O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Plastinkajabralilar (Lamellibranchia), ya‟ni ikkipallalilar (Bivalvia) sinfi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Plastinkajabralilar (Lamellibranchia), ya‟ni ikkipallalilar (Bivalvia) sinfi 
Plastinkajabralilar chig‘anog‘i ikkita palladan iborat bo‘lib, tanasini ikki yon tomondan 
qoplab turadi. Boshi bo‘lmaydi. Oyog‘i ponasimon. Plastinkasimon jabralari mantiya 
bo‘shlig‘ida oyog‘ining ikki yonida joylashgan. 15 mingdan ortiq turi ma‘lum. Dengiz va 
chuchuk suvlarda hayot kechiradi. 
Tashqi tuzilishi.
Tanasi cho‘ziq, ikki yondan siqilgan, bilaterial simmetriyali bo‘lib, tana 
va oyoq bo‘limlaridan iborat. Boshi reduktsiyaga uchragan (98-rasm). Ponasimon oyog‘i qorin 
tomondan chiqib turadi. Oyog‘ini suv tubiga tirab, gavdasini asta-sekin tortib olishi orqali juda 
sekin harakatlanishi mumkin. Harakatsiz yopishib yashaydigan vakillarining oyog‘i rudimentar 
bo‘ladi (midiyalar) yoki butunlay yo‘qolib ketadi (ustritsalar). Ko‘pchilik harakatsiz molluskalar 
oyog‘ining ostki yuzasiga bissus bezlarining yo‘li ochiladi. Bezlar ajratib chiqargan suyuqdik 
suvda qotib, ipakka o‘xshash pishiq tolali bissus iplarini hosil qiladi. Bu tolalar yordamida 
molluska suv ostidagi predmetlariga mahkam yopishib oladi. Ayrim tuban plastinkajabralilar 
(Protobranchia turkumi) qorinoyoqlilarga o‘ xshash yassi oyoqlarid sirpanib harakat qiladi. 


Molluska tanasi mantiya bilan qoplangan. Mantiya ikkita burma shaklida tanasi ikki 
yonidan osilib turadi. Burmalar bilan molluska tanasi o‘rtasidagi mantiya bo‘ shlig‘ida yagona 
oyog‘i va jabralari joylashgan. Mantiya burmalari orqa tomondan o‘zaro qo‘shilib ketgan; 
oldingi va keyingi chetlari erkin bo‘ladi. Ko‘pincha mantiya burmalari cheti bir necha joydan 
tutashib, mantiya bo‘shlig‘i teshiklari hosil bo‘ladi. Odatda mantiya burmalari ikki joydan 
tutashib, torroq ostki va ustki hamda kengroq qorin mantiya teshiklarini hosil qiladi. Ostki 
teshik- kirish sifoni, u orqali mantiya bo‘ shlig‘iga suv bilan birga oziq moddalar va kislorod 
kiradi. Ustki - chiqarish sifoni orqali suv va oziq qoldiqlari chiqib ketadi. Qorin qismi oldida 
joylashgan teshikdan oyog‘i chiqib turadi. Qumda ko‘milib yashaydigan turlarining sifonlari 
nayga o‘ xshash uzun bo‘ladi. Sifonlar qumdan chiqib turadi. Ular orqali mantiya bo‘ shlig‘iga 
toza suv kelib turadi. 
Ikki pallali chig‘anoq molluska tanasini ikki yondan qoplab turadi. Ko‘pincha chig‘anoq 
ikkala pallasi ham bir xil kattalikda bo‘ladi. O‘troq yashaydigan molluskalar chig‘anog‘ining 
ostki va ustki pallalari shakli va o‘lchami har xil bo‘ladi. Ba‘zi molluskalar (kema qurti) 
chig‘anog‘i reduksiyaga uchragan bo‘lib, tanasining kichik bir qismini yopib turadi. 
Chig‘anoqdagi halqalar soni molluska yoshiga mos keladi. Ikki pallalilar chig‘anog‘i pallalari 
orqa tomondan elastik pay- ligament va maxsus qulf yordamida tutashgan. Ligament pay 
chig‘anoq pallalarini qiya ochilib turishiga imkon beradi; Qulf esa birining chukurchasiga 
ikkinchisi kirib turadigan tishsimon ikkita o‘simtadan iborat. Chig‘anoq pallalari bitta yoki ikkita 
muskullar yordamida yopiladi. Muskullar qisqarganida chig‘anoqlar yopiladi. Muskullar 
bo‘shashganida elastic ligament chig‘anoqlarni ochib yuboradi. Chig‘anoq mantiya burmalarida 
joylashgan bezlar ajratib chiqaradigan sekret hisobidan yiriklashadi. Qishda odatda 
molluskalarning o‘sishi to‘xtaganligi sababli chig‘anoqda yillik halqalar hosil bo‘ladi. 
Ikki pallalilar chig‘anog‘ining sadaf qavati yaxshi rivojlangan.Chig‘anoq
bilan mantiya epiteliysi orasiga yot narsa, masalan, qum zarrasi, yoki o‘lik hujayra tushib 
qolganida mantiya yot narsa atrofiga sadaf ishlab chiqara boshlaydi. Sadaf tobora yiriklashib, 
marvaridga aylanadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish