O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi


Ildizoyoqlilar  (Rhizopoda)  kenja  sinfi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ildizoyoqlilar  (Rhizopoda)  kenja  sinfi.  Ildizoyoqlilarning  soxgaoyoqlari  xilma-xil  va 
harakatchan  bo‘ladi.  Sitoplazmasi  doimiy  ixtisoslashgan  qismlarga  bo‘linmagan.  Kenja  sinf 
amyobalar, chig‘anoqli ildizoyoqdilar va foraminiferalar turkumlariga bo‘linadi. 
1.  Amyobalar  (Amoebina)  turkumi.  Bu  turkumga  sodda  tuzilgan,  qattiq  skeleti  yoki 
chig‘anog‘i  rivojlanmagan  ildizoyoqlilar  kiradi.  Ko‘pchilik  turlari  chuchuk  suvda,  ayrimlari 
tuproq va dengizlarda hayot kechiradi. Bir qancha turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. 
Ular  katta-kichikligi  va  soxta  oyoqlari  shakli  bilan  bir-biridan  farq  qiladi.  Oddiy  amyoba  - 
Amoeba  proteus  chuchuk  suv  havzalarining  loyli  tubida  yashaydi.  Kattaligi  0,5  mm  keladi  (2-
rasm). Tanasi tiniq sitoplazmadan tashkil topgan. Uni oddiy ko‘ z bilan payqab olish qiyin.  
Harakatlanishi  va  oziqlanishi.  Amyobaning  harakatlanishi  bir  tomchi  suvning  oqishiga 
o‘xshaydi.  Hujayra  sitoplazmasi  hosil  bo‘layotgan  soxtaoyoqlar    tomonga  oqib  o‘ta  boshlashi 
bilan  amyoba  ham  o‘sha  tomonga  siljiydi.  Tashqi  omillar  (harorat,  yorug‘lik,  kimyoviy 
moddalar) amyobada to‘g‘ri yoki aks taksis paydo qilishi natijasida amyoba u yoki bu tomonga 
siljiydi. Psevdopodiylar oziqni qamrab, sitoplazmaga o‘tkazish funktsiyasini ham bajaradi. 
 Oziq modda amyobalar sitoplazmasiga har xil usulda o‘tadi. Bir xil amyobalar (Amoeba 
proteus)  soxta  oyoqlari  bakteriya,  suv  o‘tlari  va  boshqa  mayda  oziq  zarralarini  ikki  tomonidan 
oqib  o‘tib  qamrab  olsa,  ipsimon  suv  o‘tlarini  harakat  qilmasdan  sitoplazmasiga  tortib  oladi. 
Sitoplazmaga  o‘tgan  oziq  atrofiga  ozroq  hazm  suyuqligi  ajralib,  ovqat  hazm  qilish  vakuoli 
shakllanadi.  Hazm  bo‘lgan  oziq  sitoplazmaga  so‘riladi.  Hazm  bo‘lmagan  oziq  qoldiqlari  esa 
sitoplazmaning  to‘g‘ri  kelgan  joyidan  tashqariga  chiqariladi.  Oziq  moddalarni  qamrab  olinib, 
hujayra  ichida  hazm  qilinishi  fagotsitoz  deyiladi.  Ko‘pchilik  bir  hujayralilar  va  tuban  ko‘p 
hujayralilar fagotsitoz usulida oziqlanadi. 
Amyoba  sitoplazmasi  aniq  ikki  qismdan  iborat.  Sitoplazmaning  birmuncha  yupqa,  tiniq 
va  quyuqroq  tashqi  qavati  ektoplazma,  ichki  suyuqroq  va  donador  qavati  endoplazma  deyiladi. 
Bu  ikki  qavat  o‘rtasida  aniq  chegara  bo‘lmaydi.  Psevdopodiylar  hosil  bo‘lishi  jarayonida  oqib 
kelayotgan  sitoplazmaning  sirtqi  qismi  quyuqlashib,  ektoplazmaga  aylanadi.  O‘sha  daqiqada 
tananing qarama-qarshi tomonidagi ektoplazmasi suyuqlashib, qisman endoplazmaga aylanadi. 
Ayirishi.  Amyoba  endoplazmasida  hazm  qilish  vakuollari  bilan  birga  tiniq  va  yirik 
pufakcha  shaklidagi  qisqaruvchi  vakuol  joylashgan.  Bu  vakuol  bir  daqiqa  yo‘qolishi  va  yana 
hosil bo‘lishi mumkin. Vakuol sitoplazmadan sizib o‘tadigan suyuqlik bilan to‘lib turadi. Uning 
o‘lchami  ma‘lum  bir  darajaga  yetgach,  qisqarish  sodir  bo‘lib,  suyuqlik  maxsus  teshik  orqali 
sitoplazmadan  chiqarib  tashlanadi.  Oddiy  amyoba  vakuolining  suyuqlik  bilan  to‘lishi  va 
qisqarishi xona haroratida  


5-8  minut  davom  etadi.  Qisqaruvchi  vakuol  tana  bosimini  tartibga  solib  turuvchi 
osmoregulyatsiya  organoidi  hisoblanadi.  Tashqi  muhitdan  amyoba  sitoplazmasiga  sizib 
o‘tadigan suvning ortiqcha qismi ana shu yo‘l bilan chiqarib turiladi. Vakuoldagi suyuqlik bilan 
birga  hujayrada  hosil  bo‘ladigan  modda  almashinish  mahsulotlari  ham  chiqarib  yuboriladi. 
Vakuol  ishlashi  natijasida  sitoplazma  orqali  doimo  suv  oqib  turadi.  Amyoba  suvda  erigan  kis-
lorod bilan nafas oladi. 
Ko’ payishi. Amyoba endoplazmasida faqat bitta yirik yadro bo‘ladi. Lekin yadroni faqat 
maxsus  boyovchi  moddalar  bilan  ishlangan  preparatlarda  ko‘rish  mumkin.  Amyoba  ikkiga 
bo‘linish  orqali  jinssiz  ko‘payadi.  Bu  jarayon  haqiqiy  mitozdan  iborat  bo‘lib,  dastlab  yadro 
moddalari  teng  ikkiga  ajraladi,  so‘ngra  amyoba  tanasi  bo‘linadigan  joyidan  siqilib,  ikkiga 
ajraladi va har qaysi bo‘lagidan bittadan yadro hosil bo‘ladi. Bo‘linish haroratga bog‘liq bo‘lib, 
1-2 sutka davom etadi. Jinsiy ko‘payish faqat ayrim turlarda (Amoeba diploida) aniqlangan. 
          Parazit  amyobalar.  Odam  va  turli  hayvonlar  ichagida  parazit  amyobalarning  bir 
necha turi topilgan. Ular orasida ichburug‘ amyobasi- Entamoeba histolytica (2-rasm) odamlarni, 
ya‘ni  qonli  ichburug‘  (amyobiaz)  bilan  og‘rishiga  sabab  bo‘ladi.  Ichburug‘  amyobasining 
kattaligi  20-30  mkm,  yo‘g‘on  ichakda  yashab,  ichak  epiteliysini  jarohatlaydi.  Ichburug‘ 
amyobasining ektoplazmasi  ancha  qalin bo‘lib, endoplazmadan aniq  ajralib  turadi.  Parazit ko‘p 
sonli kalta va yo‘g‘on psevdopodiylari yordamida faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan 
ektoplazma  hisobidan  hosil  bo‘ladi.  Ichburug‘  amyobasi  sista  orqali  tarqaladi.  Ovqat  qoldig‘i 
bilan  yo‘g‘on  ichakdan  to‘g‘ri  ichakka  tushgan  amyobalar  psevdopodiylarini  tortib  olib, 
yumaloqlanadi.  Ektoplazma  yupqa  va  pishiq  qobiq  ishlab  chiqarib,  parazit  sista  davriga  o‘tadi. 
Sista  ichida  amyoba  yadrosi  ketma-ket  ikki  marta  bo‘linadi.  Shu  tariqa  sista  ichidagi  amyoba 
to‘rt  yadrolik  bo‘lib  qoladi.  Axlat  bilan  tashqariga  chiqadigan  sistalar  noqulay  sharoit  ta‘siriga 
juda chidamli, ular nam tuproqla 2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo‘qotmasligi mumkin. 
Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta‘siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalarni pashshalar ham 
tarqatishi mumkin. 
Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig‘i yemiriladi. 
Sitoplazmasi  esa  yadrolar  soniga  muvofiq  ikki  marta  bo‘lingach,  to‘rtta  amyoba  hosil  bo‘ladi. 
Yosh  amyobalar  faol  oziqlanishga  o‘tadi.  Kuchli  zararlangan  odam  ichagidan  bir  sutkada  300 
mln. gacha sista chiqishi mumkin. 
Odam ichagida yashovchi ayrim amyobalar mutlaqo zararsiz hisoblanadi. Ichak amyobasi 
-  Entamoeba  coli  xuddi  ana  shunday  amyobalardan  hisoblanadi.  Uning  tuzilishi  ichburug‘ 
amyobasiga o‘ xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo‘ladi. 
Parazit amyobalar kasallangan tishlar kovagi, it, cho‘chqa, ot va boshqa hayvonlar ichagi, 
asalarilarning malpigi naychalarida ham topilgan. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish