O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/212
Sana01.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#289343
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni

Ichki tuzilishi. Boshoyoqlilarda chig‘anoq, ya‘ni tashqi skeletdan tashqari maxsus ichki 
skelet ham bor. Tog‘aydan iborat bu skelet halqa shaklida markaziy nerv sistemasini o‘rab olib, 
bosh chanog‘ini hosil qiladi. Chanoqdan hosil bo‘lgan o‘simtalar ko‘zlar va statotsistlarni o‘ rab 
turadi.  Xuddi  shunga  o‘xshash  tayanch  skelet  yopuvchi  tugmachalarda,  paypaslagichlarining 
asosida va suzgichlarining ichida ham bor. Bosh chanog‘i umurtqali hayvonlarning bosh qutisiga 
mos keladi. 
Hazm  qilish  sistemasi  juda  murakkab  tuzilgan.  Og‘zi  paypaslagichlari  o‘rtasida 
joylashgan.  Muskulli  halqumida  qirg‘ich  tili  joylashgan.  Oziqni  tutib  turish  va  maydalashda 
og‘zining ustki va ostki  tomonida joylashgan muguzdan ikkita  yo‘g‘on jag‘lar ahamiyatga ega. 
Bu  jag‘lar  ilmoqqa  o‘xshash  egilgan  bo‘lib,  to‘tiqush  tumshug‘ini  eslatadi.  1-2  juft  so‘lak 
bezlarining  yo‘li  ham  halqumga  ochiladi.  Keyingi  juft  so‘lak  bezlari  suyuqligi  zaharli  bo‘ladi. 
Halqum  ancha  uzun  qizilo‘ngachga  o‘tadi.  Kizilo‘ngach  ko‘pincha  kengayib,  jig‘ildonga 
aylanadi.  Kizilo‘ngach  muskulli  oshqozon  bilan  tutashgan.  Hazm  qilish  sistemasining  keyingi 
bo‘limlari  ingichka  ichak  va  orqa  ichakdan  iborat.  Orqa  chiqarish  teshigi  mantiya  bo‘shlig‘ida 
joylashgan. Oshqozonga jigar yo‘ li ochiladi. Jigar suyuqligida hazm qilish fermentlari bor. Jigar 
naylari  bezlarga  o‘xshash  mayda  o‘simtalar  bilan  qoplangan.  Bu  o‘simtalar  oshqozonosti  bezi 
deb ataladi. 
Boshoyoqlilarning  tanasida nok  shaklidagi  yirik siyoh  xaltasi  bo‘ladi.  Uning  yo‘ li orqa 
ichakning  keyingi  qismiga  ochiladi.  Xavf  tug‘ilganida  molluska  siyoh  xaltasidan  bir  oz  qora 
rangli  suyuqlik  chiqaradi.  Bu  suyuqlik  suvda  quyuq  tuman  hosil  qiladi.  Molluska  esa  qochib 
qoladi.  Boshoyoqlilar-  yirtqich  hayvonlar.  Ularning  o‘ljasi  turli  qisqichbaqasimonlar  va 
baliqlardan  iborat.  O‘ljani  paypaslagichlari  bilan  tutib  olib,  jag‘lari  va  so‘  lak  bezlari  zahari 
ta‘sirida o‘ldiradi. 
Nafas olish sistemasi haqiqiy ktenidiylardan iborat. Ikki tomonlama patsimon ktenidiylar 
2 yoki 4 juft bo‘ lib, mantiya bo‘ shlig‘ida joylashgan. Jabralar soniga binoan boshoyoqlilar ikki 
jabralilar  va  to‘  rt  jabralilarga  ajratiladi.  Mantiya  muskullarining  qisqarishi  tufayli  mantiya  bo‘ 
shlig‘ida suv almashinib turadi. 
Qon  aylanish  sistemasi.  Yuragi  bitta  qorinchadan,  2  yoki  4  bo‘lmadan  iborat.  Yurak 
qorinchasining oldingi va keyingi tomonidan ikkita aorta chiqadi, Ularning biri - bosh aortasidan 
boshga va paypaslagichlarga, ikkinchisi - ichki aortadan ichakka va jinsiy organlarga qon beradi. 
Kapillyarlardan  esa  vena  qon  tomirlari  boshlanadi.  Jabralar  yaqinida  venalar  muskulli  keng 
naylarga  o‘xshash  venoz  (ya‘ni  jabra)  yuraklarini  hosil  qiladi.  Jabra  yuraklarining  qisqarishi 
tufayli  qon  jabralarga  chiqariladi.  Oksidlangan  qon  jabralardan  ketuvchi  qon  tomirlari  orqali 
yurak  bo‘lmalariga  kelib  quyiladi.  Boshoyoqlilarning  vena  va  arteriya  kapillyarlari  organlarda 
bir-biri  bilan  tutashib  ketadi.  Lakunlar  faqat  ayrim  joylarda  saqlanib  qolgan.  Shunday  qilib, 
boshoyoqlilarning  qon  aylanish  sistemasi  deyarli  yopiq  bo‘ladi.  Qondagi  gemotsianin  moddasi 
misga boy bo‘lib, fiziologik jixatdan eritrotsitlarga yaqin keladi. 


Ayirish  sistemasi  2  yoki  4  ta  buyrakdan  iborat.  Buyraklarning  ichki  uchi  selom 
perikardiysiga, ikkinchi uchi mantiya bo‘ shlig‘iga ochiladi. 
Nerv sistemasi. Boshoyoqlilarning markaziy nerv sistemasi juda murakkab tuzilgan. Nerv 
gangliylari juda  yirik bo‘ ladi. Ularning hammasi birgalikda halqum atrofi nerv massasini hosil 
qiladi.  Birmuncha  tuban  boshoyoqlilar  (nautilus)ning  markaziy  nerv  sistemasi  uchta  kalta  nerv 
yoyi (halqumusti, 2 xalqumosti) ni  hosil  qiladi.  Nerv hujayralari  yonbosh  nervlilar singari  nerv 
yoylari ustida joylashgan. 
Sezgi  organlari  juda  yaxshi rivojlangan. Hid bilish  organlari  jabralar  asosida joylashgan 
osfradiylar yoki ko‘ zlar ostida joylashgan bir juft mayda hid bilish chuqurchalaridan iborat. Ular 
hidni  1,5  m  masofadan  sezishi  mumkin.  Tog‘aydan  iborat  bir  juft  statotsistlari  bosh  chanog‘i 
ichida joylashgan. 
Ko‘zlari  murakkab  tuzilgan  ikkita  yopiq  yirik  pufak  shaklida  bo‘  lib,  ko‘z  chuqurchasi 
ichida joylashgan. Chuqurcha teshikcha orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Ko‘z chuqurchasi 
ichki  devori  to‘r  qavat  hosil  qiladi.  To‘r  pardaning  sirtida  kamalak  parda  joylashgan.  Kamalak 
parda  ko‘z  chuqurchasini  o‘rab  oladi.  Ko‘zning  oldingi  qismida  kichik  teshikcha  -  qorachiq, 
uning orqasida  sharsimon ko‘z gavhari turadi.  Ko‘zni  tashqi  tomonidan  shoxsimon parda o‘rab 
turadi.  Boshoyoqlilarning  ko‘zi  akkomodatsiya  xususiyatiga  ega.  Akkomodatsiya  gavharni  to‘r 
qavatdan  uzoklashishi  yoki  unga  yaqinlashtirishi  tufayli  sodir  bo‘ladi.  Suvning  chuqurroq 
qismida  yashovchi  boshoyoqlilarning  har  xil  rangli  nur  taratadigan  shulalanuvchi  organlari  — 
fotoforlari bo‘ ladi. 
Yuksak  boshoyoqlilarning  reflekslari  juda  murakkab  va  xilma-xil  bo‘ladi.  Ular  avlodi 
to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  qiladi.  Tajribalar  boshoyoqlilarda  shartli  reflekslar  oson  hosil  bo‘lishini 
ko‘rsatdi. Masalan, osminoglar bir necha marta to‘qnash kelgan akvalangni tanigan  yoki shisha 
bankaning tiqinini burab ochib, uning ichidan o‘z o‘ljasini olishni o‘rgangan. 
Jinsiy  sistemasi.  Boshoyoqlilar  ayrim  jinsli.  Ayrim  vakillarida  jinsiy  dimorfizm  yaxshi 
rivojlangan,  erkagi  urg‘ochisiga  nisbatan  kichikroq  bo‘ladi.  Jinsiy  bezlari  toq  bo‘lib,  selomda 
joylashgan.  Yetilgan  jinsiy  hujayralari  selomda  to‘  planib,  jinsiy  naylar  orqali  tashqariga 
chiqariladi. Jinsiy naylar murakkab va xilma-xil tuzilgan. Erkak karakatitsada naylar urug‘ yo‘li, 
urug‘  pufagi,  spermatofor  xaltasidan  iborat.  Bu  xalta  anal  teshigining  yon  tomonidan  jinsiy 
teshik  bilan  tashqariga  ochiladi.  Urug‘  hujayralari  bir-biriga  yopishib,  umumiy  paket  — 
spermatofor  hosil  qiladi.  Spermatoforlar  urug‘  hujayralarining  chiqishi  uchun  maxsus  naycha 
bilan ta‘minlangan. 
Urg‘ochilarining  tuxum  yo‘  li  kalta,  jinsiy  teshigi  selom  bo‘  shlig‘iga  ochiladi.  Bu  bo‘ 
shliqqa  3  ta  nidamental  bezlar  yo‘  li  ham  ochiladi.  Bu  bezlar  tuxum  po‘  chog‘ini  hosil  qiladi. 
Tuxum xujayra odatda urg‘ochisining mantiya bo‘shlig‘ida urug‘lanadi.  
Erkak  molluskalarning  paypaslagichlaridan  biri  odatda  boshqacha  tuzilgan  bo‘lib, 
kopulyativ  organ  vazifasini  bajaradi.  Erkagi  paypaslagich  yordamida  spermatoforini 
urg‘ochisining  mantiya  bo‘shlig‘iga  kiritib  qoyadi.  Argonavt  erkagida  jinsiy  paypaslagichi 
dastlab  maxsus  xaltada  hosil  bo‘ladi.  Paypaslagichning  uchki  qismi  ipga  o‘xshab 
ingichkalashgan.  Uning  ichi  bo‘sh,  asosida  va  uchida  ikkita  teshigi  bo‘  ladi.  Paypaslagich 
yetilgach,  xalta  yorilib,  undan  paypaslagich  yoyilib  chiqib,  uning  bo‘shlig‘i  spermatoforlarga  


to‘ladi.  Shundan  so‘ng  paypaslagich  molluska  tanasidan  uzilib  chiqib,  bir  qancha  vaqt  erkin 
suzib  yurgach,  urg‘ochisi  mantiya  bo‘shlig‘iga  o‘tadi.  Frantsuz  olimi  J.  Kyuve  birinchi  marta 
paypaslagichni  urg‘ochi  argonavt  mantiya  bo‘shlig‘idan  topgan  va  unga  parazit  hayvon 
"gektokotil" (mingso‘ rg‘ichli) degan nom bergan. Hozir boshoyoqlilarning jinsiy paypaslagichi 
gektokotil deb ataladi
13

Rivojlanishi.  Boshoyoqlilarning  embrional  rivojlanishi  tuxum  ichida  boradi.  Tuxumdan 
chiqqan yosh molluska voyaga yetgan davriga juda o‘ xshaydi. 
Ekologiyasi.  Boshoyoqlilar  o‘ta  sho‘rlangan  ochiq  dengizlarda  yashaydi.    Pelagik  hayot 
kechiradigan  torpedasimon  shakldfagi  turlarining  yaxshi  rivojlangan  suzgichlari  bor.  Ular 
keyingi  toraygan  tomoni  bilan  oldinga  suzadi.  Suv  tubida  hayot  kechiradigan  boshoyoqlilar 
toshlarning  orasiga  kirib  bekinib  oladi.  Osminoglar  toshlar  uyumidan  o‘ziga  pana  joy  quradi. 
Urg‘ochisi  toshlar  ostidagi  kovaklarga  tuxum  qoyadi.  Urg‘ochisida  avlodi  to‘g‘risida 
g‘amxo‘rlik instinkti yaxshi rivojlangan. Osminoglar pana joy qidirib, suv ostida  yotgan har xil 
tashlandiq idishlar : bochkalar, qonserva bankalariga ham kirib oladi. 
Boshoyoqlilar — eng yirik umurtqasiz hayvonlar. Ular tanasi uzunligi bir  necha sm dan 
18  m  ga  yetadi.  Yangi  Zelandiya  qirg‘oqlari  yaqinidan  900—1000  m  chuqurlikdan  tutilgan 
uzunqo‘lli kalmar (Archieteuthes longimana) uzunligi 19 m ga etadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish