O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Gidroid  poliplar  –  Hydroidea  kenja  sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Gidroid  poliplar  –  Hydroidea  kenja  sinfi.  Gidroidlar  orasida  eng  sodda  tuzilgan 
chuchuk suv gidralari hisoblanadi. Gidralar tanasi cho‘ziq qopcha yoki silindrga o‘xshash; og‘iz 
tomoni  oral  qutb,  tovon  tomoni  esa  aboral  (ya‘ni  oral  qutbga  qarama-qarshi)  qutb  deyiladi; 
substratga yopishgan tomoni tovon deyiladi.  


Tuzilishi.  Gidra  tana  devori  tashqi  ektoderma  va  ichki  endodermadan  tuzilgan.  Bu  ikki 
qavatni bazal parda ajratib turadi. Ektoderma va endoderma gastral tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. 
Gastral  bo‘  shliq  og‘iz  teshigi  orqali  tashqariga  ochiladi.  Og‘iz  teshigini  5  dan12  tagacha 
paypaslagichlar  o‘rab  olgan.  Gastral  bo‘shliq    paypaslagichlar  ichida  davom  etadi  (33-rasm). 
Gidroidlarda ektoderma va endoderma hujayralari og‘iz teshigi chetida tutashadi. Shu sababdan 
ularda halqum - ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak bo‘lmaydi. 
Gidra  tanasi  bir  necha  xil  hujayralardan  tuzilgan.  Ektoderma  va  endoderma  qavatlarida 
silindrsimon  yoki  kubsimon  epiteliy  -  muskul  hujayralari  ko‘p    bo‘ladi.  Hujayralarni  bazal 
membranaga tegib turgan kengaygan tomonida muskul tolalari    bor.  Tolalar ektodermada  tana 
bo‘  ylab,  endodermada  ko‘ndalang  halqa  shaklda  joylashgan.  Boylama  muskullar  qisqarganida 
gidra  tanasi  va  paypaslagichlari  tortiladi.  Halqa  muskullar  qisqarganida  gidra  tanasi 
ingichkalashib uzayadi.
  
          Epiteliy-muskul  hujayralar  orasida  otuvchi  hujayralar-  pinetrantlar  bo‘ladi. 
Pinetrantlar  ichida  otuvchi  kapsula  bo‘ladi.  Kapsula  suyuqligida  mayda  tukchali    ilmoqsimon 
sanchiluvchi stilet bor. Otuvchi hujayraning maxsus sezgir tukchasi- knidotsel bo‘ladi (34-rasm). 
Knidotsel  18  ta  barmoqsimon  o‘simtalar  -  mikrovorsinkalar  bilan  o‘ralgan  xivchindanb  iborat. 
Biror  hayvon    xivchinga  tegib  ketganida  xivchin  mikrovorsinkalarga  tegib,  otuvchi  hujayrani 
qo‘zg‘atadi.  Otuvchi  kapsula  otuvchi  tolani  otib  chiqaradi.  Tola  hayvon  tanasiga  sanchiladi. 
Kapsula  ichidagi  suyuqlik  tola  nayi  orqali  o‘lja  tanasiga  oqib  o‘tadi.  Suyuqlik  mayda 
hayvonlarni  falajlashi  mumkin.  Bir  marta  foydalanilgan  otuvchi  hujayra  qayta  tiklanmaydi; 
uning o‘rniga boshqasi hosil bo‘ladi. Volventlar leb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar 
suyuqligi  kuydirish  xususiyatiga  ega.  Ularning  ipi  o‘lja  tanasidagi  tuklarga  o‘ralib  qolib,  uni 
ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar - glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Iplar 
yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib oladi. 
          Otuvchi  hujayralar  paypaslagichlarda  ko‘p  bo‘ladi.  Ektodermadagi  epiteliy  - 
muskul hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko‘p mayda interstitsial hujayralar to‘p bo‘lib 
joylashgan.  Ular  gidra  tanasidagi  boshqa  hujayralarni  hosil  qiladi.  Endoderma  qavati  asosan 
hazm  qilish  funktsiyasiga  ega  bo‘lgan  epiteliy-muskul  va  maxsus  bez  hujayralardan  iborat. 
Endoderma hujayralari 1-3 ta xivchinga ega; ular soxta oyoqlar hosil qilib, gastral bo‘shliqdagi 
zarralarni  qamrab  oladi.  Endodermada  bezli  hujayralar  gastral  bo‘shliqqa  hazm  shirasi  ishlab 
chiqarishi  tufayli  oziq  tana  bo‘shlig‘ida  hazm  bo‘ladi.  Gidra  har  xil  mayda  jonivorlar,  asosan, 
qisqichbaqasimonlar (dafniya, sikloplar) bilan oziqlanadi. 
Ko’  payishi  va  rivojlanishi.  Gidralar  jinssiz  va  jinsiy  ko‘payadi.  Jinssiz  ko‘payish 
kurtaklanishdan  iborat.  Bundaa  tana  o‘rta  qismida  bo‘rtiq  -  kurtak  hosil  bo‘ladi  (35-rasm). 
Kurtakning  uchki  qismida  og‘iz  teshigi  va  paypaslagichlar  hosil  bo‘ladi.  Kurtak  ona 
organizmidan  ajraladi;  suv  tubiga  tushib,  mustaqil  yashashga  o‘tadi.  Jinsiy  ko‘payish  kuzda 
sovuq  tushishi  oldidan  boshlanadi.  Ko‘pchilik  gidralar  ayrim  jinsli;  ayrim  oraliq  hujayralar 
bevosita  tuxum  hujayraga  aylanadi;  yoki  ko‘p  marta  bo‘linib,  spermatozoidlarni  hosil  qiladi. 
Odatda tovonga yaqin joyda tuxum, og‘izga yaqin joyida urug‘ hujayralar hosil bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish