OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАЪLIM VАZIRLIGI
OʼZBEKISTON JURNАLISTIKА VА OMMАVIY KOMMUNIKАTsIYaLАR UNIVERSITETI
ORALIQ NAZORAT ISHI
Mavzu: XIX asr Rus Jurnalistikasi
44-21 GURUH SPORT JURNALISTIKASI
Topshirdi: Shukrullayeva S
Qabul qildi: Namozova N
Eslatma: Oraliq nazorat ishini bajarishda maʼlumotlarni quyidagi —А.N Nurmatovning “GʼАRB JURNАLISTIKАSI TАRIXI” 2006 yil. kitobidan keng foydanildi va “Timts New Roman” garniturasidan yordamida yozildi”.
Toshkent 2022 yil
Reja:
А) Rus jurnalistikasining oʼziga xos xususiyatlari.
B) «Maxsus jurnalizm”- matbuot taraqqiyotidagi yangi bosqich.
V) Yangi jurnalizmning yuzaga kelishi.
Matbuotning paydo boʼlishi va rivojlanishi koʼpincha “maxsus jurnalizm” davri deb atashadi. Odatda. Bunda bir vaqtning oʼzida bosmaxona xizmatchisi va jurnalist mansablarini oʼzida jamlagan bugungi kasblarning oʼsha davrda bir odam tomonidan boshqarilishi tushuniladi. V.V. Uchenova shunday deb yozadi: Taniqli yozuvchi D.Defo ham shunday kasb egasi boʼlgan. U qiyinchiliklardan qoʼrqmay toʼqqiz yil davomida oʼzining shaxsiy bosmaxonasida «Revyu”degan vaqtli nashrni chop etgan. Mazkur davrda “Rossiyada P.Sumarokov ishchan asalarilari” (1759), N.Novikov “Trutenь”, “Rassom”, “Kartmon” (1796-1774) kabi nashrlarni chiqaradi. Fikrimizcha «maxsus jurnalizm”maʼnosini boshqa tarzda talqin etish ham mumkin. Oʼsha zamon yoki asrda iz qoldirgan yorqin publitsistik asarlarni maxsus jurnalizm deb atash joiz boʼlsa kerak.
Jurnalistika tongida bunday asarlar kam boʼlganligi bois, ularning eʼlon qilinishi zamondoshlar uchun ulkan voqea boʼlardi. Gazeta sahifalarida zʼlon qilinayotgan xabarlar hissiz boʼlib,rasmiy axborotga oʼxshardi. Аlbatta bunday jurnalistika ommani ijtimoiy hayotga tortishda, ularni ijtimoiy aloqalar qatnashchisiga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga jurnalistikaning dunyo miqyosida ijtimoiy institutga aylanishida XVIXVI asrlardagi maxsuslashtirilgan publitsistika gʼam katta yordam berdi. U jurnalistikaning yanada samarali va muhim ommaviy ijtimoiy institutga aylantirdi. Аsrning boshida, yaʼni 1702 yil 16 dekabrda shoh Petr 1 rus gazetasini nashr etishga farmon berdi. Dekabrda gazetaning bir nechta soni chiqqan boʼlsa, 2 yanvardan boshlab u muntazam bosila boshlandi.Gazeta avvaliga 200 nusxadan chop etilgan boʼlsada, keyinchalik uning nusxasi orta borib 400 taga yetdi. Nashr «Moskva davlati va boshqa mamlakatlarda sodir boʼlgan xarbiy va boshqa ishlar hamda arzirli bilim va xotiralar hamda maʼlumot”deb atalgan. Nashrning ilk sonlarida bosilgan maʼlumotlar oʼzining qisqaligi va loʼndaligi bilan zamon gazetalarida beriladigan telegraf usulida yozilgan xabarlardan kam farq qiladi. Gazeta 1728 yilgacha mazkur nom bilan chiqib, keyinchalik qisqacha «Sankt – Peterburg axborotnomasi”degan nom ostida nashr qilina boshladi.Tezkor aloqa bogʼlash vositalari hisoblangan telefon-telegraf va boshqalar yaqinda paydo boʼldi. Oʼsha davrning asosiy aloqa bogʼlash vositalari otlar, kaptarlar, choparlar va paroxodlar edi. Koʼpincha boshqa mamlakatlardan olingan xabarlar gazetada eʼlon qilungungacha ancha eskirib qolar, ammo boshqa yangiliklar boʼlmaganligi bois eʼlon etilayotgan xabarlar oʼsha
kun uchun maʼlumot sifatida qabul qilinar edi.
АDABIYOTLAR:
1) Zaparov А.V. Russkaya jurnalistika XVIII veka. M., 1964.
2) Istoriya russkaya jurnalistiki XVIII – XIX vekov. (Berezina V.G.,Dementьev А.G.,
Yesin B.I., Zapadova – M., 1963).
3) Yesin B.I. Istoriya russkoy jurnalistiki XIX veka. –M., 1989.
4) Tatarinov L.E. Istoriya russkoy literaturoʼ jurnalistiki XVIII veka. – M., 1982.
Mavzu boʼyicha savollar:
a) Petr 1 farmoni bilan tashkil etilgan gazeta qachon va qaerda chiqarildi.
b) Rossiyada chiqarilgan ilk gazetalar?
v) Rossiya matbuotining oʼziga xos xususiyatlari?
g) XX asr rus matbuotining oʼziga xos xususiyatlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |