Asosiy iboralar: ektoderma, endoderma, mezogleya, amyobatsitlar, oskulum,
xoanotssitlar,arxeotsitlar, paragastral boshliq, askon, sikon, leykon, amfiblastula, pseudogastrula,
gemmula
Mavzuning mazmuni:
G‘ovak tanalilar - o‘troq yashovchi tuban ko‘p hujayrali hayvonlar. Asosan dengizlarda,
ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. To‘qima va organlari rivojlanma-gan, tanasi bir
necha xil hujayralardan va hujayra orasidagi moddalardan iborat. Tana bo‘shlig‘i xoanotsitlar
deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan. Nerv sistemasi rivojlanmagan.
Tanasida juda ko‘p mayda teshikchalari va ulardan tana bo‘shlig‘iga qarab ketadigan naychalari
bo‘ladi. Ana shu naychalar orqali g‘szaktanlilar tanasidan to‘xtovsiz suv o‘tib turadi. Deyarli
hamma vakillari ohaktosh (SaS0
3
) yoki silikat (Si0
2
)dan iborat mineral yoki organik skeletga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: