O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Qiloyoqlilar  (Pedipalpi)  turkumi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Qiloyoqlilar  (Pedipalpi)  turkumi.  Tashqi  tuzilishi  chayonlarga  birmuncha  o‘  xshash, 
lekin  qorin  bo‘limi  ikki  qismga  bo‘  linmagan  (134-rasm).  Ayrim  turlari  qorni  uchki  qismida 
uzun  ipchasi  bo‘ladi.  Pedipalpalari  qisqichga  yoki  tutuvchi  oyoqqa  aylangan.  Birinchi  juft 
yurish oyoqlari tuyg‘u vazifasini bajaruvchi uzun va ingichka qilni hosil qiladi. Qiloyoqlilar o‘ 
pkalar yordamida nafas oladi. Ular faqat tunda ov qiladi. 180 dan ortiq turlari ma‘lum, asosan 
tropik ikdimda tarqalgan. 
Solpugalar,  ya‟ni  falangalar  (Solifugae)  turkumi.  Yirik  hayvonlar,  uzunligi  odatda 
50-70 mm, ayrim vakillari 10-15 sm keladi. Tanasi qo‘ng‘ir-sarg‘ish tusda bo‘ladi. Solpugalar 
tanasining  ko‘p  sonli  bo‘g‘imlarga  bo‘linganligi  bilan  boshqa  o‘rgimchaksimonlardan  farq 
qiladi.  Boshko‘kragi  ikki  qismdan  iborat  (134-rasm).  Boshko‘krakning  to‘rtta  bo‘g‘imning 
qo‘shilishidan  hosil  bo‘lgan  oldingi  qismida  xelitsera,  pedipalpa  va  ikki  juft  qorin  oyoqlari; 
ikkita  erkin  joylashgan  bo‘  g‘imdan  iborat  keyingi  qismida  ikki  juft  yurish  oyoqlari  bor. 
Oldingi  boshko‘  krak  qismini  yirik  bosh  qalqoni  yopib  turadi.  Qalqon  oldingi  chetida  bir  juft 
ko‘  zlari  joylashgan.  Xelitseralari  juda  yirik,  ularning  asosiy  bo‘  g‘imi  yo‘  g‘on,  qisqichlari 
kuchli  rivojlangan  o‘  tkir  xitin  tishchalar  bilan  ta′minlangan.  Yirik  pedipalpalari  yurish 
oyoqlariga birmuncha o‘ xshash, lekin tirnokdari bo‘ lmaydi. Pedipalpalar harakatlanish, tuyg‘u 
yoki o‘ ljani tutib turish uchun xizmat qiladi. Qo‘ shilayotganda erkagi pedipalpalari yordamida 
urg‘ochisini ushlab turadi. 
Solpugalarning  2  juft  oldingi  oyoqlari  nisbatan  kaltaroq  va  ingichkaroq  bo‘lib,  tuyg‘u 
vazifasini  bajaradi.  Qolgan  ikki  jufti    haqiqiy  yurish  oyoqlari  nisbatan  uzun,  panjalari 
bo‘g‘imlarga bo‘lingan, uchki qismida tirnoqlar bo‘ladi. Qorin bo‘limi o‘nta bo‘g‘imdan iborat, 
har  bir  bo‘g‘imida  tergit  va  sternit  bor.  Qorin  bo‘limi  birmuncha  ingichkaroq  bo‘g‘im  orqali 
ko‘krak bilan tutashadi. 
Solpugalarning  tanasi  va  oyoqlari  juda  ko‘p  har  xil  uzunlikdagi  tuklar  va  qillar  bilan 
qoplangan. Ular juda  tez  yuguradi  va  yaxshi sakraydi,  tik joylarga ham  oson  chiqa oladi. To‘ 
qnash  kelganida dushmanini qo‘  rqitishga urinadi.  Buning  uchun u tanasining oldingi  qismini 
ko‘tarib  qisqichlarini  ochadi;  pedipalpasi  va  oldingi  oyoqlarini  ko‘tarib,  dushmaniga  hamla 
qiladi, ayrim turlari hatto xelitseralarini ishqalab, g‘ichirlashga o‘xshash ovoz ham chiqaradi. 
Ko‘  pchilik  solpugalar-  tungi  yirtqich  hayvonlar,  kunduzi  ular  toshlar  orasiga,  kemi-
ruvchilar  yoki  o‘zlari  kovlagan  inlarga  yashirinib  oladi.  Kechasi  ov  qilishga  chiqqan 
solpugalarni  sun‘iy  yorug‘lik,  ayniqsa  ultrabinafsha  nurlar  jalb  qiladi.  Faqat  ayrim  turlari, 
jumladan  O‘rta  Osiyo  hududida  tarqalgan  uncha  katta  bo‘lmagan  oqish  tillarang  kunsevar 
solpuga kunduzi faol hayot kechiradi. 
Solpugalar juda ochko‘z bo‘lib, hasharotlar, ko‘poyoqlar, o‘rgimchaklar, zahkashlar va 
boshqa hayvonlar bilan oziqdanadi. Yirik turlari hatto qushlar jo‘asi, mayda kaltakesaklar yoki 
kemiruvchilar  bolasiga  ham  hujum  qilishi  mumkin.  Ular    o‘ljasini  terisini  xelitseralari 


yordamida  yirtib,  jarohatlangan  joyga  so‘lagini  tomizadi.  So‘lak  ta‘sirida  suyulgan  oziqni 
so‘rib oladi. Solpugalar- yeb toymaydigan hayvonlar. Qo‘lda boqilayotgan solpuga qorni to‘lib 
yorilib  ketgandan  so‘ng  ham  uning  xelitseralari  harakatdan  to‘xtaguncha  ovqat  yeyavergan. 
Solpugalar so‘ lagi  zaharli  emas. Yirik solpugalar xelitserasi  odam  terisini  qonatishi mumkin. 
Ba‘zan xelitseralardagi oziq qoldig‘i jarohatlangan joyga tushib, terini yallig‘lantiradi. 
Solpugalar  pedipalpalari  yordamida  hid  biladi.  Erkagi  hidi  orqali  urg‘ochisini  tunda 
topib  oladi.  Erkagi  urug‘  bilan  to‘lgan  spermatoforini  urg‘ochisi  jinsiy  teshigiga  joylaydi. 
Urug‘langan  urg‘ochi  in  qazib,  20  dan  200  gacha  tuxum  qoyadi  va  tuxumdan  chiqqan  yosh 
naslini qo‘riqlaydi. 
Ko‘pchilik  solpugalar  tropik,  subtropik  va  mo‘tadil  mintaqalar,  asosan  quruq  dasht  va 
cho‘llarda  hayot  kechiradi.  Bu  turkumga  60  dan  ortiqroq  tur  kiradi.  Ular  ayniqsa  Afrika  va 
Janubi-G‘arbiy  va  Markaziy  Osiyoda  keng  tarqalgan.  O‘rta  Osiyo,  Kavkaz,  Qrimda  va 
Rossiyaning  janubiy  hududlarida  Galeodes  urug‘i  va-killari  ko‘p  uchraydi.  Ular  orasida  5  sm 
keladigan  oddiy  solpuga  Galeodes  araneoides  keng  tarqalgan.  Markaziy  Osiyo  cho‘  llarida 
tarqalgan qo‘ ng‘ir-sarg‘ish qora tukli kaspiy solpugasi - Galeodes caspius uzunligi 6,5 sm ga 
yetadi.  Qoraqumda  uchraydigan  tutunrang  solpuga  (Galeodes  fumigatus)  yanada  yirikroq 
bo‘lib,  uzunligi  7  sm  ga  yetadi.  Karshia  urug‘iga  mansub  uncha  yirik  bo‘lmagan  sarg‘ish 
solpugalar O‘rta Osiyo va Kavkazorti tog‘li va tog‘oldi hududlarida tarqalgan. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish