O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


O‘smirlarning intellektual rivojlanishi



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

6.2.O‘smirlarning intellektual rivojlanishi 
Endi o‘smirlar o‘yin hamda damga kamroq vaqtlarini ajratgan holda ko‘proq 
jiddiy ishlar bilan shug‘ullana boshlaydilar va ularda bilish jarayonlari jadal 
rivojlana boshlaydi. Maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish 
yo‘nalishini sifat jihatidan o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘qish 
o‘smirlar hayotida katta o‘rinni egallaydi. Ular uchun mashg‘ulotlarning mustaqil 
shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o‘smirlarning fanlarni 
muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari, qiziqishlarining ortishi, o‘qituvchining o‘quv 
materialini tushuntira olish mahoratiga bog‘liq. O‘qish faoliyati asosida o‘smirning 


128 
o‘z-o‘zini anglash darajasi kengayadi, boshqa odamlar, atrof olam haqidagi 
bilimlari chuqurlashadi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. Bilim 
o‘rganish ehtiyojlari asosida asta-sekinlik bilan o‘quv fanlariga nisbatan qat’iy 
ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o‘qishning yangi motivlari yuzaga keladi. 
Bu motivlar o‘smirning, hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog‘liq 
bo‘lgan holda bilish jarayonlari rivojlanish xarakteriga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Aynan o‘smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni 
kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola 
tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo‘ladi. Bilim o‘smirlarga alohida bir 
quvonch bag‘ishlaydi va uning tafakkur qilish layoqatini rivojlantiradi.
Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq og‘zaki va yozma mavjud bo‘lishi 
bilan kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil 
etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga qulay 
sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning muomala, bilish va 
ijodiy faoliyatga kirishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi. 
O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi 
hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa, voqea va 
hodisalarning mazmun-mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir 
til yordamida atrof-borliqni aks ettirish bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham 
belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab, 
inson nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna 
boshlaydi.O‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari – “«Qanday 
qilib to‘g‘ri yozish kerak?» «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?» , «Nima 


129 
deyish kerak?», kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, 
kattalar, ota-onalar nutqidagi kamchiliklariga, kitob, gazeta, radio va televidenie 
diktorlari xatolariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z 
nutqini nazorat etishga o‘rgasa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutq qoidalarini 
buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha 
barham 
toptirishlariga 
olib 
keladi. 
O‘smir so‘zlarning kelib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va 
mohiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta 
odamlardek so‘zlarni tanlab ishlatishga harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash 
borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab 
ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat jihatidan 
o‘zgarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining 
to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri 
rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga harakat bu o‘smirning 
muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirishishiga ehtiyoj va intilish hisoblanadi. 
O‘smirlik davrida o‘qish malakalari, yozma va monologik nutq jadal 
rivojlanadi. 5-sinfdan boshlab to 9-sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish 
darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. 
Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil 
ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki - mulohaza yuritish, fikr bildirish 
va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutq ham rivojlangan holda 
o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza 
oladilar. O‘smirlarning nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liq holatida amalga 
oshiriladi. 5-6 sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun reja tuzib, 
unga amal qila oladilar. O‘zi yozgan fikrni qayta-qayta o‘qib, o‘z nutqini analiz 


130 
qilib ko‘rishga majbur qiladi. O‘quvchi yozib bayon qilayotganida, ko‘pincha, bu 
ishini bir necha marta qayta ko‘rib chiqishga, o‘zgartirishga, to‘ldirishga, qaytadan 
ishlab chiqishga majbur bo‘ladi. 
O‘quvchi o‘qituvchining topshirig‘iga binoan yozma ishlar bajarayotganida 
o‘zining shu ishiga baho berilishini, ammo bu baho ishning faqat mazmuniga 
qarabgina berilib qolmasdan, balki shu bilan birga, o‘z fikrining «qanday til» bilan 
bayon qilinganiga qarab ham baholanishini oldindan bilib turadi. Mana shu 
hollarning hammasi bolani o‘z nutqini grammatika va logika talablariga muvofik 
keladigan qilib, ongli ravishda tuzishga majbur etadi. Adabiyot darslari bilan 
shug‘ullanish o‘quvchilar nutqining o‘sishiga ayniqsa katta ta’sir qiladi. 
O‘quvchilar adabiyot darslarida to‘g‘ri tuzilgan nutqning eng yaxshi namunalari 
bilan tanishadilar. 
Bolalarning yozma nutqni egallashlari ularning nutqini o‘stirishda muhim 
bosqich bo‘ladi. O‘quvchi yozma nutqni to‘g‘ri tushunishni o‘rganib oladi, o‘z 
fikrlarini yozma nutq holida bayon qilish va boshqalarga tushuntirishni o‘rganadi. 
Kitob o‘qish va ayniqsa o‘zidagi fikrlarni yozma tarzda ifodalab, bayon qilib 
berish tilning grammatika tuzilishini egallashda katta ahamiyatga ega. Yozma 
bayon qilish vaqtida fikrni to‘liq tushuntirib berish zarurligi o‘quvchini o‘zi 
yozayotganlarining mazmunigagina diqqat qaratmasdan, balki qanday qilib 
yozayotganligiga ham e’tibor berishga majbur etadi. 
Yozma nutqni egallash og‘zaki nutqni va ayniqsa mo¬nolog nutqni to‘g‘ri va 
kengroq qilib tuzishga yordam beradi. 
O‘quvchi maktabda berilgan topshiriqni tayyorlash vaqtida shu topshiriqni 
o‘ziga-o‘zi gapirib berishni muttasil mashq qilib turishi o‘quvchi nutqining 
o‘sishiga katta ta’sir kiladi. O‘quvchi darslarni tayyorlayotgan vaqtda shu darslarni 
kitobdan o‘qibgina qolmasdan, balki, odatda, u kitobdan o‘qigan narsalarini 
kitobni yopib qo’yib, o‘z-o‘ziga yoki yonidagi sherigiga so‘zlab ham beradi. 
Bunday hollarda o‘quvchi o‘zi tayyorlayotgan darsni grammatika qoidalariga 
to‘g‘ri rioya qilgan holda ayniqsa, tushunarli qilib og‘zaki gapirib berishga 
intiladi:. O‘kituvchi o‘quvchining nimalarni bilganligi va bilganlarini qanday 
gapirib berishi bilangina kifoya qilmasdan, balki, shu bilan birga, shu bilgan 
narsasini qanday qilib va qay tarika gapirib berayotganiga ham e’tibor berishini 
o‘quvchi yaxshi tushunadi. 
-O‘quvchi ovoz chiqarib, aynan yoki o‘z suzlari bilan takrorlash yo‘li bilan 
o‘zining artikulyatsiya apparatini mashq qildiradi, o‘z nutqining qay darajada 
to‘g‘riligini nazorat qiladi, shu bilan birga o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarning 
to‘g‘riligini va mustahkamligini ham nazorat qiladi. 


131 
Albatta, o‘quvchi nutqining o‘sishida o‘qituvchining nutqi katta rol o‘ynaydi, 
chunki o‘kituvchining nutqi o‘quvchilar uchun namunali nutq hisoblanadi. Shu 
sababli, har bir o‘qituvchi o‘quvchilar nutqini o‘stirishga intilib, o‘zi ham o‘z 
nutqini takomillashtirish ustida to‘xtovsiz va tinmay intilishi lozim. 
Diqqat.
Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, o‘smirlik 
davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. Dars davomida intizomning 
buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy 
sabablar bilan belgilanadi. O‘smir o‘z diqqatini to‘la ravishda o‘zi uchun 
ahamiyatli bo‘lgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bo‘lgan faoliyatlarga 
qarata oladi. O‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan 
darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati 
o‘qituvchi tomonidan doimo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik 
jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir qancha 
uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars jarayonida o‘z tengdoshlari 
orasida o‘zini ko‘rsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni 
ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ushbu 
metodika yordamida o‘smirlar diqqatining ko‘rsatkichlarini, shu bilan bir qatorda 
taqsimlanishi va barqarorligini o‘rganish mumkin. Sinaluvchi 1-jadval (1a) ni 
ko‘rib chiqadi va undagi 1dan 25 gacha bo‘lgan sonlarni tartib bilan topadi. Xuddi 
shunday harakat har bir jadval bilan bajariladi. Bitta jadval bilan ishlashga ketgan 
o‘rtacha vaqt aniqlanadi. Buning uchun har bir jadval bilan ishlashga ketgan vaqt 
qo‘shiladi va 5ga bo‘linadi. Bu o‘smir diqqati taqsimlanishining indeksi 
hisoblanadi.
O‘smirlar diqqatini psixodiagnostika qilish metodi
(Diqqatning taqsimlanishi va barqarorligini baholash metodikasi uchun matritsa) 


132 
Xuddi shu metodika yordamida diqqatning barqarorligini ham aniqlash 
mumkin. Buning uchun har bir jadvalni ko‘rib chiqishga ketgan vaqt 
taqqoslaniladi. Agar 1-dan to 5- jadvalgacha har birini ko‘rib chiqishga ketgan vaqt 
orasidagi farq juda kichik bo‘lib 10 sekunddan oshmasa diqqat barqaror 
hisoblanadi.
O‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bo‘ladi. Aynan 13-14 
hamda 16 yoshlarda charchash chizig‘i keskin ko‘tariladi. Bunday holatlarda 
o‘smir atrofdagi narsa va voqealarga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.
O‘smirlik davrida xotiraning barcha turlari o‘zining sifat ko‘rsatkichlari 
asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda o‘quvchilarga beriladigan o‘quv materialining 


133 
hajmi katta bo‘lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash 
yo‘li bilan o‘zlashtirish qiyin. O‘smirlik yoshida bolalar o‘qigan va o‘rganganlarini 
so‘zma-so‘z yodlashdan voz kechib uning ma’nosiga ko‘ra eslab qolishga harakat 
qiladilar. Ularda faol ravishda mantiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik 
xotiraning rivoji esa birmuncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy xolatlarni ham 
keltirib chiqarishi mumkin. O‘smirlik davriga kelib yangi fanlar, jumladan, 
o‘quvchilar eslab qolishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar miqdori ko‘payadi. Ammo 
mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumotlarni eslab qolishda muammolarni keltirib 
chiqaradi va o‘smirlar tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va 
o‘z-o‘zidan o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarining pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi 
mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.
O‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. 
Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olamdagi bog‘lanishlar mazmunini yuqori 
darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan 
qiziqishida keskin rivojlanish sodir bo‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab 
olinishi o‘smir tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning ta’sirida isbot, 
dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga 
qobiliyati paydo bo‘ladi. 
Maktabda o‘qitiladigan fanlar o‘smir uchun o‘z taxminlarini yuzaga keltirish 
yoki tekshirish uchun sharoit bo‘lib xizmat qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, 
“Ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri - til, mazmun, qoidalar asosida 
shakllantiriladi». Bu borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z-o‘zidan 
tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. 
11-12 yoshdan boshlab o‘smir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. 
O‘smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni o‘rgana 
boshlaydi. O‘smir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez ko‘tarila olishi, 
o‘quv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini 
belgilab beradi. O‘smirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan 
farqlanadi. Bu faollik o‘ta qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga o‘z layoqatlarini 
namoyish etish, shuningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan 
belgilanadi. O‘smirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va 
aynan o‘sha masala doirasida bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira 
oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot o‘tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala 
bo‘yicha muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. O‘smir tafakkuri ko‘pincha 
umumlashtirishga moyil bo‘ladi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
o‘tishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur 
tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi: 


134 
- tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez yecha 
olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina amaliy tafakkurni 
rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish 
nihoyatda muhim. 
O‘smirlik 
davrida 
ishbilarmonlik 
sifatini 
o‘quvchilarning o‘z-o‘zini 
boshqarishini yo‘lga qo‘yishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi 
orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki 
boshqaruvchi, mustaqil yo‘l tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o‘zi 
ishtirokchi bo‘lgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yoshda 
tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq mustaqillikning berilishi o‘smir amaliy 
tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘smir yoshdagi bolalarda 
tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, 
buni ko‘proq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib 
borishga yo‘llash orqali amalga oshirish mumkin, o‘smirlarda yuzaga kelgan 
muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini shakllantirish birmuncha 
qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bog‘liq. Barcha 
o‘smirlarni ham tez yo‘llab, tez harakat qilishga o‘rgatish mushkul, lekin ularni 
biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan muammoni 
yechishning umumiy qoidalariga o‘rgatib borish mumkin. O‘smirlik davrida 
iitellektning yuqori darajada rivojlangan bo‘lishi qimmatli va obro‘li hisoblanadi. 
O‘smir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. 
Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayotgan shaxs 
mustaqilligiga tayanadi, o‘zining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish 
imkoniyatlari esa undagi tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish