O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 17-18-19  MARUZA: HALQALI CHUVALCHANGLAR (ANNELIDES) TIPI (6 
SOAT) 
 Ma‘ruza rejasi: 
1. Halqali chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va klassifikatsiyasi. 
2. Koptuklilar sinfi, nereis misolida tashqi va ichki tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. 
3. Koptuklilarning xilma-xilligi, tarqalishi va ahamiyati. 
4. Kamtuklilar sinfi, tashqi tuzilishi, kopayishi va rivojlanishi. 
5. Kamtuklilarning xilma-xilligi.  
6. Kamtuklilarning tabiatda va qishloq xojaligidagi ahamiyati. 
7. Zuliuklar sinfi, tiubbiyot zulugi misolida tashqi va ichki tuzilishi, 
8. Zuluklarning  xilma-xilligi va ahamiyati. 
9. Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi. 
  
Tayanch  iboralar:  prostomium,  peristimium,  parapodiylar,  palpalar,  qillar,  jigildon, 
oshqozon,  septalar,  selom,  pilla,  belbog,  teri  jabralari,  yopiq  qon  aylanish  doirasi, 
metanefridiylar, troxofora, koprolit, biogumus, qorin nerv zanjiri, jagli zuluklar, girudin. 
Halqali  chuvalchanglar  tipining  umumiy  tavsifi.  Halqalilar  9000  dan  ortiq  yuksak 
tuzilgan  chuvalchanglar  turlarini  o‘z ichiga oladi. Ularning tanasi  bosh, bo‘g‘imlarga bo‘lingan 
gavda  va    anal  bo‘limlardan  iborat.  Teri  -  muskul  xaltasi  yaxshi  rivojlangan.  Tana  bo‘shlig‘i 


ikkilamchi  -  selom  tana  bo‘  g‘imlariga  mos  keladigan  alohida  selomik  xaltalarga  bo‘lingan. 
Og‘iz  teshigi  birinchi  bosh  bo‘g‘imi  -  prostomium  ostida  joylashgan.  Hazm  qilish  sistemasi 
yaxshi  rivojlangan.  Qon  aylanish  sistemasi  odatda  yopiq.  Ayirish  organi  har  bir  bo‘g‘imda  bir 
juftdan  joylashgan  metanefridiylardan  iborat.  Markaziy  nerv  sistemasi  bir  juftdan  bosh  va 
halqumosti  nerv  gangliylari,  shuncha  halqum  atrofi  halqa  nerv,  nerv  stvoli  va  qorin  nerv 
zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiri bir juft bo‘ ylama nerv stvolidan hosil bo‘ladi. Nerv stvollari 
ko‘  pincha  o‘zaro  yaqinlashib  qo‘shilib  ketadi.  Stvollar  boylab  har  bir  tana  bo‘g‘imida  bir 
juftdan nerv gangliylari joylashgan. Ko‘pchilik tuban tuzilgan halqalilar ayrim  
jinsli, metamorfoz orqali rivojlanadi, lichinkasi troxofora deyiladi. 
Halqalilar tipi belbog‘lilar va belbog‘sizlar 2 kenja tiplariga ajratiladi. 
Belbog‘sizlar  (Aclitellata)  kenja  tipi.  Belbog‘sizlar  ayrim  jinsli,  jinsiy  sistemasi  oddiy 
tuzilgan.  Tanasida  belbog‘i  bo‘lmaydi.  Lichinkasi  troxofora  metamorfoz  orqali  rivojlanadim. 
Belbog‘sizlar ko‘ptuklilar sinfini o‘z ichiga oladi. 
Belbog‘lilar  (Clitellata)  kenja  tipi.  Belbog‘lilar-  germafrodit  hayvonlar.  Jinsiy  bezlari 
metamer  joylashgan.  Tanasida  belbog‘i  rivojlangan.  O‘zgarishsiz  rivojlanadi.  Bu  kenja  tip 
kamtuklilar va zuluklar sinflariga bo‘linadi. 
Ko‘p tuklilar (Polychaeta) sinfi 
Ko‘ ptuklilar- tanasi har xil o‘simtalar bilan ta‘minlangan. Ularning bosh qismi - akronida 
bir  juft  pal‘palari  bor.  O‘troq  yashovchi  ko‘ptuklilarning  palpalari  jabralar"  deyiladi  juda  ko‘p 
shoxlangan  o‘simtalarni  hosil  qiladi.  Ko‘ptuklilar  tanasi  har  bir  bio‘g‘ida  bir  juftdan  harakat 
organlari - parapodiylari bo‘ladi. 
Tashqi tuzilishi. Tanasi cho‘ziq, silindrsimon  yoki bir oz  yassilashgan, 5 dan 800 gacha 
halqalardan  iborat.  Oldingi  og‘izoldi  bo‘limi  -  prostomium  va  oxirgi  anal  bo‘limi  pigidium 
boshqa  bo‘imlardan  farq  qilib,  tananing  bo‘g‘imlarga  bo‘linmagan  qismi  hisoblanadi.  Erkin 
yashovchi  tuban  tuzilgan  turlarining  halqalari  bir  xil  -  gomonom  tuzilgan.  O‘troq  halqalilar 
tanasining turli qismlaridagi bo‘g‘imlari esa har xil  - geteronom bo‘ ladi (74-rasm). Peristomium 
ko‘  pincha  2-3  ta  tana  bo‘g‘imlardan  hosil  bo‘ladi.  Uning  ostki  qorin  tomonida  og‘iz  teshigi 
joylashgan.  Bitta  yoki  bir  necha  tana  bo‘  imlarining  bosh  bo‘limiga  qo‘shilishi  sefalizatsiya 
deyiladi.  Bu  jarayon  bo‘g‘imoyoqlilarda  ham  sodir  bo‘ladi.  Prostomiumda  bir  juft 
paypaslagichlar, ya‘ni palplar va bir juft  yoki ko‘proq tuyg‘u organlari - antennalar joylashgan. 
Peristomiumda moylovlar, ya‘ni sirrilar bo‘ladi.  
P
Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish