Mana, silliq bitdi bu ish ham…(257)
Ayta qoling bo`yab-bejamay.
Bunda bo`yoq nima qilsin mening malikam,
U aqldan ozgani chin.
Metafora borliqni obrazli idrok etish mahsuli bo`lib, uning vositasida
shaxslararo munosabatlar ham yorqin aks ettirilishi mumkin. Masalan, malika
Gertruda va Hamletning o`zaro munozarasida Hamlet marhum qirol va amaldagi
xiyonatkor qirolni o`zaro taqqoslar ekan, metaforadan ham unumli foydalanadi.
Hamlet:
O`sha yuksak yaylovdan shu sassiq alafga
Qanday qilib tusholdingiz, ko`zingiz qayda…
Yna kim bilan,
Padarimning tirnog`iga arzimaydigan
Qirol kiyimini kiygan qo`g`irchoq bilan,