O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Qon  sporalilari  -  Haemosporidia  turkumi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

 Qon  sporalilari  -  Haemosporidia  turkumi.  Qon  sporalilari  xo‘jayin  almashtirib 
rivojlanadigan bir necha o‘nlab turlarni o‘z ichiga oladi. Ularning jinsiy ko‘payishi qon so‘ruvchi 
pashshalar  ichagida,  jinssiz  ko‘payishi  esa  odam  va  boshqa  umurtqalilar  (qushlar,  sutemizuv-
chilar, sudralib  yuruvchilar) organizmida boradi.  Pashshalar ularning asosiy xo‘jayini, odam  va 
umurtqali  hayvonlar  esa  oraliq  xo‘jayini  hisoblanadi.  Qon  sporalilarining  sporogoniyasi  (spora 
ichida ko‘payishi) hech  vaqt  tashqi  muhitda emas, balki  odatda pashshalar organizmida boradi. 
Bu hasharotlar sporalilarni tashuvchilar hisoblanadi. 
Plasmodium  urug‘iga odamda parazitlik qiluvchi  to‘rtta tur kiradi.  Bu plazmodiylarning 
hayot  sikli  bir-biriga  o‘xshash  bo‘lib,  quyidagicha  boradi.  Bezgak  pashshasi  (Anopheles)ning 
urg‘ochisi  odam  qonini  so‘rganida  (erkak  pashshalar  qon  so‘rmasdan,  balki  gul  nektari  bilan 
oziqlanadi)  qonga  bezgak  plazmodiysining  juda  ko‘p  sporozoitlarini  o‘tkazadi  (17-rasm). 
Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar 
bo‘lib, tuzilishi koktsidiyalarning sporozoitlariga o‘xshaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun 
tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endotelyaysi (ichki epiteliy) hujayralariga kirib 
olib,  trofozoit  va  shizont  stadiyalarini  o‘taydi.  Jinssiz  ko‘payish  (shizogoniya)  natijasida 
shizontlardan  juda  ko‘p  bir  yadroli  hujayralar  -  merozoitlar  hosil  bo‘ladi.  Merozoitlar  endi 
zararlangan  organning  boshqa  hujayralariga  va  qon  eritrotsitlarga  kirib  olib  o‘sadi.  Parazitning 
eritrotsitlar 
gemoglobini 
hisobida 
oziqlanib 
o‘sadigan 
davri 
trofozoidlar 
deyiladi. 
Trofozoitlardan  bo‘linib  ko‘payuvchi  shizontlar  hosil  bo‘ladi.  O‘sayotgan  trofozoitlarda 
koktsidiyalar merozoitlaridagiga o‘xshash ultratsitostom bo‘lishi aniqlangan. Shizontlar eritrotsit 
hujayrasini  to‘ldirib  oladi.  Parazit  eritrotsitlar  gemoglobinining  bir  qismini  hazm  qiladi,  hazm 
bo‘lmasdan  qolgan  qismi  esa  qoramtir  pigment  melaninga  aylanadi.  Har  qaysi  eritrotsitlardagi 
har  bir  shizont  bo‘linib  (shizogoniya)  10-20  merozoit  hosil  qiladi.  Merozoitlar  eritrotsitlarni 
yemirib,  qon  plazmasiga  chiqadi  va  yangi  eritrotsitlarga  kirib  oladi.  Jinssiz  ko‘payish  yana 
takrorlanadi. 
Eritrotsitlar  yemirilganida  qonga  melanin  bilan  birga  zaharli  almashinuv  mahsulotlari 
chiqariladi. bumoddalar ta‘sirida odam  tanasi  harorati  keskin  ko‘tarilb,  bezgak huruj qiladi.  Bir 
necha  marta  shizogoniya  siklidan  keyin  parazit  ko‘payishdan  to‘xtaydi.  Eritrotsitlarga  kirgan 
merozoitlar o‘sib, shizontlar emas, endii  gametotsitlar (gameta hosil qiluvchi hujayralar)ni hosil 
qiladi.  Gametotsitlar  ikki  xil,  ya‘ni  birmuncha  yirik  -  makrogametotsitlar  va  mayda 
mikrogametotsitlar  bo‘ladi.  Gametotsitlarning  bundan  keyingi  rivojlanishi  chivin  (Anopheles
tanasida  davom  etadi.  Urg‘ochi  chivin  qon  so‘rganida  chivin  tanasida  makrogametotsitlar  yirik 
makrogametalarga, 
mikrogametotsitlar 
esa 
bo‘linib, 
5-6 
ta 
harakatchan 
 
mayda 
mikrogametalarga  aylanadi.  Chivin  ichagi  bo‘shlig‘ida  mikro-  va  makrogametalar  qo‘shilishib, 
urug‘lanish sodir bo‘ladi. Hosil bo‘lgan juda harakatchan zigota ookineta deyiladi. Zigota chivin 
ichagi devorini teshib, ichakning tana bo‘shlig‘iga qaragan devoriga o‘tib oladi. Bu yerda zigota 
elastik  po‘st  bilan  o‘ralib,  ootsistaga  aylanadi.  Ootsista  yadrosi  ko‘p  marta  bo‘linib, 
sporozoitlarni  hosil  qiladi.  Ootsista  qobig‘i  yorilgandan  so‘ng  sporozoitlar  tana    suyuqligi- 
gemolimfaga  chiqadi.  Gemolimfadan  sporozoitlar  chivin  so‘lak  bezlariga,  so‘ngra  so‘lak 
naylarga o‘tadi. Chivin chaqqanda parazitlar yana odam qoniga o‘tib, jinssiz ko‘paya boshlaydi. 
Bezgak  plazmodiysi  rivojlanishi  davomida  tashqi  muhitga  chiqmaydi.  Shu  sababdan  hayot 
siklida spora hosil qilmaydi. 


Shuning uchun bu tur paydo qilgan kasallik ham 4 kunlik  bezgak deyiladi. P.vivax juda 
keng  tarqalgan.  Uning  hayot  sikli  48  soat  davom  etadi.  Bezgak  ham  har  3  kunda  xuruj  qilib 
turadi.  P.falciparum  parazitida  shizogoniya  24  yoki  48  soat  davom  etadi,  lekin  bezgak  xuruji 
uzoq  davom  etadi  va  eng  xavfli  hisoblanadi.  P.falciparum  paydo  qilgan  kasallik  tropik  bezgak 
deb ataladi. P.ovale faqat Afrikada uchraydi. 
Bezgak  plazmodiysi  odam  qoniga  o‘tgandan  so‘ng  dastlabki  kasallik  alomatlari  paydo 
bo‘lguncha o‘tgan vaqt  kasallikning  yashirin, ya‘ni inkubatsiya davri deyiladi. Bezgak kasalligi 
inkubatsiya  davri  odatda  2  hafta,  ba‘zan  6  oy  va  undan  ko‘proq  ham  davom  etishi  mumkin. 
Kasallik haroratning juda tez va keskin (40° va undan  yuqori) ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Bir 
ozdan so‘ng harorat yana meyorga keladi, lekin isitmalash har doim ma‘lum vaqt (24, 48 yoki 72 
soat)  o‘tgandan  so‘ng  takrorlanib  turadi.  Bezgak  xuruji  shizogoniya  natijasida  hosil  bo‘lgan 
merozoitlarning  eritrotsitlardan  qon  zardobiga  chiqish  davriga  to‘g‘ri  keladi.  Bezgakda  kuchli 
anemiya (kam qonlilik) paydo bo‘ladi. 1mm
3
 qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mln dan bir 
mln gacha tushib qoladi. Kasal kishining qoni, jigari va talog‘ida melanin ko‘payib, jigari shishib 
ketadi. 
Bezgak XIX asrning oxiri va XX asrning 40-yillarigacha Kavkaz, O‘rta Osiyo, Volganing 
o‘rta va quyi qismi va Ukrainada keng tarqalgan edi. 1935 yilning o‘zida mazkur xududlarda 9 
mln. kishi bezgakka chalinganligi ma‘lum. O‘sha davrda bezgak Afrika, Janubiy Amerika, Osiyo 
va  Yevropa  mamlakatlarida  tarqalgan  edi.  30-yillarda  faqat  Hindistonning  o‘zida  har  yil  100 
mln.dan  ortiq  kishi  bezgak  bilan  og‘rigan.  Keyingi  yillarda  chivinlarga  qarshi  kurashning 
biologik  usullari  tobora  ko‘proq  yoyilmoqda.  Xususan,  iqlim  birmuncha  iliq  bo‘lgan  joylarda 
bezgak  chivini  lichinkasini  yo‘qotish  uchun  hovuz  va  ko‘llarda  gambuziya  balig‘i 
ko‘paytirilmoqda.  Shuning  bilan  birga  bezgak  chivinlariga  qarshi  genetik  usullar  ham  ishlab 
chiqildi. Buning uchun erkak chivinlar yig‘ib, rentgen nuri ta‘sirida sterillangach, tabiatga qoyib 
yuboriladi.  Chivinlar  urg‘ochisini  urug‘lantiradi,  lekin  urug‘langan  tuxumlardan  lichinkalar  
chiqmaydi, yoki tuxumdan chiqqan lichinkalar normal rivojlana olmaydi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish