O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


O‟simliksimon  xivchinlilar  (Phytomastigina)    kenja  sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

O‟simliksimon  xivchinlilar  (Phytomastigina)    kenja  sinfi.    Bu  kenja  sinfga  yashil 
rangli, yorug‘lik ta‘sirida fotosintez qiladigan xivchinlilar kiradi.  
Tuzilishi.  Yashil  xivchinlilar  hujayrasi  duksimon,  silindrsimon,  sharsimon  yoki  boshqa 
shaklda  bo‘lib,  sirtdan  kletchatka  yoki  unga  o‘xshash  pellikula  bilan  qoplangan.  Usimliksimon 
xivchinlilar  xivchinlari  1-2  tadan  bir  necha  yuz,  hatto  minggacha  bo‘lishi  mumkin.  Tananing 
xivchin  joylashgan  tomoni  oldingi  qutb  hisoblanadi.  Xivchinlar  uzunligi  ham  har  xil,  ba‘zan 
tanadan ham uzun bo‘lishi mumkin. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o‘xshab buralib kirishi 
natijasida hayvon oldingi tomoni bilan suzadi. Ko‘pchilik turlarida yorug‘likni sezishga yordam 
beradigan qizil dog‘ ko‘zchasi - stigma ham bor. 
Oziqlanishi. Xivchinlilarning xlorofill saqlovchi xromatoforlari plastinka yoki donachaga 
o‘xshash bo‘lib, har bir hujayrada ularning soni 1-2 ta yoki juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular ham 
o‘simliklar  singari  muhitdan  karbonat  angidrid  va  suv  bilan  birga  mineral  tuzlar,  xususan,  azot 
va  fosforni  o‘zlashtirish  hisobiga  organik  moddalar  sintezlaydi.  Ayrim  avtotrof  xivchinlilar 


qorong‘ida  yoki  muhitda  erigan  organik  moddalar  ko‘p  bo‘lganida  yashil  rangini  yo‘qotib, 
saprofit  oziqlanishga  o‘tadi.  Ba‘zi  evglenasimonlar  bir  vaqtning  o‘zida    avtotrof  va  geterotrof 
oziqlanishi  mumkin.  Bu  xildagi  aralash  oziqlanish  miksotrof  deyiladi.  Yashil  xivchinlilar 
hujayrasida kraxmal yoki unga o‘xshash uglevodlar, masalan, paramila to‘planadi. Chuchuk suv 
xivchinlilarida  osmoregulyatsiya  va  ayirish  fuynksiyasini  qisqaruvchi  vakuollar  bajaradi. 
Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo‘lmaydi. 
Ko’payishi. Ko‘ pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo‘linish orqali jinssiz ko‘payadi. Bunda 
dastlab  yadro  mitoz  bo‘linadi,  so‘ngra  hujayrasi  oldingi  tomondan  orqaga  asta-sekin  bo‘linadi. 
Xivchini  yosh  hujayralardan  biriga  o‘tadi,  ikkinchisida  esa  yangidan  hosil  bo‘ladi.  Boshqa 
hollarda  bo‘linayotgan  hujayraning  xivchini  tushib  ketib,  yosh  hujayralarda  yangidan  hosil 
bo‘ladi.  Ba′zi  xivchinlilar  sista  davrida  ham  ko‘payadi.  Bunda  ular  xivchinini  tashlab, 
yumaloqdanadi;  hujayrasi  sirtiga  pishiq  qobiq  ishlab  chiqarib,  sistaga  aylanadi.  Sista  ichida 
tanasi ketma-ket  bo‘lina boshlaydi. Hujaraning yiriklashmasdan bo‘lingani - palintomiya tufayli 
juda  kichik  hujayralar  hosil  bo‘ladi.  Palintomiya  ko‘p  hujayralilar  tuxum  hujayralarining 
maydalanishiga o‘xshab ketadi. 
Koloniyali  yashil  xivchinlilar.  O‘simliksimon  xivchinlilar  orasida  bir  qancha  turlari 
koloniya  bo‘lib  yashaydi.  Koloniya  bo‘linishdan  keyin  hosil  bo‘lgan  hujayralarni  ajralib 
ketmasdan o‘zaro bog‘langan holda qolishi natijasida kelib chiqqan. Chuchuk suvlarda tarqalgan 
yashil  plastinkaga  o‘xshash  gonium  (Gonium  pektorale)  koloniyasi  16  ta  yashil  ikki  xivchinli 
hujayralardan  iborat.  Hujayralar  quyuq  shilimshiq  modda  orqali  o‘zaro  bog‘langan.  Gonium 
xivchinlarning eshkakka o‘xshab tebranishi tufayli suzib yuradi. 
Chuchuk  suvlarda  hayot  kechiradigan  evdorina  (Eudorina  elegans)  koloniyasi  esa 
ko‘pincha 32 (ba‘zan 8 yoki 16) yashil hujayradan tashkil topgan, shar shaklda bo‘ladi. Koloniya 
diametri 50 mkm dan 20 mkm gasha yetadi. Gonium va evdorinaning har bir hujayrasi mustaqil 
bo‘ linib ko‘payadi. Koloniyadagi hamma hujayralar bir vaqtning o‘zida ko‘ payishga kirishadi. 
Hujayralar  3  yoki  4  marta  ketma-ket  bo‘linishdan  keyin  koloniya  ichiga  tushadi.  Yosh 
koloniyadagi  hujayralar  soni  ona  hujayralari  soniga  teng  bo‘ladi.  Keyinchalik  ona  koloniya 
yemirilib, yosh koloniyalar mustaqil hayot kechira boshlaydi. 
Chuchuk  suv  havzalarida  tarqalgan  Volvox  aureus  sharsimon  koloniyasi  500-1000, 
V.globatorniki 20 mingga yaqin hujayralardan iborat (8-rasm). Volvokslar koloniyasining asosiy 
qismini quyuq massa tashkil etadi. Bu massa koloniya chetida tig‘iz po‘st hosil qiladi. Hujayralar 
koloniyaning  chetida  bir  qator  joylashgan.  Koloniya  bo‘shlig‘i  quyuq  massa  bilan  to‘lgan. 
Koloniyadagi hujayralar bir xil tuzilgan. Har bir hujayrada stigma (qizil dog‘ ko‘zcha) va ikkita 
xivchin  bor.  Hujayralar  sitoplazmatik  ipchalar  yordamida  o‘zaro  tutashgan.  Volvoksda  faqat 
koloniyaning  ostki  tomonida  joylashgan  4-10  ta  hujayralar)  bo‘linish  xususiyatiga  ega.  Ular 
vegetativ  hujayralar  deyiladi.  Hujayralar  ketma-ket  bir  necha  marta  bo‘linib,  bir  necha  yosh 
koloniyalarni hosil qiladi. Yosh koloniyalar yiriklashib, ona koloniyani yorib tashqariga chiqadi. 
Ko‘pchilik  yashil  xivchinlilar  faqat  jinssiz  ko‘payadi.  Jinsiy  ko‘payish  asosan  koloniya  bo‘lib 
yashovchi  va  ayrim  yakka  xivchinlilar  uchun  xos.  Yakka  yashovchi  xivchinlilar  jinsiy  hujay-
ralari  bir  xil  kattalikda  bo‘lib  izogametalar  deyiladi.  Jinsiy  ko‘payishning  bu  xili  izogamiya
ya‘ni teng gametalik deyiladi. 


Volvoks koloniyasidagi  minglab hujayralardan faqat 25-30 hujayra bo‘linmasdan tuxum 
hujayra  -  makrogametalarga  aylanadi,  5-10  ta  hujayralar  urug‘  hujayralarni  hosil  qiladi. 
Makrogametalar  hujayralarning  bo‘linmasdan  yiriklashuvi,  mikrogametalar  esa  har  qaysi 
hujayraning  palintomik  usulda  256  bo‘lakka  bo‘linishi  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Harakatsiz 
mikrogameta tuxum hujayra, ikki xivchinli harakatchan mikrogametalar esa urug‘ hujayraga mos 
keladi.  Mikrogametalar  faol  harakatlanib,  makrogametalarni  topib  urug‘lantiradi.  Urug‘langan 
makrogameta  (zigota)  qalin  po‘stga  o‘ralib,  qishlab  qoladi.  Qulay  sharoit    zigota  palintomiya 
orqali yangi koloniyani hosil qiladi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish