Oddiy g‟ovaktanlilar (Demospongia) sinfi. Ko‘pchilik g‘ovaktanlilar ana shu sinfga
kiradi. Skeleti kremniy yoki spongiydan yoki ularning har ikkalasidan iborat. Bu sinfga mansub
to‘rt o‘qli g‘ovaktanlilar turkumi turlarining skelet ninalari to‘rt o‘qli yoki uch o‘qli bo‘ladi.
Ularga yirik sharsimon geodiyalar (Geodia), alvon rangli dengiz apelsinlari (Tethya) avlodi,
po‘kak g‘ovaktanlilar (Suberitidae), parmalovchi govaktan-lilar (Clionidae) oilasi kiradi. Bu
sinfning kremniy-muguz skeletlilar (Demospongia) turkumiga tualet g‘ovaktanli zimokka (32-
rasm) va bodyagalar (Spongellidae oilasi) kiradi. O‘zbekistondagi chuchuk suv havzalarida
bodyaga (Spongilla) avlodiga mansub turlari tarqalgan.
8
И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |