O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Magar boshdan-oyoq g`am qoniga botsam



Download 392,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/45
Sana29.12.2021
Hajmi392,24 Kb.
#79899
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
Bog'liq
hamlet tragediyasi ozbekcha tarjimalarining lisoniy tahlili

Magar boshdan-oyoq g`am qoniga botsam, 

O`shanda ham qonga botgan shu qo`llarimni 




59 

 

Qodirmasmi, yuvib, shaffof aylasa falak?..(307) 



Asarning har bir sahnasida, har bir qahramon nutqida metaforani kuzatishimiz 

mumkin. Bu esa asar tili jozibadirligini oshirib, qahramonlar dunyoqarashi va 

qalbini yaqqol ochib berishga xizmat qilgan. 

                                  3.2. O`xshatishlarning lisoniy tahlili 

Badiiy ijod jarayoni mehnat, lekin u boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta 

farq qiladi. Unda mehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga oshadi, shuning uchun 

odatda badiiy ijod jarayoni masalasiga yondashuvlar har xil: unda kimlardir 

ratsional, kimlardir noratsional jihatlarni ustuvor hisoblaydi, ba`zilar uni umuman 

tushunib va tushuntirib bo`lmaydigan, favquloddalik, sirli tasodif hamda har bir 

ijodkorning shaxsi bilan belgilanadigan o`ta xususiy hodisa sifatida talqin qiladilar. 

Bizningcha, har uchala fikrda ham asos bor, lekin ularning hech qaysisi o`zicha 

butun ijodiy jarayonni qamrab ham ololmaydi, to`liq ochib ham berolmaydi. 

Shuning uchun uni shartli ravishda qismlarga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiq 

bo`ladi deb o`ylaymiz. 

     G`oyaviy niyat esa badiiy ijod jarayonining ibtidosi san`atkorning muayyan 

g`oyani yoki g`oyalar tizimini badiiyat orqali boshqalarga yetkazish istagi bilan 

bog`liq. Uni biz g`oyaviy niyat deymiz. U ko`zga ilg`amaydigan darajada nozik va 

ko`z ilg`amaydigan darajada miqyoslikka ega. Chunki g`oyaviy niyat o`z nomi bilan 

g`oyaga taalluqli, u ijodkorning dunyoqarashining mevasi, butun asarning 

poydevori.   U badiiy asarning mavzusi, shakli, mazmuni, “tili”, badiiy vositalari 

qanday bo`lishi kerakligini belgilanib berish uchun ular bilan “kurash olib boradi”. 

Ba`zan ularning o`ziga bo`ysundiradi, ba`zan esa  ularga biroz yon berib, ma`lum  

nuqtalarda o`zgaradi, “ sharoitga moslashadi”. G`oyaviy niyatni shu bois  hech 

qachon to`liq  amalga oshgan estetik  hodisa sifatida tasavvur qilish mumkin emas. 

     

Badiiy tasavvur ijod   jarayonining   boshidan oxirigacha ishtirok etadigan 



ruhiy quvvat, bu-tasavvur. Ijodiy tasavvur, to`g`rirog`i, badiiy tasavvur qidiruvchan 

hissiyot, biror-bir hodisa yoki hodisalarning keskin aniqlikka ega bo`lmagan, lekin 

ayricha tovlanib, ijodkorni o`ziga chaqirib  turadigan ehtirosli, mavhum shakli. 



60 

 

Tasavvurni ta`riflashning, nima ekanini aniqlashning  qiyinligi, uning o`zi aql-



idrokni inkor etgani holda,  aqlga mos estetik ko`rinish topadi, u, mo`jizaviylik, 

xayoliylik va karomat unsurlarini o`zida mujassam etgani holda, aql-idrokni 

shartlilik bilan “aldaydi”. Badiiy asarda shartlilik tarzida in`ikos etgan tasavvur 

mahsuli, u sujetmi, badiiy qiyofami, majoziylikning turli ko`rinishlarimi, qanday 

bo`lmasin, sizni hayotiy reallik sifatida ishontira olmaydi, lekin uni badiiy reallik 

shaklida qabul qilasiz, undan  hayratlanasiz, quvonasiz, qayg`urasiz, xullas, aqlga 

quloq solmay, unga ishonasiz. Shunday qilib, tasavvur orqali ijodkor sizni 

bo`lmagan narsaning bo`lganligiga yoki uning shunday bo`lishi kerakligiga 

ishontiradi. 

     


Badiiy  ijod  jarayonida  tasavvur  bilan  birga  ilhom  ham  hal  qiluvchi 

ahamiyatga ega. Uni ilohiy, mo`jizaviy pari (qadimgi yunonlarda  muzalar) tarzida 

tasavvur qilish odatga aylangan. Lekin u asli ijodkorning  ilmiy jihatdan nima 

ekanini aniqlab, xususiyatlarini belgilab bo`lmaydigan  ruhiy holati. To`g`rirog`I, u 

nihoyatda ko`tyarinki ruh. Ukishini shunchalik  yuksaklikka olib chiqadiki, u yerdan 

turib ijodkor hamma narsani haroratli  nigoh bilan ko`ra oladi va tasvirlash uchun 

kerak bo`lgan shaklni,  mazmunni, kompozitsiyani, umuman, asarni butunligicha 

tasavvur qiladi. Shu sababli ilhomni qadimgilar ilohiy hodisa, yangi va eng yangi 

davr mutafakkirlari onglanmaganlik deb ta`riflaydilar. 

Idrok mazmunan kengqamrovli  tushuncha bo`lib, mavjud barcha sohalarga 

dahldor sanaladi. U narsalarning o`ziga xos xususiyatlarini  tafakkur orqali talqin 

etishda hamda turli xil munosabatlarni o`rganishda insonga ko`mak beradi. 

Shuningdek, idrok jarayonining  to`g`ri shakllanishi  aqliy taraqqiyotning asosiy 

omili hamdir. Bir so`z bilan aytganda, idrok    narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini 

aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a`zolarining ta`siri orqali  belgilovchilik va 

boshqaruvchilik imkoniyatlarini  namoyon qiladi. Jahon adabiyotining o`lmas 

namoyandasi Vilyam Shekspir asarlarida yuqoridagi tushunchalarning uyg`unligini 

kuzatishimiz mumkin. 




61 

 

Adabiyotning eng buyuk va muqaddas burchi odamga uning kimligini 



ko`rsatishdir. Badiiy adabiyotda, eng avvalo, inson va uning taqdiri, ruhiy olami va 

kechinmalari tasvirlanadi.Adabiyotni fikr va xis-tug`ular sintezining teranlashgan 

formasi deyishadi. Bu hol yakka, yolg`iz mohiyatlardan,   teran falsafiy 

umumlashmalarda kelishida, bugungi  voqealigimizdan kelajakka dahldor belgilarni 

ko`rish va topa bilishda, ularni umumlashtira olishida namoyon bo`ladi. U birinchi 

navbatda, insonning ma`naviy –ma`rifiy tasavvurlarini shakllantiradi. Insonnning 

faqat aqliy quvvatigina emas, uning ruhiy holatiga hamda emotsional kayfiyatiga 

ham ta`sir etadi. Bu haqda yurtboshimiz shunday yozadi: “Insonni, uning ma`naviy 

olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san`ati, 

badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik, yozuvchi va shoirlarni esa  inson 

ruhining muhandislari deb ta`riflanishi bejiz emas”. 

    


Adabiyotshunos   Y.Solijonoav ta`kidlaganidek,”So`z insonga xos  ichki va 

tashqi dunyoning tarjimoni. So`zning qudrati, go`zalligi, ma`nodorligi, ta`sir kuchi, 

ayniqsa, badiiy asrda bilinadi”. Yozuvchi asarlari orqali insonning ichki olami, 

xarakteri, orzu –istaklari va tuyg`ularini ochib berar ekan, unda shu real borliqning 

ijtimoiy –siyosiy, falsafiy, ruhiy –ma`naviy qiyofasini ham tasvirlaydi. Mana shu 

tasvirdan qalamga olinayotgan davrning ijtimoiy, iqtisodiy va ma`naviy obrazi 

vujudga keladi. Bugungi kundagi murakkab ijtimoiy munosabatlarni badiiy 

adabiyot, xususan, hajviy va sargzasht asarlar talqini, birinchi navbatda 

adabiyotshunoslikning o`zi uchun, ikkinchidan, sotsiologiya, psixolingvistika, 

lingvokul turologiya fanlari uchun muhim kasb etadi. 

      Badiiy adabiyot ijod mahsulida inson xarateri masalasi deyarli barcha ilmiy 

tadqiqotlarda tilga olinadi. Nasriy ijodkorlar  faoliyatiga bag`ishlangan ishlarda ham 

dastavval inson xarakteri bilan bog`liq hollar tahlil etiladi.       

Badiiy tarjimada asliyatdagi personajlar tilini, aniqrog`i nutqini muqobil qayta 

yaratish  masalasi tarjimashunoslikdagi muhim muammolardan sanaladi. Zero 

tarjimadagi har qanday qiyinchilik oxir-oqibat asarning tilini o`qirishga borib 

taqalaveradi. Tadqiqotchilarning shahodat berishlaricha buyuk ingliz dramaturgi 



62 

 

Vilyam Shekspirning so`z boyligi nihoyatda boy bo`lib,  Yevropa shekspirshunos  



tadqiqotchilarning xulosalariga ko`ra bu 17.750 ta so`zdan iborat. Shekspir asarlari 

tilining o`ziga xosligi, avvalo unda qo`llanilgan so`zlarning stilistik rang-

barangligiga ekanligidir. Shekspir ingliz tilining yuqori darajadagi murakkab so`z 

o`yinlaridan ham, ayni paytda oddiy xalq tilidan ham bab-baravar mahorat bilan 

foydalana olgan. Shuni ta`kidlab aytish lozimki, Shekspir davrida adabiy til 

me`yorlari, xususan, grammatika, orfografiya hamda talaffuz qoidalari hali maxsus 

ishlab chiqilmagan bo`lib, bu ish faqatgina XVIII asrga kelibgina bir qadar ilmiy 

asoslashga erishilgan Shekspir jahon adabiyotining titanlaridan biri ekanligi uchun 

ham uning ijodini boshqa tillarga tarjima qilishda anchagina tajriba va mahorat talab 

qilinishi tabiiy. Birgina "Hamlet" asaridagi o`xshatishlarning o`zi badiiy tasvir 

vositalarini tarjima qilish bilan bo`liq bo`lgan bir qator muammolarni ko`rib 

chiqishga asos bo`la oladi.  

Shekspirning “Hamlet” tragediyasida eng ko`p qo`llangan badiiy tasvir 

vositalaridan biri bu o`xshatishdir.O`xshatish eng qadimiy tasviriy vositalardan biri 

bo`lib, nutqni bezashda, tasvirning aniqlash va obrazliligini ta`minlashda foydalanib 

kelinadi. 

O`xshatish ikki narsa yoki voqea-hodisa o`rtasi o`xshashlikka asoslanib, 

ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to`laroq, konkretroq 

tasvirlab berishdir. O`xshatish asosan nutqiy hodisa bo`lib, ma`lum predmet biror 

boshqa predmetga o`xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o`rinda ikkinchi narsaga 

o`xshatilishi mumkin. 

O`xshatish subekti, o`xshatish etaloni, o`xshatish asosi, o`xshatishning shakliy 

ko`rsatkichi o`xshatishni tashkil etuvchi elementlardir. 

Har qanday o`xshatishning lingvistik asosini o`xshatish etaloni tashkil qiladi. 

o`xshatishning orinigalligi o`xshatish etalonining originalligiga ko`ra yuzaga keladi. 

O`xshatishlar 3 ga bo`linadi: 




63 

 

1.  An`anaviy  o`xshatishlar-nutqimizdagi  bir  qancha  o`xshatishlardagi 



o`xshatish etalonlari o`zining originalligini yo`qotgani uchun an`anaviy o`xshatish 

sifatida qaraladi: toshday qattiq, paxtaday oq, tulkiday ayyor. 

2.  Yozuvchining badiiy idroki, o`z nigohi asosida xalq tilidan foydalanilgan 

holda yar-l o`xshatishlar xususiy-muallif o`xshatishlari deyiladi. 

3.  Qavatlangan o`xshatish 

O`xshatishning tuzilish tiplari: 

1.  O`xshatish oborotlari: Sidiqjon xuddi allaqachon uyg`onganu, shunga 

maxtal bo`lib turganday darrov o`rnidan turdi. 

2.  O`xshatish ergash gaplari 

3.  O`xshatishning –dan chiqish kelishigi qo`shimchasi bilan ifodalangan shakli: 

To`g`ri so`z qilichdan o`tkir. 

4.  –day, dek, -simon, -ona, -omuz, -chasiga, -larcha affikslari bilan h/b  

5.  O`xshash, teng, aynan kabi so`zlar 

6.  Kabi, qadar, singari, go`yo, xuddi yordamchi so`zlar 

7.  Izohlovchi-izohlanish: Sog`liging-boyliging 

8.  O`xshatishning kengaytirilgan shakli 

9.  Birdan ortiq vosita ishlatilgan shakli  

      Bu kabi turli vositalar matnga tasviriylik va hissiylik beradi. Chunki bular 

matnning asosiy xususiyatlaridandir.

1

  Shekspirning “Hamlet” asarida qo`llangan 



o`xshatishlarni tahlil qilganimizda ularning originalligi, oxorliligi, voqelikni obrazli 

tarzda tasvirlashda kata ahamiyatga ega bo`lganini kuzatdik. Masalan, asarning 1-

parda 2-sahnasida Hamletning ichki monologida uning otasi nohaq o`ldirilganligi, 

onasi esa erining azasini o`tkazib bo`lmay turib tezda turmushga chiqishga 

shoshilishi,  amakisining kechirib  bo`lmas  xiyonati,  xullas  zamonasining 

nohaqliklaridan to`yib ketgan shahzodaning ruhiy iztiroblari quyidagi satrlarda 

kitobxon ko`z o`ngida asta gavdalanadi: 

                                                             

1

 Лапасов Ж.Бадий матн ва лисоний тахлил- Тошкент Ўқитувчи , 1995, .3-б.  




64 

 

Qanday ayanch, qanday jirkanch va to`mtoq bo`lib, 



Ko`rinadi butun olam, butun koru bor, 

Qarab-qarab ko`ngling aynab ketadi! Xuddi  




Download 392,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish