O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Haqiqiy to‟garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Haqiqiy to‟garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi 
Nematodalar  turli  xil  muhitda  yashashga  moslashgan  bir  necha  o‘n  ming  turlarni  o‘z 
ichiga  oladi.  Ularni  deyarli  barcha  suv  havzalarida  va  tuproqda  uchratish  mumkin.  Ular  tuproq 
biotsenozida ko‘p hujayrali organizmlarning asosiy qismini tashkil etadi. Tuproqdagi har qanday 
chirish  jarayoni  ular  ishtirokisiz  o‘tmaydi.  Bir  qancha  turlari  odam,  hayvonlar  va  o‘simliklarda 
parazitlik qiladi. 
Tashqi  tuzilishi.  Duksimon  tanasining  oldingi  va  keyingi  uchi  ingichkalashgan,  ko‘ 
ndalang kesimi to‘garak shaklda. Tanasi oldingi uchida og‘iz teshigi, keyingi uchiga yaqin joyda 
anal  teshigi  joylashgan.  Tanasining  anal  teshigidan  keyingi  qismi  dum,  anal  teshigi  joylashgan 
tomoni  qorin  deb  ataladi.  Jinsiy  va  ayirish  sistemasi  teshiklari  ham  qorin  tomondan  tashqariga 
ochiladi.  Nematodalar  tanasi  sirtdan  ko‘p  qavatli  kutikula  bilan  qoplangan.  Kutikula  nematoda 
tanasini mexanik ta‘sir va zaharli moddalardan himoya qiladi. Bundan tashqari kutikula ichki bo‘ 
shliq  turgori  orqali  somatik  muskullar  uchun  tayanch  vazifasini  ham  bajaradi.  Kutikula  ostida 
joylashgan  gipoderma  birlamchi  lichinka  epiteliysi  hujayralarining  qo‘shilib  ketishidan  hosil 
bo‘ldi.  Nematodalar  tanasining  ikki  yon,  orqa  va  qorin  tomoni  boylab  to‘rtta  boylama  chiziq 
o‘tadi. Gipodermada ana shu chiziklarga mos keladigan to‘rtta yo‘g‘onlashuv hamda ular ostida 
boylama  muskullar  joylashgan.  Gipoderma  valiklari  muskul  qavatini  to‘rt  bo‘lakka  bo‘lgan. 
Orqa  va  qorin  muskullar  yordamida  nematoda  tanasini  dorzoventral  bukib,  yon  tomonida 
harakatlanadi. 
Muskul hujayralari ancha uzun (ot askaridasida 0,5 sm) bo‘ladi. Kutikula, gipoderma va 
muskul  qavatlari  birgalikda  teri-muskul  xaltasini  hosil  qiladi  (62-rasm).  Xalta  tana  bo‘shlig‘ini 
o‘rab turadi. Tana bo‘shlig‘i tayanch funksiyasi bilan birga moddalar almashinuvida ham muhim 
ahamiyatga  ega.  U  orqali  moddalar  ichakdan  muskullar  va  boshqa  organlarga  o‘tadi,  moddalar 
almashuvi  oxirgi  mahsulotlari  chiqarib  tashlanadi.  Nematodalarning  kiprikli  hujayralari 
bo‘lmaydi, hatto spermatozoidlari ham xivchinsiz bo‘ladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish