2.3. Bob bo’yicha hulosa
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi chinakam mahorat egasi bo’lishi kerak.
bilimdonlik, umuman, o‘z faoliyatini jahon pedagogik madaniyati darajasida ishlab chiqilgan tajribalar asosida tashkil etish qobiliyati;
kasbiy yutuqlarini uzluksiz rivojlantirish maqsadida o‘z tasarrufidagi mavjud vositalar (mutaxassislik va ixtisoslik, uzluksiz ta’lim kurslari, o‘z shaxsiy faoliyatining natijalari bo‘yicha adabiyot va materiallar)dan foydalana olish;
o‘z tajribalarini umumlashtirish va boshqalarga bera olish;
har bir tarbiyalanuvchining alohida ehtiyoji bilan mutanosib bilim, ko‘nikma va malakalar orttira olish;
o‘z malakasini oshirish uchun turli kurs, seminar, konferensiyalarda ishtirok etish;
o‘z tajribalarini umumlashtirish va boshqalarga bera olish malakasida namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy, bilimli tarbiyachilar mustaqil, rejali ishlashga, o‘zining va o‘zgalarning vaqtini oqilona taqsimlashga, qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlashga, tezis va maqolalar yozishga o‘rganishi lozim. Tarbiyachi umumpedagogik mahoratni professional tarzda egallagan bo‘lishi, ya’ni:
real mavjud ijtimoiy psixologik hodisalar holatini, ularning paydo bo‘lish va rivojlanish sababalarini, shart-sharoitlari va xarakterini tahlil qila bilishi va baholay olishi;
shaxs va jamoa rivojlanishini rejalashtira bilishi;
ta’lim va tarbiyaning natijalarini tarbiyalanuvchilarning duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar va yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolarni oldindan ko‘ra bilishi;
ta’lim va tarbiya ishi metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarini asosli tarzda tanlay bilishi;
faoliyatga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va ijodiy yondasha olishi va didaktik jihatdan tayyorlana olish;
bolalarni faoliyati har xil turlarini mavjud pedagogik imkoniyatlarini aniqlab, harakatga keltira olishi;
ta’lim va tarbiya metodlarini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tarzda qo‘llana bilishi;
bolalarni xulq-atvori, intizomi va faolligini idora qila bilishi;
tashqi ko‘rinishi va qilmishlariga qarab bolalarning psixik holatidagi o‘zgarishlarni aniqlay bilishi, o‘zini xayolan tarbiyalanuvchilar o‘rniga qo‘yib ko‘ra bilishi;
bolalarni ergashtira olishi, ularni ijtimoiy jihatdan qimmatga ega bo‘lgan yangi istiqbollarga qiziqtira bilishi;
bolalarning umumiy vazifani bajarishi uchun guruhlarga ajratish chog‘ida ularni o‘zaro munosabatlarini, shaxsiy maylligi va xushlamasligini inobatga olishi;
Mahoratli tarbiyachilar orasida keng tarqalgan ma’lum sifatlar mavjud bo’lib, tarbiyachi ularni ta’lim jarayonida qo’llash orqali yuqori samarali natijalarga erishishlarini ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |