3.4.Ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti
Ilk bolalik davridan boshlab bola uni o‘rab turgan predmetlarning
xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi.
Bu davr aqliy rivojlanishning asosini, idrok va tafakkur harakatlarining yangi
ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil, tizimli ravishda
ko‘rib chiqa olmaydi. U asosan predmetning qandaydir bir ko‘zga tashlanib
turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra
taniydi. Keyinchalik yangi idrok harakatlarining egallanishi bolaning
predmetli harakatlarini bajarishdan ko‘z bilan chamalab, harakat qilishiga
o‘tishda namoyon bo‘ladi, endi u predmetning bo‘laklarini ushlab
ko‘rmasdan, balki chamalab idrok eta oladi. 2,5-3 yoshli bola kattalarning
ko‘rsatgan namunasi, rangi, shakli va kattaligiga ko‘ra, aynan shunday
predmetlarni chamalab, idrok etgan holda to‘g‘ri topa oladi. Bolalar avval
shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina rangiga qarab ajrata oladilar.
Bu jarayonda bola bir xil xususiyatga ega bo‘lgan juda ko‘p predmetlar
mavjudligini tushuna boshlaydi. Lekin, bola rasm chizishni boshlash davrida
predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan
foydalanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha 2,5-3 yoshli bola 5-6 ta shaklni
(doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil,
olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang
va shakllarning maqsadga muvofiq ishlatilishi jihatidan har xil narsalarda
turlicha namoyon bo‘lishi sababli, bu yoshdagi bolalar ularni idrok etganlari
bilan nomlarini aniq bilishlari va o‘z nugqlarida ishlata olishlari birmuncha
qiyinroq. Kattalarning bu yoshdagi bolalardan rang va shakllarni eslab
qolishlarini talab etishlari noto‘g‘ridir, buning uchun mos davr 4-5 yoshlar
hisoblanadi.
59
Bola 3 yoshigacha o‘zlashtirgan so‘zlar asosan predmet va
harakatlarning nomlarini bildiradi. Nomlar asosan uning vazifasini
anglatadi, bunda predmet yoki harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham
uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham bola predmetlarning nomlarini
ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez o‘zlashtiradi. Idrok o‘ssa, xotira
takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir.
Ilk yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan,
bola juda berilib ertak eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning
diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalg‘ishi bu yoshdagi
bolalar diqqatining xarakterli xususiyatidir, chunki psixik hayot doimiy ravishda
tashqaridan bo‘ladigan yangi o‘zgaruvchilarga muhtoj bo‘lib turadi. Ammo
ob’ektga bo‘lgan qiziqish qancha aniq va ravshan bo‘lsa, bolaning ixtiyorsiz
diqqati shuncha barqaror bo‘ladi. Ixtiyorsiz diqqatning kelgusi taraqqiyoti
qiziqishlarning boyib borishiga bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat
endigina vujudga kela boshlagan bo‘ladi.
Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida
tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib bo‘lgandan
keyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-yu, shu on «ayiqcha»ni
ko‘rib qolsa, diqqatini qo‘lidagi qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi
va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol
ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bo‘ladi. Lekin bola
xayoldagi obraz bilan borliqdagi idrok qilayotgan narsa va predmetlarni
aralashtirib yuboradi. Shu sababli bola xayoliga ta’sir etuvchi vositalar ichida
ertaklar muhim o‘rin egallaydi.
Ilk bolalik yoshidagi bolaning xayoli predmetlar bilan qilinadigan
harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Bu yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur
xususiyatlari o‘z hayotining birinchi yilida sodda assotsiatsiya, ya’ni har xil
tasavvurlarni bir-biri bilan bog‘lash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Masalan, u sutli
shishani ko‘rishi bilan xursand bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan bolaning assotsiatsiyasi
murakkablashib boraveradi. Bola bir yoshga to‘lay deganda, onasining ko‘chaga
kiyadigan kiyimini olib kelayotganini ko‘rib, xursand bo‘ladi. Vrachning
tekshirishidan yomon ta’sirlangan bolalar xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar.
Bola o‘z hayotining ikkinchi yilida fazo munosabatlarini aniqlay boshlaydi,
xonaning ichidagi predmetlar orasida o‘zini to‘g‘ri tutish malakasini egallab
boradi.
Bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan unda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish ortadi.
Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida
juda muhim rol o‘ynaydi. Bola hamma narsani o‘zi ko‘rishni va eshitishni istaydi.
Lekin bolaning hayoti va rivojlanishi uchun ko‘rish va eshitish sezgilari asosida
vujudga keladigan taassurotlargina emas, balki hid va muskul-harakat sezgilari
orqali oladigan taassurotlar ham juda
muhimdir.
Ilk bolalik davrining boshlariga kelib, bolada birinchi tafakkur
operatsiyalari yuzaga keladi. Buni bola biror predmetni olishga harakat qila
60
olganidan so‘ng, uni sinchiklab o‘rganishida ko‘rishimiz mumkin. Ularning
tafakkurlari, asosan, ko‘rgazmali-harakatli bo‘lib, u atrof olamdagi turli
bog‘liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi. O‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-
bir uzunroq narsa bilan itarib yuborish mumkinligini ko‘rgan bola, endi
mustaqil ravishda divan tagiga kirib ketgan koptokni tayoqcha yordamida
olish mumkinligini tafakkur eta oladi. Bu davrdagi bolalar tafakkurida
umumlashtirish katta o‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb
etadi. Masalan, soat deyilishi bilan bola qo‘l soatini yoki devordagi osma soatni
ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, ularda umumiylikni
topish bola uchun qiyinroq hisoblanib, bu borada fikrlash 2-3 yoshli bolalar
ma’lum bir predmetlarning o‘rniga ularning o‘rnini bosishi mumkin deb
hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola
cho‘pni qoshiq yoki termometr o‘rnida, yog‘ochdan yasalgan krovat yoki
mashina o‘rnida foydalanishi mumkin.
Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi,
uchinchi yoshida esa ba’zi tanish harakatlardan qonkret masalalarni hal qilishda
mustaqil foydalana boshlaydi. Masalan, bu yoshdagi bola vazadagi tugmachani
qo‘li bilan solib, ololmasa, u vazachani to‘ntarib olaveradi. Tafakkurning bu
boshlang‘ich shaklini ba’zan «qo‘l tafakkuri» ham deyiladi. Tafakkurning bu
shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir.
Uch yoshli bolalarda hukmning oddiy turlarini ko‘rish mumkin. Bu hukm turlari
doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi.
Bola 2,5 yoshga yetganda savollar bera boshlaydi. Avval savollar ko‘proq
predmetlarning nomi to‘g‘risida bo‘lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning
qanday maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga ishlatilishi to‘g‘risida (masalan, bu
nima?, bu bilan nima qilinadi?, bu nimalarga ishlatiladi? kabi) bo‘ladi. Hozirgi
zamon, o‘tgan zamon va umuman vaqt to‘g‘risidagi aniq tasavvur tushunchasi
fazoviy tasavvurlarga nisbatan ancha kech paydo bo‘ladi. Bola predmetlar bilan
ko‘proq aloqa qilishi, ular bilan munosabatda bo‘lishi va ularning xususiyatlarini
tekshirib ko‘rishi kerak. Bu bilan unda dastlab ayrim predmetlar va hodisalar
haqida tasavvurlar to‘plana boradi va keyinchalik shular zaminida umumiy
tasavvur va tushunchalar hosil bo‘ladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi. 2-3
yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu
uning qiziquvchanlik va sinchkovlik xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga
«tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar
beradi.
Kattalar mana shu savollarning hammasidan bolalarda tafakkurni o‘stirish va
tevarak-atrofdagi olamni turli tushunishni tarbiyalash maqsadida foydalanishi
g‘oyat muhimdir. Bola o‘z savollariga tushunarli javob olganidan keyin, bu
ma’lumotlarni o‘z o‘yinlarida aks ettiradi va shu yo‘l bilan ularni xotirasida
mustahkam saqlanib qoladi. Bola tevarak-atrofdagi olamni kattalarning
tushuntirishi bilan bir vaqtda kuzatsa, atrofdagi olamni yaxshiroq tushuna
boshlaydi, narsa va hodisalarni solishtiradi, ularning ayrimlari o‘rtasidagi
61
o‘zaro bog‘lanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi bolada
ancha umumlashgan tafakkur paydo bo‘layotganidan darak beradi.
Bola tafakkurining rivojlanishi nutqning o‘sishi bilan mustahkam
bog‘langandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki
so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. O‘z navbatida,
tafakkurning rivojlanish darajasi so‘z zaxirasining oshishiga, umuman, nutqning
o‘sishiga yordam beradi.
Bu yoshdagi bolalarning yana bir muhim yutug‘i, ona tilini o‘zlashtirib
olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr nutqning jadallik bilan o‘sish
davri hisoblanadi.
Nutq bola hayotining ikkinchi yilida ikki bosqichda tarkib topadi. Dastlabki
bosqich birinchi yoshning oxiridan bir yarim yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib,
bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish
qobiliyati o‘sib boradi. Bolaning lug‘at boyligi ayniqsa bir yoshdan keyin, ya’ni
yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab
tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi.
Bola ikki yoshga to‘lganda, harakatlarning ham nomlarini bilib oladi. Bu
harakatlarga bolaning o‘zi bajaradigan yoki kattalar tomonidan bajarilgan, nomi
aytilgan va bola kuzatib borgan harakatlar kiradi. Bu «passiv» nutq hisoblanadi,
chunki bola so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.
3 yoshlar arafasida predmetlarning vazifalarini to‘la o‘zlashtirgan
bolalar, o‘z o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki
ularni o‘z vazifalariga ko‘ra ishlatadilar. Bolaning nutqi u 1,5 yoshga
yetgungacha birmuncha sekinlik bilan rivojlanadi. Bu davr ichida u 30-40 ta
so‘zdan, to 100 tagacha so‘zni o‘zlashtiradi, lekin ularni amaliyotda juda kam
qo‘llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi
bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so‘rabgina qolmay, balki bu so‘zlarni
o‘zi talaffuz etishga ham harakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi
jadallashadi. 2 yoshlarning oxirlariga borib, bola 300 tagacha, 3 yoshlarning
oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi,
Shuningdek, so‘zlarni ham aniq talaffuz etib, jumlalarni to‘g‘ri tuza oladilar.
1,5 - 3 yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan
so‘zlashayotganda kattalar so‘zlarni aniq talaffuz etishlari va boladan ham aniq
talafuzni talab etishlari lozim.
Bir predmetni boshqasi o‘rnida qo‘llash mumkinligini anglash, bola
uchun atrof-olamni bilish, o‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u
dastlabki tasavvurlarini yuzaga keltiradi. Bu yoshdagi bolalar endi, asta-
sekinlik bilan kattalar aytib berayotgan ertak, voqea yoki hikoyalarni,
shuningdek rasmda chizilgan narsalarni tasavvur eta oladilar. Ertaklarni
eshitish jarayonida bola ertak kahramonlarini kimgadir o‘xshatishga harakat
qiladi, ba’zida esa u o‘zi mustaqil ertak yoki hikoyalarni to‘qiy olishi ham
mumkin. Ilk bolalik davrida xotira bilishdagi asosiy vazifa hisoblanib, u
bilishning barcha ko‘rinishlarini rivojlanishida ishtirok etadi. Bu davrda
bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o‘zlashtirishida
62
dastlab harakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu borada
harakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan
ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular
ertak, she’r va hikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning
umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham
dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga xos bo‘lgan
nerv tizimining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O‘zi va atrof hayoti
haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to‘liq
ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |