Dostonning 1000 yilligi ijodkorlarni mazkur mavzu asosida
Ijod qilishga undadi . San`atning turli sohalarida “Alpomish”
ning turli talqinlaridagi obrazi yaratildi .Xususan teatr ,kino ,tasviriy va amaliy san`atda bu obrazga turlicha yondashildi .
Ayniqsa mahobatli haykaltaroshlik san`atining bu borada erishgan yutug`ini alohida ta`kidlash joiz .
Termiz shahrida epik qahramon Alpomishning ramziy xaykali bunyod etildi . Haykaltaroshlikning mazkur kompozision majmui ,ikki yondagi bo`rtma tasvirlarda Alpomishning yo`ri Barchin va o`g`li Yodgor siymolari Boysun elining tarixiy manzarasi asosida ifodalangan .
Alpomishning mahobatli qiyofasini ochib berish uchun turli unsurlardan unumli foydalanilgan .Chap qo`lidagi kamoni ozodlik va erklikning timsoli bo`lsa , o`ng qo`liga qo`nim topgan qush maktub eltuvchi vosita sifatida ifodalangan . Bu majmua A. Rahmatillaev , Q . Norxo`rozov ,U . Mardiev , P .Podosinnikov kabi haykaltaroshlar tomonidan bunyod etilgan .
Dastgohli haykaltaroshlik san`atida zamonaviy va milliy an`analar o`zaro uyg`unlashtirildi .Bu davr dastgohli haykaltaroshlik san`atining o`ziga xosligini yana bir ko`rinishi , realizm an`analarini amaldan surib chiqarilishi va badiiy ifodaviylikni etakchiligida bo`ldi . Akademizm uslubiyoti faqat badiiy ta`lim jaroyonidagina saqlanib qoldi .
Bu davr dastgohli haykaltaroshlik san`aqtining faol namoyondalaridan biri sifatida O`zbekiston Badiiy Akademiyasining ijodkorlar uyushmasi a`zosi , haykaltarosh T. Tojixo`jaevni e`tirof etish mumkin ,T .Tojixo`jaev asarlarini kuzatar ekanmiz ,u haykaltaroshlik san`atida o`ziga xos ijod uslubiga ega bo`lganligining guvohi bo`lamiz .Turinj ,gips ,shomot ,shuningdek , turli toshlar ustida ishlar ekan , ularga mohirona sayqal berib , yuksak saviyadagi san`at asari darajasiga keltiradi . Haykaltaroshning sevib va alohida ixlos bilan ishlaydigan manbai bu tosh bo`lib , ayniqsa “ilon izi “ va oniks toshlari ustida ishlash unga ruhiy kayfiyat , ilxom baxsh etadi .Uning kompozisiyalarida G`arb haykaltaroshlik maktabining ta`siri sezilib turadi . Haykaltarosh ijodining katta qismini portret janri egallaydi . U portret janriga murojaat qilar ekan , buyuk siymolar qiyofasini , ularning ichki hislarini ,yuz mimikalari va qarashlar orqali ko`rsatishga harakat qiladi . Doimiy ijodida A . Navoiiy ,Ulug`bek,Furqat , Mashrab kabi ruhiy va ma`naviy jihatdan o`ta murakkab shaxslarga murojaat etadi . Haykaltarosh tomonidan shu yillarda yaratilgan “Kurash “,”Raqs “,”Chavandoz “ kabi uncha katta bo`lmagan plastik ishlari portretlar singari realistik bo`lmay , balki romantik ,impession va ekspression oqimga mansubdir .Uning asarlari orasida milliy urf –odatlar , an`analar aks ettirilgan
tasvirlar ham talaygina .Ushbu yo`nalishda “Baxt qushi “ asari yaratilgan . Asar “ilon izi “ toshidan ishlangan bo`lib ,qushning qiyofasi g`ayrioddiy ,shu bilan birga hayajonli tasurot singdirilgan bo`lib , erksevar xalqning asrlar davomida ichki tuyg`ularida saqlahib kelayotgan hissiyotlari o`zining ramziy ifodasini topgan .
Dastgohli haykaltaroshlik orqali yaxshi tanilgan ijodkor Damir Ro`ziboev ham mustaqillik yillarida samarali ijod qilib ,o`zining uslubiy yo`lini avangard ruhi bilan boyitdi .Uning kompozisiyalarini kuzatar ekanmiz haykaltaroshlik bilan rangtasvirning o`zaro uyg`unligiga guvoh bo`lamiz. Uning keyingi yillarda yaratilgan “Jaz ijrosiga hamohang badihalar “ (1998) turkumi yangi badiiy jarayonni o`zida to`laqonli ifodalaydi .Bundan tashqari “Navro`z” ko`rgazmasida ( 2001 yil ) namoyish etilgan “Navro`z malikasi “ eng yangi asarlardan hisoblanadi .
Unda “Navro`z malikasi “ bahoriy his tuyg`ular bilan bayramona kayfiyatda ifodalangan . D . Ro`ziboev bu asari orqali tarixga murojat etib ,ajdodlarimizning tipik liboslaridan unumli foydalanish orqali obrazni zamon ruhiga moslashtiradi . Bu qadimiy unsur orqali muallif Navro`zning azaliy ko`rinishini sodda , lekin aniq ko`rinishda ochib beradi . Dastgohli haykaltaroshlikning yana bir vakili Jo`ldasbek Quttimurodov ham mustaqillik yillari o`z ijodida qoraqalpoq ohanglarini haykaltaroshlik asarlariga ko`chirgan .`Uning ijodiga mansub “Ayol “ , “O`tirgan sohibjamol “ , “ Amudaryo “ ,” Oqqush “ , “ Qizil toj taqqan qiz “ , “ Shohli Iskandar “ asarlarida haykaltarosh tabiatini idrok etish mumkin . J . Quttimurodov tomonidan yaratilgan asarlarda ertaklar , g`aroyibotlar olami namoyon bo`ladi . Badiiy Akademiyaning ko`rgazmalar zalida bo`lib o`tgan “Qoraqalpog`iston zamonaviy tasviriy va amaliy san`ati “ ko`rgazmasida (2000 yil ) J . Quttimurodov “ Avesto “ turkumidagi asarlari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi .
R .Mirtojievning dastgohli haykaltaroshlik sohasidagi tajriba va ko`nikmalari etarli darajada ekanligi u yaratgan haykallar turkumi misolidan bilib olish mumkin . Haykaltarosh tarix sahifasida chuqur iz qoldirgan Temuriyzodalar naslidan bo`lgan buyuk davlat arbobi , shoir va sarkarda Bobur obraziga bir necha ko`rinishlarda murojaat etadi .Haykaltaroshlikning dastgohli turi bo`yicha ikki bora , mahobatlisida esa yagona obraz yaratdi .Haykaltarosh “Bobur -Vatan sog`inchi “ nomli dastgohli asarida Ona Vatan mehridan yiroq bo`lgan sarkarda obrazini undagi sog`inch tuyg`ularini mahorat bilan amalga oshiradi .”Sayyoh Bobur “asarida esa Bobur ot ustida ifodalangan .R .Mirtojievning yana “Temur Malik “ (1990 yil )
“Yomg`ir “ ( 1995 yil ) “ Behzod “( 2000 yil ) kabi asarlari ham mavjuddir .
Istiqlol davri haykaltaroshlikning yaqqol namoyandalaridan I . Jabborov , Q . Jabborov ,E . Aliev , A .Rahmatullaev , N . Bondeladze , B . Degtyarov , R . Mirtojiev , P .Podosinnikov , A . Ryabsev , P . Axmedzyanov , Sh . Usmonov , Q .Norxo`rozov , D. Ro`ziboev , T . Tojixo`jaev , J . QUTTIMURODOV , U . Mardiev kabi bir qator ijodkorlarni ko`rsatib o`tish mumkin .
Bu davr haykaltaroshligida milliy mafkuraga asoslangan mavzular va qisman yangi badiiy shakllar kashf etilganligini ham e`tirof etish lozim .
Umuman olganda , 1990-yillar haykaltaroshligida , asosan ,tarixiy siymolar gavdalandi va ularning soni ko`payishi barobarida uslub jihatlarining yangilanishi ham bir qator
asarlarda ko`zga tashlandi. Shuning bilan birgalikda , zamonaviy mavzular ,qahramonlar obrazlariga nisbatan kam ahamiyat berilayotganligi haykaltaroshlar oldiga yanada yangi va muhim vazifalarni qo`yadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |