O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/336
Sana08.02.2022
Hajmi5,33 Mb.
#435143
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   336
Bog'liq
fayl 781 20210505

 
Rivojlantiruvchi: 
Talabalarning pedagogik faoliyat sub’ekti bo‘lgan 
o‘qituvchi shaxsiga xos psixologik xususiyatlar, ta’lim jarayonining 
samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish. 
Tayanch tushunchalar: pedagogik mahorat, tashkilotchilik malakalari, 
kommunikativ malakalari, gnostik malakalari 
16.1. Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va vazifalari. O‘qituvchiga 
qo‘yiladigan talablar 
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining 
naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda “ 
Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi
ni hayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh 
avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib 
boraveradi. 
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib 
bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga 
bog‘liqdir. 
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi -- sinfdagi 
o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, 
qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari holatlarda ham kerakli 
maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf 
rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar. 


293 
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi 
o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik 
mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir. 
O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab, hayoti faoliyatini 
uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining 
metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi, 
o‘kuvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib 
borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu 
qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari 
tushunarlidir. 
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan 
biridir. 
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va 
uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan. 
O‘qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat: 
-
o‘qituvchining o‘z vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik 
ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tilisi, o‘z xalqining tarixi va uning 
madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g‘oyasida yashashidan iboratdir; 
-
ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi; 
-
oliyjanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha 
yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi; 
-
o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. 
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir: 
-
shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish 
mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni 
mustakkillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani 
tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati; 
-
keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi; 
-
yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh 
fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi; 
- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, 
sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan yangi yutuq va kamchiliklardan 
xabardor bo‘lishi; 
-
ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi; 
-
o‘z ishiga ijodiy yondashishi; 
-
bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi; 
-
pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limniig ifodali vositalari) va pedagogik 
taktga ega bo‘lishi; 
-
o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib 
borishi. 
Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga to‘la javob bera oladigan bo‘lishiga intilishi 
shart. 


294 
O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, 
tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va 
ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim. 
O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim 
ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan 
o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga kelsada, o‘ziga xos xususiyatlarga ega 
bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. 
Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha xalq ta’limi 
bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar 
muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari 
o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish 
metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari 
o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. Shu bilan 
birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-
onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar 
ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, 
bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa 
qo‘yadilar. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   336




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish