ning salobatini oshiradi.Quvadagi yodgorlik biroz vazmin ,o`ychan bo`lib , rotondo uslubida bajarilgan. Tarixiy xotira –xalq ma`naviyatining asosidir . Ana shu buyuk asosda , ma`naviy mulkimiz uchun butun hayotini Vatan ozodligi , xalq baxt-saodatiga baxshida etgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi turadi. Bu dovyurak vatan himoyachisi xotirasini abadiylashtirish maqsadida ham 1998 yilda yana bir hukumat Qarori qabul qilindi . Shunga asosan Xorazmda Jaloliddin Manguberdi yodgorligi barpo etildi .Yutrboshimiz I. A.Karimov Jaloliddinning timsoli haqida so`z yuritib ;-“Tog`ning ustida burgutday tursin…” --- degan edilar .Yaratilgan asar bu talabga juda mos tushadi .Cningizxondek yovuz bosqinchiga qarshi kurashda mislsiz matonat , jasorat namunalarini ko`rsatgan Xorazmshoh sulolasidan Jaloliddin Manguberdining ana shunday mard qiyofasini yaratish ustida o`nlab haykaltaroshlar o`z loihalarini yaratdilar. Ammo haykaltarosh I. Jabborovning yaratgan Jaloliddin obrazida milliy qahramon siymosi aniqroq talqin qilinganligi mutahassislar tomonidan e`tirof qilinib , mazkur loyiha asosida yodgorlik barpo etildi .Tarixiy shaxslarning mahobatli qiyofasini aks ettirish borasida haykaltarosh R . Mirtojiev asarlari muxim o`ringa ega. Uning mahobatli asarlari hozirda ko`plab viloyatlarda keng tarqalmoqda .Haykaltaroshning badiy mahorati u tomonidan yaratilgan tarixiy shaxlar obrazlarida o`z ifodasini topgan .
R . Mirtojioev “ Zahiriddin Muhammad Bobir “ { 1993 yil… Andijon shahriga o`rnatilgan } , “Abdulla Qodiriy “ {1994 yil ..Toshkent shahriga o`rnatilgan } , “Cho`lpon “{1997 yil ..Andijon shahriga o`rnatilgan } ,” Ona “{1999 yil Jizzax shahriga o`rnatilgan } kabi bir qator badiiy nuqtai nazardan yirik yodgorliklarni yaratgan . R . Mirtojievning mayda plastik san`at borasida erishgan tajribalari o`z navbatida , mahobatli haykallar yaratish jarayonida samarali xizmat qildi .1993 yili Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish munosabati bilan Andijon shaxri markaziga R . Mirtojiev tomonidan yaratilgan Bobur monumenti o`rnatildi .Boburning ichki tug`yonlari timsolida yuzaga kelgan o`ziga xos kompozision qurilma , obrazga ulugvorlik baxsh etish bilan birga haykaltaroshning shoirga bo`lgan hurmat-ehtiromi yang`lig`, tomoshabinda katta taasurot uyg`otadi .Bu yodgorlik mustaqillik yillarida yaratilgan mahobatli haykallar orasida , badiiy qimmatining o`ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi . Monumentga romantik yondashgan haykaltarosh o`z orzusidagi obrazni ideallashtirishga harakat qilib ,bu yodgorlikni barchaga manzur qilib san`at darajasiga olib chiqadi .
R . Mirtojiev tomonidan yaratilgan yodgorliklar orasida ,qatag`on yillarining qurbonlari Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Sulaymon Cho`lpon obrazlarini ham ko`rishimiz mumkin .A .Qodiriyning og`ir qismatini xotirlash va abadiylashtirish maqsadida uning yodgorlik qiyofasini yaratish borasida o`tkazilgan {1994} tanlovda R . Mirtojiev o`z loihasi bilan ishtirok etdi .Bu tanlov haykaltarosh uchun omadli keldi .Qodiriy xotirasiga bag`ishlab yodgorlik yaratishdek sharafli va ma`suliyatli vazifa haykaltaroshga ishonib topshirildi . Ko`p izlanishlardan so`ng haykaltarosh ajoyib kompozisiya yaratdi. Haykaltarosh o`z hissiyotlarini sun`iy toshga yo`nish bilan bir-necha ma`noli g`oyalarni bekami-ko`st yodgorlikka muhrladi .Muallifning bu monumenti unung romantik dunyosini falsafiy mushohadalarga boyligini isbotlovchi guvoh sifatida A . Qodiriy nomli istirohat bog`ida qad rostladi . Haykaltaroshning Cho`lpon shaxsiyati va ijodiga bo`lgan ichki hissiyotlaridagi hurmat va munosabatlarni Andijon shahriga o`rnatilgan “ Cho`lpon “yodgorligidan ham ilg`ab olish mumkin .Uning g`oyaviy mazmuni ,ramziy ma`nodagi unsurlar orqali ochib beriladi .Tomoshabin bu unsurlar vositasida shoirning olisga termulgan nigohi ostida ,mustaqillikning shafaqlariga termulgandek , ma`yus ,havas va ishonch bilan turgan qiyofasini ko`rishga muyassar bo`ladi.