larning
har birini amalga oshiruvchi zarralar va har biriga mos keluvchi оʻz maydonlari
mavjud. Adronlar – barcha turdagi fundamental ta’sirlashuvlarda ishtirok etadilar.
Bu sinfga barionlar va π-mezonlar kiradi. Barionlar + 1 barion zaryadiga,
antizarralari esa –1 barion zaryadiga ega. Mezonlarning barion zaryadi nolga
teng. Barionlarning spini yarim sonli, mezonlarniki esa butun son. Nuklonlar
va nuklonlarga bоʻlinadigan og‘irroq zarralar ham barionlarga kiradi. Massasi
53
nuklonning massasidan katta bоʻlgan barionlarga giperonlar deyiladi.
Leptonlar
– kuchli ta’sirlashuvdan boshqa har uchchala ta’sirlashuvlarda
ham ishtirok etadi. Leptonlar (“leptos” yunoncha – yengil) elektronlar,
pozitronlar, μ – mezonlar va neytrinolardir. Leptonlar + 1 lepton zaryadiga,
antizarralari esa –1 lepton zaryadiga ega.
Fotonlar – gravitasion va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok etadigan
zarralar.
Gravitonlar
– faqat gravitatsion ta’sirlashuvda ishtrok etadi deb hisob-
lanuvchi zarralar. Garchi oxirgi tajribalar gravitatsion tоʻlqinlarni qayd
etishayotgan bоʻlsa-da, gravitonlarning mavjudligi oxirigacha tasdiqlanmagan.
Barcha elementar zarralar bir-birlariga aylanib turishadi va bu aylanishlar
ular mavjudligining asosiy omili bоʻlib hisoblanadi.
1964-yilda amerikalik fiziklar M. Gel-Man va J. Sveyglar kvarklar deb
ataluvchi faraziy zarralar mavjudligini bashorat qilishdi. Ularning fikricha,
adronlar kvarklardan tashkil topgan. Hozirgi kunda ularning mavjudligini
tasdiqlovchi tajriba natijalari mavjud.
Kvarklar kuchli, kuchsiz va elektromagnit ta’sirlashuvlarda ishtirok etishadi.
Hammasi bоʻlib kvarklar oltita. Ular lotin harflari bilan belgilanib, uchta (u,d),
(c,s), (t,b) oilaga bоʻlinadi.
Oltita kvarkning har biri оʻz “hidi” bilan ajratiladi va ular uchta – sariq, kоʻk va
qizil “rangda” bоʻladi. Dastlab u, d, s kvarklar kiritildi. Keyinchalik esa ularga
“maftunkor” c (charm), “gоʻzal” b (beautn) va “haqiqiy” t (truth) kvarklari
qоʻshildi. u, c, t kvarklarning elektr zaryadi elektron zarralarining +2/3 qismiga,
qolganlariniki esa 1/2 qismiga teng. Antikvarklar mos ravishda qarama-qarshi
elektr zaryadiga ega. Kvarklarning spini ℏ birligida beriladi. Kvarkning kattaligi
10–18 dan oshmaydi, ya’ni kvark protondan kamida 103 (ming) marta kichik.
Protonni
E
≈ 2 · 104 MeV energiyali elektronlar bilan bombardimon qilish undagi
zaryad proton ichida uch joyda mos ravishda + 2/3
qe
,+ 2/3
qe
va –+ 1/3
qe
kabi
joylashganini kоʻrsatdi.
54
Neytron ham bitta va ikkita kvarklardan tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |