O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti qayta tayyorlov kursi tinglovchisi Abdullayeva Nigora Satikovnaning



Download 1,66 Mb.
bet19/19
Sana21.01.2022
Hajmi1,66 Mb.
#397789
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Abdullayeva Nigora diplom ishi

O’QUV VIZUAL MATERIALLAR

O’quvchilarni o’zlashtirish darajalarini baxolash mezonlari

Guruh

Baho

Baxolash ko’rsatkichlar va mezonlari

O'tilgan

Mavzuni

Bilishadi

Guruh

faol

Muammoni

Yechish uchun

Takliflar

berishadi

jami




Ball

1,0

0,5

1,5

3

1
















2
















3
















Guruh ishlarini umumlashtiruvchi baho

Guruh

1

2

3

Jami ball

Baho

1
















2
















3
















2,2 – 3 ball-a'lo

1,2 – 2 ball-yaxshi

0,5 – 1,1 ball-qoniqarli

0 – 0,5 ball-qoniqarsiz

2(6.1)-Ilova

Mavzuni jonlantirish uchun savollar

1. Temur va temuriylar davri Markaziy Osiyo madaniyati qanday o’rin tutadi?

2. Amir Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida nimalarga alohida e;tibor bergan?

3. ‘’Qudratimizni ko’rmoq istasangiz binolarimizga boq’’ iborasi kim tomonidan

Qayerga yozilgan?

4. Toshkent viloyatidagi Zangi ota maqbarasi kim tomonidan bunyod etilgan?

3(6.1)-Ilova

1-topshiriq



  1. Movarounnaxrga XIV-XV asrlarda madaniyat ravnaqining omillari va shart-sharoitlari.

  2. Nima sababdan Yevropa davlatlarida Amir Temur shaxsiga nisbatan hurmat va extirom kuchli?

  3. Turkiston shahridagi Ahmad Yassaviy maqbarasi kim tomonidan barpo etilgan?

  4. Temuriylar davrida qanday shoir va yozuvchi yashab ijod etishgan?

2-topshiriq.

Berilgan tayanch so’zlarni sharhlab bering va tayanch so’zlarni yozishni davom ettiring.

Saltanat;

Bag’dod;

Bibixonim;

Maqbara;

Zafarnoma;

49

Kaskad’’ texnikasi

Ushbu texnoliga g’oyalar tizimini ishlab chiqishga ko’mak beradi:Asosiy maqsadi: aniq va ijodiy fikrlash qobilyatini faollashtirish








Temur va temuriylar davrida madaniyatining

qaysi yo’nalishlari rivojlanadi


















Amir Temur va temuriylar davri madaniyati mavzusiga doir testlar
1. Amir Temur necha yil davomida mamlakatni boshqardi?

A) 35 yil. B) 40 yil. C) 45 yil. D) 50 yil.



2. Amir Temur qayrgacha bo‘lgan g‘oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi

A) Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar

B) Hindiston va Erondan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan qadar

C) Erondan Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar

D) Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar, Kaspiy dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar

3. Amir Temur qaysi shaharlarni qayta qurdirdi?

1. Bag’dod. 2. Darband. 3. Baylakon. 4. Anqara.

5. Hamadon. 6. Nishopur.

A) 1-2-3. B) 4-5-6. C) 1-3-5. D) 2-4-6.

50

4. Amir Temur qaysi davlatlardagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G’arbni bog’lovchi qadimiy karvon yo’llarini tikladi?

1.Eron. 2. Ozarbayjon. 3. Iroq.

4. Misr. 5. Hindiston. 6. Shom.

A) 1-2-3. B) 4-5-6. C) 1-3-5. D) 2-4-6.



5. Tarixiy manbalarda kim “Sohibi jahon” hamda

Sohibi adl” - “Adolat sohibi” nomlari bilan ulug’lanadi?

A) Ismoil Somoniy. B) Sulton Sanjar.

C) Boyazid Yildirim. D) Amir Temur.



6. Xalqaro Yunesko tashabbusi bilan nechanchi yil xalqaro Amir Temur yili deb e’lon qilindi ?

A) 1993-yil B) 1994-yil C) 1995-yil D) 1996-yil



7. 1996-yil qaysi shaharlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi nishonlandi?

A) Samarqand, Shahrisabz B) Samarqand, Toshkent

C) Buxoro, Samarqand D) Toshkent, Buxoro

8. Italiyalik olim Perondinoning asari qaysi javobda berilgan?

A) “Buyuk Temur tarixi”

B) “Skiyalik ­ Tamerlanning­ ulug‘vorligi”

C) “Esdaliklari”

D) “Buyuk Temur”

9. Ispan tarixchisi Pero Meksikaning Amir Temur haqidagi asari bu ... ?

A) “Buyuk Temur tarixi”

B) “Skiyalik ­ Tamerlanning­ ulug‘vorligi”

C) “Esdaliklari”

D) “Buyuk Temur”

51

10. Klavixoning Amir Temur haqidagi asari bu ... ?

A) “Buyuk Temur tarixi”

B) “Skiyalik ­ Tamerlanning­ ulug‘vorligi”

C) “Esdaliklari”

D) “Buyuk Temur”



11. Xristofor Morloning Amir Temur haqidagi asari bu ... ?

A) “Buyuk Temur tarixi”

B) “Skiyalik ­ Tamerlanning­ ulug‘vorligi”

C) “Esdaliklari”

D) “Buyuk Temur”

12. 1582-yili Seveliyada Amir Temur haqida yozilgan asar bu ...?

A) “Buyuk Temur tarixi”

B) “Skiyalik ­ Tamerlanning­ ulug‘vorligi”

C) “Esdaliklari”

D) “Buyuk Temur”

13. Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida ... mamlakatda ... dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan?

A) 33, 400 B) 23, 500

C) 33, 500 D) 33, 400

14. Qachon faylasuf olim I.M.Mo‘minovning “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” risolasi nashrdan chiqdi?

A) 1968-yilda B) 1969-yilda

C) 1978-yilda D) 1962-yilda

15. Amir Temur qaysi shaharlarni qayta qurdirdi?

1. Bag’dod. 2. Darband. 3. Baylakon. 4. Anqara.

5. Hamadon. 6. Nishopur.A) 1-2-3. B) 4-5-6. C) 1-3-5. D) 2-3-4

52



53



54



55

Xulosa

Movarounnahr va Хurosonda ХIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda ro’y bergan madaniy yuksaklik butun musulmon Sharqigina emas, Yevropa mamlakatlarini hayratga soldi. Bu yuksaklik Markaziy Osiyoning so’nggi madaniy-ma’naviy rivojinigina belgilab bermay, qo’shni mamlakatlardagi madaniy taraqqiyotga ham katta turtki berdi.

Mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sahnida o’z o’rinlariga ega bo’lgan komil ajdodlarimizni va ular qoldirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o’rganish va ulug’lash imkoniyati yuzaga keldi. Ota-bobolarimiz, xususan buyuk davlat arbobi, ma’rifat homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari qoldirgan merosi bugungi kunda xalqimiz uchun ruhiy-ma’naviy poklanish va milliy o’zlikni anglashning tugamas chashmasidir. O’zbekistondagi tarixiy shaharlar, go’zal makonlarning ko’pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg’onish davri bo’ldi. 150 yillik mustamlakachilik, qaramlik yillarida shunday buyuk zot dunyoga mashhur davlat arbobi, ulug’ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkoniyatidan mahrum bo’lib yashadik. Sho’ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to’g’risida so’z aytilgan barcha manbalar ko’zdan yashirildi, ta’qiqlandi va soxtalashtirildi. Prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: «Amir Temur nomi tarixiy sahifalaridan bo’yoq bilan o’chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning oragidan milliy ong, milliy g’urur tuyg’usini yo’qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko’ndirish edi». Bu ishlarning tagidagi maqsad bizning o’zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo’yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo’ygan bo’lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O’zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».

O’zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug’ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O’zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrga egadir. Amir Temurning siymosi xorijda yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Evropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko’p suvratlari ishlangan. Toshkentning markazidagi xiyobonda sohibqironga muhtasham haykal o’rnatildi, Amir Temur va temuriylar davri muzeyi barpo etildi. 1994 yilda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o’tkazildi. Parijdagi YuNESKO qarorgohida o’tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida nishonlandi.

58

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko’ra «Amir Temur» xayriya jamg’armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Prezident farmoni bilan yuksak mukofot – «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Bularning barchasi Prezidentimiz boshchiligida mustaqillik tufayli o’zbek xalqining ma’naviy tiklanishi borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir nishona xolos.



Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, temuriylar saltanati vakillari jahon davlatchilik siyosati qonunlariga, jahon me’morchilik san’atiga va dunyo fanlariga katta hissa qo’shganlar. Ko’hna Kesh va Samarqanddagi, Turkiston va Buxorodagi, Dehli va Qobuldagi buyuk, ko’rkam obidalar, Agradagi mashhur Tojmahal maqbarasi va boshqa joylardagi so’lim bog’u rog’lar, me’morchilik aqidalari Temur va temurzodalar tomonidan barpo qilinganligi o’zbeklar nomini, o’zbeklar yurtini asrlar osha tarix zarvaraqlariga singdirib keldi, bundan buyon ham shunday bo’lib qolishiga ishonchimiz komil. Sohibqiron ham An’om surasidagi oyatlarni yod aylab, inson bu vafosiz dunyoda abadiy emasligini, payti kelib Arshi – a’loga uzoq safari boshlanishini, shu sababdan Olloh tomonidan yashash uchun berilgan ozmi- ko’pmi, qisqa davr mobaynida yaxshi va ezgu ishlar qilib, yaratuvchilik bobida ulkan qurilishlar barpo qilishi, katta – kichik, boy – kambag’alga bir xil munosabatda bo’lishi, hamda boshqa ko’pgina hislatlari, bobomiz Amir Temurning islom diniga va o’z saltanatining ravnaqiga bo’lgan e’tiqodiyu qarashlaridan darak berib turganligi diqqatga sazovordir.

Taklif va mulohazalar

Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahrda madaniy taraqqiyot o’z rivojining yuksak cho’qqisiga chiqdi. Bu davrni behudaga G’arb olimlari “Temuriylar Renassansi davri” deb atashmaydi. Odatda madaniyat haqida gap borganda, ko’p hollarda xonlar, amirlar va sultonlar, olimu fuzalo, yozuvchiyu mutafakkirlar tomonidan yaratilgan tarixiy obidalar, osmono’par binolar, ilmiy – badiiy asarlar, xalq amaliy san’ati namunalari va shu singari tashqi belgilariga qarab bir tomonlama baho beradilar. Hozirgi kunda bu o’lchov madaniylik tushunchasining eng nozik va o’ta muhim ko’rinishi, tomonidir. Shuning uchun ham Amir Temur va temuriylar davri tarixini o’rganish bugungi kunda ham nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Temuriylar sulolasining yalovbardori Sohibqiron Amir Temurni tarixda shu paytgacha o’tgan jahongirlarning birortasi bilan ham qiyoslab bo’lmaydi.Bu fikrni ulug’ bobomiz qoldirgan madaniy va modiy yodgorliklargina emas, balki jahon fani va ma’naviy madaniyatida salmoqli hissa qo’shgan Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur va boshqalarning Temuriylar sulolasidan bo’lganligi ham buni isbotlaydi.

59

Ayrim g’arb olimlarining ta’kidlashicha, Sohibqiron Amir Temur O’rta Osiyoning hamma qismidan hadsiz, hisobsiz xazina va boylik yig’di. Bu albatta to’g’ri. Zamona zayli bilan o’ga hududlarni bosib olgan jahongir katta o’lja olib Vataniga qaytardi. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, akademik Ibrohim Mo’minov o’zining “Amir Temurning O’rta Osiyo, tarixida tutgan o’rni va ro’li” risolasida yozishicha, ularni xasis odamlar kabi saqlamadi: “ Buni, birinchidan, uning saroyining boy – hashamatliligi, ikkinchidan esa, ham o’z qarorgohini, ham o’z shahrini bezab turuvchi g’oyat ulkan va muhtasham binolari isbotlaydi. Shuning uchun ham Temurni Chingizxon bilan bir qatorga qo’yib, uni yovuz, o’zboshimcha mustabid hokim deb atovchilarning fikrlari ikki tamonlama ham xatodir. U avvalo o’zining g’olibona qurolini zamonasining odatiga ko’ra ishga solganosiyolik hokim edi. Uning dushmanlari ta’kidlaganqabih ishlari va vayronagarchiliklari ham, hatto biron jinoyat uchun olingan o’ch edi halos. To’g’ri bu o’ch juda qattiq, lekin shu bilan birga adolatli edi” 1. Manbalardan ma’lum bo’lishicha, mo’g’ullar hukmronlik qilgan davrda 1220-1360 yillar ichida Samarqandda ko’zga ko’rinarli birorta ham bino qurilmagan edi. Amir Temur saltanat taxtiga o’tirganidan so’ng Samarqandni o’zining poytaxtiga aylantirgach, shaharni mutlaqo o’zgartirib yubordi. Samarqand Ko’ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi, Go’ri Amirni qurdirdi, bog’lar barpo etdi. Yo’llar va ko’priklar qurdirdi. Boshqa shahar va qishloqlarda bozorlar va karvonsaroylar, hammomlar, madrasalar va maqbaralar qurdirdi. Kanallar o’tkazdi. Amir temur davrida Samarqandda , Toshkentda, Buxoroda, Shahrisabz, Qarshi va Turkistonda, Hirot, Mashhad, Qobul, Nishopur va boshqa shaharlarda ulkan yaratuvchilik ishlari olib borilgan. Umuman, Amir temur davrida Muvarounnahrda madaniyat va san’at shu darajada rivojlangan ediki, bugungi kunda O’rta Osiyo san’atining ko’zga ko’ringan tadqiqotchilari – san’atshunoslik fanlari doktorlari L.I.Rempler va G.A.Pugachenkovalar o’sha davr san’atini har tamonlama tahlil qilib, olib brogan tekshirishlari natijasida XIV asr oxiri – XV asr boshlarida umuman Movarounnahr, Xuroson, Samarqandda yangich asan’at yuzaga kelganligini qayd etdilar. Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr O’rta Osiyoning original, o’ziga xos me’morchilik san’ati xususiyatlarini hamda O’rta va Yaqin Sharqda rivojlangan badiiy tafakkur asosini ifodalagan edi, deb ta’riflaydilar. Bu mualliflar o’sha davrda Movarounnahr Yaqin va O’rta Sharq ijodiy kuchlarining bosh markaziga aylanganini, san’atda yangi yo’nalish paydo bo’lganligini ta’kidlaydilar. Bu fikrlarni Amir Temurni Zamondoshlari ham o’z asarlarida yozib qoldirganlar. Masalan Ibn Arabshoh Amir Temurning shahar atrofidagi saroylari haqida hikoya qilib, ular yangi uslubda qurilganligini ko’rsatib o’tgan. Amir Temur va Temuriylar davrida O’rta Osiyo me’morchilik bilan bir qatorda, rassomchilik, naqqoshlik sohalari rivojlandi.

_______________________

1.I.Mo’minov. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va ro’li Toshkent O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti 1993-yil

60

Bezakli – badiiy buyumlar hunarmandchiligi yuksak darajaga ko’tarildi. Uning rivojlanishi me’morchilik, rassomchilik, naqqoshlik , maishiy buyumlar ishlash bilan o’zaro bog’lanish yo’li bilan birga qo’shilib boradi. Har xil san’at turlarini bir – biriga bog’lanib ketishi, yog’och va toshga o’yib naqsh solishda ham, gilam to’qishda ham, qo’lyozma kitoblarni bezashda ham, metal va sopol idishlarni bezash na’munalarida ham yaqqol namoyon bo’ladi.



Amir Temur va temuriylar davrida sharqda doimiy urushlar bo’lishiga qaramasdan, ular dunyo taraqqiyotiga diniy ilmlar va dunyoviy fanlarni barqaror taraqqiy etishiga katta e’tibor bilan qarashgan.

O’rta Osiyo ma’naviy – madaniy taraqqiyotida Amir Temur va Ulug’bekning hizmatlari katta bo’lgan. Movarounnahrda ilm – fan, adabiyot, xullas, ma’naviy madaniyat barq urib rivojlangan. Fanning ko’plab sohalari gurkirab o’sdi.Tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqdi, ular jahon madaniyati va faniga munosib hissa qo’shdilar. Temiylar davrida ayniqsa ilmi nujum – astranomiya fani yuksaldi. Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshidva Ali Qushchilar ijodi kamolot cho’qqisiga ko’tarilgan edi.

Gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishildi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Nizomiddin Shomiy, Hofiz Abro’, Abdurahmon Samarqandiy, Xondamir, Zayniddin Vosifiy va boshqalar tarix sohasida barakali ijod qildilar.

YUNESKOning bosh direktori Fedireko Mayor janoblarining tashabbusi bilan 1996-yilda YUNESKO qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi ” mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiya va ko’rgazma ochilgan edi. Bu tadbirlar mamlakatimizni Amir Temur siymosida, u homiylik qilgan madaniy, ma’naviy meros orqali yana bir bora tanitdi. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek Amir Temur olimlar, munajjimlar, hofizlar, mashoyihlarga g’amho’rlik qilishda ham nom chiqargan davlat arbobi bo’lganligi, Temuriylar davrida haqiqatda ham ilm-fan, madaniyat va ma’rifat behad ravnaq topganligi va uni gullab – yashnashini Sharq Uyg’onish davri deb ta’riflashga to’g’ri keladi.

Xullas, Amir Temur va Temuriylar tomonidan yaratilgan qadriyatlarni o’rganishimiz, u ulug’ zotlardan qolgan ma’naviy va madaniy merosni asrab – avaylashimiz yo’lidabor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilishimiz lozim.

61

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati



Asosiy adabiyotlar:

1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent.: ”O’zbekiston”



2011-yil
  1. Sh. Mirziyoyev.Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent “O’zbekiston” 2017-yil


  2. Sh. Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent “O’zbekiston” 2017-yil

  3. Shavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent “O’zbekiston” 2017 - yil

  4. Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik. Toshkent “O’zbekiston” 2021 – yil

Darslik va o’quv qo’llanmalar:

  1. Amir Temur Ko’ragon “Zafar yo’li” (tarjimai hol) Toshkent - Nur - 1992

  2. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. 1-2- jildlar. – T., “Mehnat” 1992-yil

  3. I.Mo’minov. Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va ro’li Toshkent O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti 1993-yil

  4. B. Ahmedov. Tarixdan saboqlar. Toshkent “O’qituvchi” 1994 - yil

  5. B.Ahmedov .Sohibqiron Temur. A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti Toshkent 1996-yil

  6. B,Ahmedov, U.Uvatov, G’.Karimov va boshqalar.- Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlar xotirasida. Toshkent “O’qituvchi” 1996-yil

  7. Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san’at. – T.: G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashr., 1996.

  8. Amir Temur jahon tarixida “Sharq” Toshkent 1996-yil

  9. Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. – T., “O’zbekiston” 1996 - yil

  10. I.A.Karimov. Amir Temur – faxrimiz, g’ururimiz Toshkent “O’zbekiston” 1997- yil

  11. Amir Temur saboqlari “Xalqaro Amir Temur xayriya jamg’armasi” Toshkent 1997 yil

  12. Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma.- T., “Sharq” 1997- yil

  13. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. – T., “Sharq” 2000-yil

  14. B.Ahmedov. Amir Temur o’gitlari.Toshkent “O’zbekiston” 2007-yil

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Komilov N. Tasavvuf yoki inson komili. – T.: “Yozuvchi”, 1996-yil

  2. Tulenov J. Qadriyatlar falsafasi. – Toshkent.: “O’zbekiston”1998-yil

  3. Boboyev X. va boshqalar. Madaniyatshunoslik asoslari. – Toshkent.:2001- yil

  4. Quranboyev Q., Abdurahmonov M, Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch asarini o’qitsh bo’yicha o’quv-uslubiy qo’llanma. “Universitet”, Toshkent.”:2010

  5. Rahmonov N., B. Matboboyev. O’zbekistonning ko’hna turkiy-run yozuvlari. – Toshkent.: 2006-yil

Internet ma’lumotlari:


  1. “Xalq so’zi” gazetasi –www info XS. Uz.

  2. “Turkiston” gazetasi - www turkiston sarkor. uz.

  3. “Ma’rifat” jurnali - www ma’rifat – inform.

  4. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali - www rzult academy freenet uz.

  5. “Moziydan sado” jurnali - www moziy dostlink. Net

  6. www.mfa.uz.

  7. www.press-servise.uz.

  8. www.literature.uz.

  9. www. Ziyo net.uz.


63
Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish