O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maxsus sirtqi bo‘lim
“O‘zbekiston tarixi”
kafedrasi
“O‘ZBEKISTON TARIXI” fanidan
maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun
sessiya oralig‘i nazorat ishlari
TO‘PLAMI
(1-yarim yillik uchun)
34-ТОПШИРИҚ
Toshkent-2021 y.
|
MAXSUS SIRTQI BO‘LIM TALABALARI UCHUN FANLARDAN SESSIYA ORALIG‘I NAZORAT ISHLARINI
TAYYORLASH TARTIBI
Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari tomonidan bajariladigan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim oluvchi talabalar bajaradigan oraliq nazorat ishlaridan farqlanadi. Kunduzgi ta’lim shaklida o‘quv rejasidagi fanning ma’lum bob, bo‘lim yakuni bo‘yicha bir yoki ikki oraliq nazorat ishi olinsa, maxsus sirtqi bo‘lim talabasi esa bir sessiyadan ikkinchi sessiyagacha muayyan fan bo‘yicha o‘tiladigan boblar, bo‘limlar, mavzular yoki to‘la kursni ishlab chiquvchi amaliy topshiriqlarni turli shakllarda bajarishlari rejalashtiriladi.
Sessiya oralig‘i nazorat ishlarining maqsadi talabaning sessiya oralig‘ida muayyan fan bo‘yicha to‘liq tayyorgarligini ta’minlash hamda yakuniy nazoratga tayyorlashdan iborat. Sessiya oralig‘i nazorat ishlari asosiy baholash ishi vazifasini bajaradi va har bir fan bo‘yicha 70 maksimal ballni tashkil etadi. Fanning boblari, bo‘limlari va mavzulari bo‘yicha berilgan topshiriqlarning hajmi va mazmunini e’tiborga olgan holda oraliq baholash uchun ajratilgan 70 ball o‘zaro taqsimlanadi.
Sessiya oralig‘i nazorat ishida fanning barcha bo‘limlari mazmuni qamrab olinadi va ular turli mustaqil ish (nazorat savollari va topshiriqlari, test-sinov savollari, keyslar, mashqlar, misol va masalalar, tajriba natijalari, ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar, hisob-jadval ishlari va boshqalar) shakllarida bajarilishi ko‘zda tutiladi. Shuningdek, nazorat ishida qo‘yilayotgan har bir nazariy va amaliy masala talaba-o‘qituvchining amaliy faoliyati bilan bog‘lanishi hamda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda shakllantirilishi lozim.
Sessiya oralig‘i nazorat ishlarida fanning har bir bobi yoki bo‘limi alohida mustaqil ish turini qo‘llashdan iborat topshiriqlar to‘plami belgilanadi. Uni quyidagi namuna bo‘yicha tuzish mumkin:
1. Fan bo‘yicha har bir mavzu mazmunini yoritib beruvchi savollarga javob yozish. Bunda har bir mavzu bo‘yicha aniq savollar ro‘yxati tuziladi (har bir variantda 3 tadan savol bo‘lishi mumkin).
2. Har bir fan bo‘yicha test-sinov savollarini tavsiya etish. Bunda fan bo‘yicha test-sinov savollar bazasi tayyorlanadi. Test-sinov savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim (test-sinov savollari har bir variantda 30 tadan kam bo‘lmasligi kerak).
3. Har bir mavzu bo‘yicha keys-stadi texnologiyasi asosida topshiriqlar to‘plamiga javob berish. Bunda mavzu bo‘ycha muammoli keys topshiriqlari tayyorlanadi.
4. Fanning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, mashqlar, misol va masalalar to‘plamini tayyorlash.
5. Talabaning amaliy faoliyati bilan bog‘liq tajriba ishi vazifalarini bajarish. Bunda talabaning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq tajriba o‘tkazish mavzulari banki yaratiladi.
6. Talabaning o‘z kasbiy amaliy faoliyati tajribalari asosida metodik ishlanmalari va tavsiyalarini tayyorlash va bayon etish.
Sessiya oralig‘i nazorat ishlari topshiriqlari har bir fanning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Fan bo‘yicha sessiya oralig‘i nazorat ishi har bir talabaga individual variantdan iborat bo‘ladi hamda kafedra tomonidan Maxsus sirtqi bo‘limga elektron variantda taqdim etiladi.
Maxsus sirtqi bo‘lim talabasi tomonidan bajarilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari o‘quv sessiyasiga kelgan paytning birinchi kuni “Maxsus sirtqi bo‘lim”ga taqdim etiladi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Taqdim etilgan sessiya oralig‘i nazorat ishlari kafedra mudiri raisligida komissiya tomonidan baholanadi.
Fan bo‘yicha yakuniy baholash uchun test savollari bazasi (kamida 200 ta) tayyorlanadi va Maxsus sirtqi bo‘limga elektron variantda taqdim etiladi. Taqdim etilgan test savollari yozma shaklda hamda kompyuter texnologiyalari orqali nazorat qilishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
(Mazkur «Maxsus sirtqi bo‘lim talabalari uchun fanlardan sessiya oralig‘i nazorat ishlarini tayyorlash tartibi» Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch bo‘lgan kafedralar Kengashining 2018 yil 8 yanvardagi 2-sonli qo‘shma yig‘ilishi bayoni bilan ma’qullangan).
Do'stlaringiz bilan baham: |