O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/53
Sana26.02.2022
Hajmi1,2 Mb.
#469260
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
mehnat talimining optimallashtirilgan mazmunini tanlash va uni oqitish metodikasi

 
 


28 
3. Mehnat ta‟limi o„quv dasturining uzviyligi va uzluksizligini 
ta‟minlash imkoniyatlari 
Uzluksiz ta‘lim tizimi ta‘lim uzviyligiga asoslangan bo‘lib, buning natijasida 
barcha ta‘lim turlari orasida muayyan izchillik ta‘minlanishini taqozo etadi. Bu 
jarayonni amalga oshirish nafaqat ta‘lim turlari orasida, balki har bir ta‘lim 
turlarida o‘qitiladigan fanlarning sinflar kesimida ichki (mavzulararo, boblararo) 
uzviyligi, shuningdek, tashqi (fanlararo) uzviyligining ta‘minlanishini ham nazarda 
tutadi. 
Respublikada umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limlari uchun 
Davlat ta‘lim standartlari qabul qilinishi bilan ushbu ta‘lim turlari orasidagi 
uzviylik muammosi rasmiy ravishda xal etildi va shu asosda xar bir fan uchun 
o‘quv rejalari va tayanch (namunaviy) o‘quv dasturlari ishlab chiqildi. 
Ma‘lumki, bu o‘quv dasturlari uzluksiz ta‘limning asosiy bo‘g‘inlari bo‘lgan 
umumiy o‘rta ta‘lim maktablari va akademik litsey, kasb-xunar kollejlari ta‘lim 
jarayonining mazmuni va Yangi yaratiladigan darsliklarning mavzularini ifoda 
etibgina qolmay, balki o‘quv muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olgan holda bo‘lajak yosh mutaxassislar egallashlari zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma 
va malakalarining hajmi va darajasini ham belgilab beradi. 
Maktabdan keyingi ta‘limda mehnat ta‘limi fanidan olingan bilim, ko‘nikma 
va malakalar kengaytirish va chuqurlashtirish hamda alohida tushuncha va 
tasavvurlarni yanada rivojlantirish zarur. Bu esa, har bir o‘quvchining bir ta‘lim 
turidan ikkinchi ta‘lim turiga ta‘lim mazmuni, shakli va metodlari orasida ketma-
ketlik, izchilik, tizimlilik, o‘zaro aloqadorlik hamda uzviylikni ta‘minlash asosida 
hech qanday qiyinchiliksiz o‘tish mumkinligini e‘tirof etish mumkin. 
Shunday ekan, har bir ta‘lim turida o‘quv dasturlari uzviyligini ta‘minlash 
ta‘lim tizimining uzviyligi va uzluksizligi, ta‘lim turlari va bosqichlari uzviyligiga 
asoslangan holda mavzulararo, fanlararo hamda nazariya va amaliyot uzviyligi 
nuqtai nazaridan ko‘rib chiqildi. 
O‘quv dasturlari uzviyligi tushunchasi ta‘lim yaxlitligi va tizimliligi 
tushunchasi bilan bog‘liqdir (3.1-rasm). 


29 
3.1-rasm. Ta‘lim tizymi uzviyligining tarkibiy qismlari 
Rasmda qayd etilgan ta‘lim uzviyligi va uzluksizligi tamoyili aynan mehnat 
fani nuqtai nazaridan uzviylik tushunchasi turlarini
 
ko‘rsatib o‘tishga imkon 
beradi. 
Ta‘lim tizimi uzviyligi va uzluksizligining bir butun sxemasidan alohida 
fanlarga, chunonchi, mehnat faniga talluqli bo‘lgan uzviy bog‘lanishlarga izoh 
berish mumkin. Bizning fikrimizcha, umum ta‘lim fanlaridan mehnat ta‘limi fani 
boyicha o‘quv dasturi mazmunida yuqoridagi sxemada ko‘rsatilgan uzviylik o‘z 
ifodasini topmagan. Bu esa, o‘qituvchi ta‘lim jarayonini uzviy ravishda olib 
borishiga va o‘quvchi o‘quv materialini bir butun, majmuaviy ravishda 
o‘zlashtirishga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Demak, umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 
mehnat ta‘limi fanidan o‘quv dasturi hozirgi kun talabiga to‘la javob bermaydi. 
Zero, o‘quv dasturida:
birinchidan, 
o‘quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinmagan

ikkinchidan, 
mavzular ketma-ketligi va uzviyligining yo‘qligi 
Ta‘lim tizimi uzviyligi 
Ta‘lim turlari uzviyligi 
Predmet ichidagi 
uzviylik 
Nazariy va 
amaliyot uzviyligi 
Predmetlararo 
uzviylik 
1. O’quv dasturlari uzviyligi 3. O’quv materiallari uzviyligi 
2. Mavzular uzviyligi
4. Tushunchalar uzviyligi 
Ta‘lim mazmuni uzviyligi 
O‘quv jarayoni uzviyligi 


30 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish