O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ichki tuzilishi. 
Og‘iz teshigi boshi ostki tomonida joylashgan. Ayrim yirtqich 
molluskalar boshining oldingi qismi cho‘zilib, xartum hosil qiladi. Og‘iz teshigi og‘iz bo‘shlig‘i 
orqali halqumga o‘tadi. Halqumda 1-2 ta jag‘lar va plastinkasimon muskulli qirg‘ich tilcha- 
radula bor. Tilcha sirti kutikula va mayda tishchalar bilan qoplangan. Molluskaning jag‘lari ham 
kutikuladan hosil bo‘ladi. Tishchalar yordamida molluska oziqni uzib oladi yoki suv utlari va 
suv ostidagi narsalardan har xil mikroorganizmlarni qirib oladi. Halqum bo‘ shlig‘iga bir juft so‘ 
lak bezlari yo‘li ochiladi(96-rasm). Ayrim yirtqich molluskalar so‘ lak bezi tarkibida erkin xlorid 
kislota bo‘ladi. Bu kislota so‘lak tpkibida 4% ga yetadi. Yirtqich molluskalar kislotali so‘ lak 
yordamida boshqa molluskalar chig‘anog‘i va ignaterililar terisini yemiradi. Halqum ancha uzun 
qizilo‘ ngachga ochiladi. Qizilo‘gach kengayib, jig‘ildonni hosil qiladi. Halqum va qizilo‘ngach 
ektodermal oldingi ichakdan iborat. 
O‘rta ichakning oldingi xaltasimon kengaygan qismi oshqozon deyiladi. Oshqozon 
bo‘shlig‘iga "jigar" yo‘li ochiladi. Jigar sekret ishlab chiqarish bilan birga ichak singari oziqni 
so‘rish vazifasini ham bajaradi. Jigar suyuqligi uglevodlarga ta‘sir qiladi; unda yog‘ va glikogen 
to‘planadi. Tuban qorinoyoqlilar oshqozonida oziq saralanadi. Oziqning mayda bo‘laklari 
oshqozon epiteliysi kiprikchalari harakati tufayli jigar naychalari orqali jigar bo‘ shlig‘iga 
tushadi va jigar hujayralari tomonidan qamrab olinib, fagotsitoz qilinadi. Oshqozon ingichka 
ichakka tutashgan. Ingichka ichak bir necha marta buralib, orqa ichakka ulanadi. Orqa ichak 
bosh yaqinidagi chiqaruv teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Ayrim tuban qorinoyoqlilarning 
orqa ichagi yurak qorinchasi orqali o‘tadi. 
Ayirish sistemasi. Qorinoyoqlilarning ayirish sistemasi dastlab bir juft uzun tasma 
shaklidagi buyraklardan iborat bo‘ladi. Lekin ko‘ pincha buyraklardan bittasi reduktsiyaga 
uchraydi. Buyrakning kengaygan kiprikli uchi perikardiy, ya‘ni selomga, ikkinchi uchi mantiya 
bo‘shlig‘iga ochiladi. 


Nafas olish sistemasi. Qorinoyoklilar jabralar yoki o‘pka orqali nafas oladi. Jabralar 
patsimon ktenidiy tipidagi juft organlar bo‘ lib, tana ikki yonida joylashgan. Har bir ktenidiy 
yassi ustuncha - o‘qdan va unda ikki qator bo‘lib joylashgan varaqlardan iborat. Dastlab 
ktenidiylar bir juft bo‘ladi. Keyinchalik tana asimmetriyasi paydo bo‘lishi bilan ulardan biri 
reduktsiyaga uchraydi, yoki yo‘qolib ketadi. Ktenidiy asosida kimyoviy sezgi organi - 
osfradiylar joylashgan. Quruqlik molluskalarida ktenidiy o‘rniga o‘pka rivojlanadi. Bunda 
mantiyaning bir qismi tanadan ajralib, uning devorida juda ko‘p kapillar qon tomirlari paydo 
bo‘ladi; mantiya bo‘shlig‘i o‘pka bo‘shlig‘iga aylanadi. Ayrim o‘pkali molluskalar qayta suv 
muhitiga o‘ tgan bo‘lsa ham o‘pka bilan nafas olishadi. 
Qon aylanish sistemasi. Yuragi har xil tuzilgan. Tuban vakillarining yuragi qorincha va 
ikkita bo‘lmadan iborat bo‘lib, boshidan orqaroqda joylashgan. Asimmet-riyaning paydo 
bo‘lishi, ya‘ni o‘ng jabrani reduktsiyaga uchrashi bilan o‘ng yurak bo‘lmasi ham asta-sekin 
yo‘qolib ketadi. Oliy qorinoyoqli molluskalar yuragining faqat o‘ng bo‘limi saqlaanib qoladi, 
chap bo‘lmasi esa butunlay yo‘qolib ketadi. Shuning bilan birga yurakning o‘rni ham o‘zgaradi. 
Masalan, yurak oldjabralilar va o‘pkalilar oshqozonining oldida, orqa jabralilarda esa oshqozo-
nining orqasida joylashgan. Ikkinchi tana bo‘shlig‘i (selom)dan hosil bo‘lgan perikardiy 
(yurakoldi xaltasi) yurakni o‘rab turadi. 
Yurak qorinchasidan aorta boshlanadi. Aorta ikkita aorta tomiriga ajraladi. Ulardan biri 
boshta, ikkin-chisi esa ichki organlarga boradi. Organlar yaqinida aorta arteriyalarga bo‘linadi. 
O‘pkali molluskalarda yirik qon tomirlari ancha mayda kapillyarlarga ajraladi. Qon tomirlardan 
biriktiruvchi to‘qimada joylashgan lakunlarga to‘kiladi. Birmuncha yirik lakunlar oshqozon, ji-
gar va jinsiy bezlarni o‘rab turadi. Qon lakunlardan jabra yoki o‘pkaga borib oksidlangach, yana 
yurakka kelib quyiladi. Shunday qilib qorinoyoqlilar yuragiga kislorod bilan toyingan arteriya 
qon keladi. Qon rangsiz , uning tarkibida amyobotsit hujayralar bor. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish