16
qayd etishdir
.
Psixologik-pedagogik eksperiment
Aniqlovchi
Shakllanti-
ruvchi
Nazorat
Yordamchi metodlar
Faoliyat mahsulini tahlil qilish
Tarjimai hol metodi
Sotsiometriya
Anketa
Suhbat
Egizaklar metodi
Test
1.
Kuzatish metodi.
Kishining har kungi psixik faoliyatini odatdagi hayot va
sharoitlarida tahlil qilishdan iboratdir.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyada bu metodning ob’ektiv
(tashqi) va sub’ektiv (o‘zini-o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi
o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
a)kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
b) kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;
v)
sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma’lumotlar to‘planadi;
g)tadqiqot o‘tkazish vaqti rejalapggiriladi;
d)kuzatish qancha davom etishi qat’iylapggiriladi;
ye
) kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o‘yin, o‘qish, mehnat,
sportda) amalga
oshirilishi tavsiya etiladi;
yo) kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa)
tayinlanadi;
j) kuzatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat
daftari, kuzatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va
boshqalar) taxt qilinadi.
Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak.
Tug‘ilgandan 2 - 3 oygacha – har kuni
2 - 3 oydan - 1yoshgacha – har hafta
Ilk bolalik ya’ni 1 – 3 yoshda – har oyda
3 yoshdan 6 – 7 yoshgacha – yarim yilda 1 marta
7 – 11 yoshda – 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur. Kuzatish — universal
metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy
bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda,
rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi
shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha
talablarga amal qilishi lozim:
17
1. Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman o‘quvchini emas, balki uning shaxsiy sifatlari
qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida –
o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish.
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani
kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani
qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin
qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq
belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-
atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i
lozim.
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki
mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o‘quvchilar uchun tabiiy sharoitlarda
o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, o‘quvchi
kuzatilayotganini sezmasin.
5. Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja
asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi
zarur.
6. Ob’ektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, ob’ektiv fakt, harakat,
o‘quvchilar xulq-atvorining ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda
xulosa chiqarish lozim.
7. Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim.
Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd
qilishi kerak.
Kuzatish orqali turli odamlarning diqqati, his-tuyg‘ulari, nerv sistemasining tashqi
ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, nutq faoliyati va
hokazolari o‘rganiladi. Ammo, o‘ta murakkab ichki psixologik kechinmalar,
yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu
metodning imkoni yetmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: