Qalqondor xivchinlilar (Dinoflagellata) turkumi - yakka yashovchi ikki xivchinli
hayvonlar, dengiz va chuchuk suv havzalari planktonida keng tarqalgan. Tanasi kletchatka pust
bilan qoplangan. Xivchinlar tanasi markazidan boshlanib, biri- orqaga cho‘zilgan, ikkinchisi -
tana o‘rtasini o‘rab olgan belbog‘ - chuqurchada joylashgan. Chuchuk suvlarda seratsium,
dengizlarda tun yog‘duchisi (Noctiluca) keng tarqalgan. Tun yog‘duchisi hayvonlarga o‘xshab
animal oziqlanadi; bezovta qilinganida sitoplazmasidagi yog‘ moddasi oksidlanib, yog‘du
tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |