Ayrim vakillari va ularning ishlatilishi. Monoxlorsirka kislota. CH2CI-COOH, 1890C da qaynaydigan 56,5-61,30C da suyuqlanadigan kristall modda.
U
ni sirka kislotaga yod ishtirokida xlor ta’sir ettirib yoki trixloretilenni 98% - li sulfat kislota bilan qizdirish orqali hosil qilinadi:
Monoxlorsirka kislota juda ko’p gerbitsidlar, o’simlik o’stirish vositalari, indigo bo’yog’i va boshqalarni olishda ishlatiladi.
Dixlorsirka kislota CHCI2-COOH; 5-60C da suyuqlanadi, 1940C qaynaydi. Uni xloralgidratga kalsiy karbonat bilan katalizator ishtirokida ta’sir etib olinadi:
Dixlorsirka kislota texnikada antibiotiklar sintezida boshlang’ich modda sifatida ishlatiladi.
Boshqa galogen almashgan kislotalar ham sanoatda turli sintezlarda keng qo’llaniladilar.
Galogen almashgan kislotalar turli kimyoviy o’zgarishlarga oson kirisha olganliklari sababli ularning sintezi muhim ahamiyat kasb etadilar.
1.4. Aromatik karbon kislotalar
Do'stlaringiz bilan baham: |