Hazm qilish sistemasi.
Og‘iz teshigi gavdasi oldingi uchida oyog‘i ustida joylashgan.
Og‘zi ikki yonida joulashgan parraklari hilpillovchi kipriklar bilan qoplagan. Kipriklarning
yelpinishi ta‘sirida oziq zarralari suv bilan birga og‘iz teshigiga yaqinlashadi. Og‘iz teshigidan
oziq qisqa qizilo‘ ngach orqali oshqozonga, undan o‘rta ichakka tushadi. Oshqozonga jigar yo‘li
ochiladi. O‘rta ichak bir necha marta buralib, tananing keyingi qismida orqa ichakka ulanib
ketadi. Orqa ichak yurak qorinchasini teshib o‘tib, orqa chiqarish teshigi bilan tugaydi (100,101-
rasmlar). Ikki pallalilar bosh qismi reduktsiyaga uchraganligi sababli hazm qilish sistemasining
bosh bo‘limiga tegishli qismlari bo‘lmaydi. Ular suvdagi detrit, plankton organizmlar va
bakteriyalar bilan oziqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |