11-MAVZU: KASBIY FAOLIYATDAGI MULOQOT.
O’QITUVSHINING KOMMUNIKATIV KO’NIKMALARI.
REJA:
1.
Kasbiy faoliyatdagi muloqot to‘g‘risidagi ilmiy qarashlar.
2.
Kasbkorlikda nutq va kommunikativ muloqotning ahamiyati.
3.
O‘qituvchining kommunikativ muloqot bilan bog’liq bo’lgan ko’nikmalari.
4.
Kasbiy faoliyatdagi muloqot. Oqituvchining komunikativ bilimdonligi.
1.
Kasbiy faoliyatdagi muloqot to’g’risidagi ilmiy qarashlar.
Inson faoliyatining turli soxasida axborot almashish, xar qanday muammoni
jamoa bo'lib muhokama qilish natijasida yangi natijalarni olish zaruriyati
konferensiya, seminarlar, yig'inlar kabi muloqot shakllarini keltirib chiqardi.
Hozirda biror bir jiddiy ishni oraliq natijalar, yakunlar, variantlar, qaror variantlari,
opponentlarni tinglash va tegishli qarorlar qabul qilishning turli darajalarida hal
qilmasdan turib amalga oshirib bo'lmaydi.
Mazkur davrlarda Sharqda ham ilk psixologik qarashlar yuzaga keldi. Sharqda
psixologik qarashlarning paydo bo'lishida buyuk Sharq mutafakkirlarining roli katta
bo'lgan. Ular orasida Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn
Sino, Mirzo Ulug’bek kabilar o'zlarining inson psixikasi va yosh avlodni
tarbiyalashga doir boy fikrlar va qarashlarini meros sifatida qoldirganlar. Ular
orasida ayniqsa Abu Ali ibn Sinoning mantiq, metafizika, tabiiy fanlar, ayniqsa,
tibbiyot xaqidagi fikrlari asrlar o'sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta xissa qo'shdi. U
maxsus psixologik muammolar bilan shug'ullangan olimlardan biridir. Uning ruh,
asab tizimi haqidagi qarashlari katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, Abu Ali ibn
Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari
163
ming yildan so'ng ham zamonaviy psixologiyada o'z qimmatini yo'qotmagan. Abu
Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo'lib psixoterapevtik usullarni qo'llab ko'rgan
olimlardan biridir.
So'nggi vaqtlarda juda ko'p chet el psixologlari 20-30 yillarda nomi chiqqan
amerikalik psixolog E.Torndaykning ayrim fikrlariga murojaat etmoqdalar. Hozirgi
zamon burjua psixologi o'z qarashlarini niqoblashni yoqtiradi. E.Torndayk esa
nihoyatda aniq yozar uning qarashlarida hech qanday ikkilanish holatlariga yo'l
qo'yilmas edi. “Arifmetika o'qituvchisining yangi metodlari” va “Psixologiyaga
asoslangan prinsiplar” degan asarlarida E.Torndayk to'g'ridan to'g'ri o'quvchilarning
“tabiiy kuchlari”ga, ularning “tug'ma mayllari”ga shama qiladi. E.Torndayk
muhitning ta'siri haqida tarbiyaning ta'siri haqida gapirgan lekin bu faktorlarning
ta'siriga ochiqdan ochiq ikkinchi darajali, tobelik rolini bergan o'qitish qanchalik
yaxshi bo'lishiga qaramay, ayrim o'quvchilar hech qanday muvaffaqiyatga erisha
olmaydilar, boshqa bir o'quvchilar esa, o'qitish qanchalik yomon bo'lishiga qaramay
muvaffaqiyatga erishadilar. Mutlaqo ochiq- oydin fikr! Shunday qilib
o'qituvchining roli yakka chiqarilmoqda va oldingan pedagogik brak oqlanmoqda .
Muloqot yoki kommunikatsiya - odamlarning o'zaro hamkorligi shakllaridan
biri. Muloqot odamlarning voqelikni aks ettirishi natijasini ifodalovchi xabarlar
almashish jarayoni bo'lib, ular ijtimoiy borliqning ajralmas qismi hamda ularning
individual va ijtimoiy ongi shakllanishi va amal qilishining vositasidir.
Odamlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida maqsadli hamkorlikni tashkil etish,
tajriba almashish, mehnat va turmush ko'nikmalarini olish, ma'naviy ehtiyojlarni
namoyon etish va qondirish muloqot yordamida yuz beradi.
Muloqot yoki muomala, yangi axborotlarning almashinuv jarayoni hamdir, bu
haqida Bernard Shou quyidagilarni qayd etadi:
“Agar menda bitta olma va sizda ham shuncha olma bo'lib, o'zaro almashsak,
sizda ham, menda ham bittadan olma qoladi, agar har birimizda shaxsiy fikr bo'lsa
va o'zaro almashsak, unda har birimizda ikkitadan g'oya bo'ladi”.
Ushbu ta'kiddan ham muloqot davomida o'zaro fikr almashinuv munosabatlari
yuzaga kelishini ko'rish mumkin.
164
Muloqot ijtimoiy psixologik hodisa bo'lib, odamlar o'rtasida birgalikdagi
faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali
jarayonidir. SHaxslar o'zaro munosabatga kirishar ekan, aloqaning eng muhim
vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir muhim
tomoni shundaki, munosabatga kirishuvchilar muomala jarayonida faqat so'zlar
bilan emas, balki xatti-harakatlar bilan ham axborot ayirboshlashadilar. Muloqot
jarayoni shaxslarning qiziqishlari, dunyoqarashi, muomala madaniyatiga ham
bog'liq bo'ladi, chunki shaxslardagi o'zaro muloqot bu tabiiy ehtiyojdir.
Muloqot har qanday faoliyatning muhim jihati hisoblanib, u orqali insonning
mohiyati namoyon bo'ladi, ya'ni o'zaro tushunishga, ishni bajarish chog'ida
uyg'unlikka erishiladi yoki, aksincha, nizolar va axloqiy ziddiyatlar, ishdagi
kelishmovchiliklar muloqot tufayli yuzaga keladi.
Muloqot orqali shaxslarning birgalikda aloqa qilish metodikasi ketma-ket
bo'lgan olti bosqichdan iborat:
I
bosqich -o'zaro bir-birini tushunish;
II
bosqich -umumiy yoki mos keladigan qiziqishlarni topish;
III
bosqich -muloqot uchun taklif etiladigan sifat va qabul qilinadigan
prinsiplar;
IV
bosqich -muloqot uchun xavflibo'lgan sifatlarni aniqlash;
V
bosqich -individual ta'sir etish va suhbatdoshga moslashish;
VI
bosqich -umumiy qoidalarni yaratish va o'zaro harakat qilish.
Bosqichlar
ketma-ketligiga
rioya
qilish
to'g'ri
ta'sir
etishni
tashkillashtirishdamuhim ahamiyatga egadir.
Kasbiy muomala har bir xodim faoliyatida muhim o'rin egallaydi. Shuning
uchun ham muomalaning har biri turli faoliyat jarayonida ishtirok etadi. Xodim,
muomala qonuniyatlariga suyangan holda shaxslar bilan munosabatga kirishadi.
Muloqot jarayonida xodimning barcha kasbiy sifatlari (xotira, diqqat, idrok, sezgi,
tafakkur, xayol) ishtirok etadi. Bu jarayonlar xodimning mantiqiy fikrlashga,
voqeani o'tmishdagi vaziyat bilan bog'lashga, o'zaro solishtirish va qiyoslash, obekt
va sharoitni mukammal tarzda idrok etishiga yordam beradi.
165
Xodimlar faoliyatida muloqotning quyidagi turlari mavjud:
Bevosita muloqot “yuzma-yuz” suhbat bo'lib, uning har bir ishtirokchisi idrok
qiladi, aloqa qiladi va hamma mavjud vositalarni keng qo'llaydi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |