Odam faoliyatining hayvonlarga ta′siri. Odamlar qadimdan hayvonlarni ovlashgan.
Lekin tosh va tayo‘q bilan ov qilingan davrda odam hayvonlar soniga sezilarli ta′sir
ko‘rsatmagan. O‘qyoyning kashf etilishi va ovchilik qurollarining takomillashuvi bilan
insonning hayvonlar soniga ta′siri ham kuchayib borgan. Ko‘p ovlanishi tufayli dastlab
mamontlar, qora mollarning yovvoyi ajdodi yevropa turi, yirik dengiz hayvoni – stellerov sigiri,
otlar ajdodi tarpan va boshqa bir qancha hayvonlar butunlay qirilib ketdi. Agar 17 asrgacha
inson aybi bilan 150 tur umurtqali hayvon yo‘qolib ketgan bo‘ lsa, 20 asr davomida bunday
hayvonlar soni 600 dan oshdi. Insoniyat tarixi davomida yo‘q bo‘lib ketgan sutemizuvchilarning
120 turidan 47 tasi 20 asrga to‘g‘ri keladi. Hozirgi davrda yer yuzida har bir sutka davomida
bittadan hayvon turi yo‘qolib bormoqda. Batamom yo‘qolib ketgan hayvonlar qatoriga 20 asr
boshlarigacha Amudaryo va Sirdaryo o‘zanlarida yastanib yotgan to‘qaylarda yashagan turon
yo’lbarsini ham kiritish mumkin.
Odamning xo‘jalik faoliyati ta′sirida bir qancha hayvonlarning soni keskin kamayib,
ularning qirilib ketish xavfi tug‘ilgan. Hozir Avstraliyadagi xaltali sutemizuvchilarning 35 turi
yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Bunday hayvonlar qatoriga bir vaqtda keng tarqalgan, hozir
esa faqat hayvonot bog‘lari va qo‘riqxonalarda saqlanib qolgan buxoro bug‘usi- xongul, zubr,
Prjevalskiy oti, los, yo‘rg‘a tuvaloq kabi ko‘plab hayvonlarni kiritish mumkin.
Tabiatda hayvonlar sonining keskin kamayib borishi faqat ularni ovlash yoki qirib
yuborish bilan bog‘liq bo‘lib qolmaydi. Qo‘riq yerlarning o‘zlashtirilishi, to‘g‘on qurilib, suv
havzalari paydo bo‘lganida daryo vodiylarining suv ostida qolib ketishi yoki daryo o‘zanlari
qurib, to‘qaylarning yo‘qolishi, botqoqliklarning quritilishi va boshqa omillarning ta′siri tufayli
hayvonlar yashash muhitining buzilishi ham katta ta′sir ko‘rsatadi. Masalan, cho‘ldagi qo‘riq
yerlar o‘zlashtirilib, ekin ekiladigan bo‘lsa, cho‘l muhitida yashaydigan hayvonlar
(kaltakesaklar, ilonlar, toshbaqalar, qushlar, yumronqoziqlar, qo‘ng‘izlar va boshqalar) yangi
muhitga dosh berolmasdan qirilib ketadi, boshqalari yangi joyga ko‘ chib o‘tishadi. Shuning
bilan birga yangi o‘zlashtirilgan yerda birmuncha nam sharoitda yashashga va yashil o‘simliklar
bilan oziqlanadigan umurtqasiz hayvonlar (shiralar, qandalalar, kapalaklar qurtlari va boshqa
hasharotlar) soni tez ortib boradi.
Hayvonlarga qishloq xo‘ jalik zararkunandalariga va ekinlarning kasalliklariga qarshi
qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar ham katta ta′sir ko‘rsatadi. Zaharli moddalar o‘simlik
to‘qimalaridan o‘txo‘r hayvonlarga va ulardan yirtqich yoki etxo‘r hayvonlarga o‘tib, ularni
o‘ldirishi mumkin.
Tabiiy muhitning sanoat chiqindilari, suv havzalarini dalalardan oqib keladigan kimyoviy
moddalar, dengiz va okean suvlarini neft mahsulotlari bilan ifloslanishi hayvonot dunyosiga
ayniqsa katta salbiy ta′sir ko‘rsatadi. Yirik tankerlar halokatga uchrab, neftning suvga to‘kilishi
suv hayvonlarini (sutemizuvchilar, qushlar, baliqlar, umurtqasizlar)ni yoppasiga qirilib ketishiga
olib kelishi mumkin
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |